tufayli ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so’rilishi tezlashadi. Bu moddalar poya bo’ylab harakat qiladi.
Suv bug’latishi o’simlik organlarni qizib ketishdan saqlaydi. Buni tajribada oson tekshirib ko’rish mumkin.
Suv barglardagi og’izchalar orqali bug’lanib chiqadi. Bir tup o’simlikdagi barglar qancha suv bug’latishini hisoblab chiqadi.
O’simliklar turiga va qaerda o’sishiga qarab tuproqdan oladigan o’simliklar suvni turli darajada bug’latadi.
Issiq sharoitlarda o’sadigan o’simliklar suvni kam bug’latadi.
Mavzuni mustahkamlash
1.Barglarning nafas olganini qanday bilish mumkin?
2Bargning ichki tuzilishi qanday qismlardan iborat?
3Barg qanday sharoitda suvni ko’p bug’latadi?
Uyga vazifa Mavzuni o’qish.
Barglardan gerbariylar yasash.
Mavzu oxirida berilgan savollarga javob bering
SANA: __________________________________
Sinf : 6
Fan: Biologiya (Botanika)
Mavzu: O’simliklarning suv bug’latishi.
Darsning ta’limiy maqsad:
O’quvchilarni barglarda boradigan hayotiy jarayonlar , nafas olish va suv bug’latish bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O’quvchilarga o’simliklar olamiga nisbatan ongli munosabatini ,ahloqiy sifatlarini tarkib toptirish, ilmiy dunyo qarashini kengaytirish .
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O’quvchilarning hujayra va to’qimalar xaqidagi bilimlari ,kuzatish, tajriba qilish, darslik ustida mustaqil ishlash, tajriba qilish va o’tkazish ko’nikmalarini rivojlantirish
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiya elementlari:
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi:
o‘simlikning suv va mineral tuzlarni o‘zlashtirishi, ildiz bosimi, poyada suv va oziq moddalarning harakatlanishi, bargda organik moddalarning hosil bo‘lishi, o‘simliklarning nafas olishi, o‘simliklarning suv bug‘latishi, xazonrezgilik jarayonlarini tushunadi, izohlay oladi;
barglarda hosil bo‘lgan organik moddalarning qanday jarayonlarga sarflanishi, fotosintez va nafas olish jarayonlarining bog‘liqligi, o‘simliklarda moddalar almashinuvining mohiyatini tushunadi, izohlay oladi;
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi:
suv unda erigan mineral moddalarning ksilema orqali, organik moddalarning floema orqali harakatlanishini ko‘ratuvchi tajribalarni o‘tkaza oladi, kuz faslida o‘simliklar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni kuzata oladi, yorug‘lik ta’sirida barglarda organik moddalarning hosil bo‘lishini kuzatib, kuzatuv natijalarini qayd etib, tajriba natijalarini tahlil qiladi, qayta ishlashni va rasmiylashtirishni, kuzatganlari asosida xulosa chiqara olishni biladi;
o‘simliklarni yetishtirishda ularning yorug‘likka bo‘lgan talabini inobatga olgan holda xona o‘simliklarini parvarish qila oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |