Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz.
2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi.
14-dars sana : O`qituvchi –Abdurahmonova Gulnora Abduvaxobovna
Fan: Musiqa
Sana:
Mavzu: Musiqaning sehrli olami.
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga tinglash orqali o`rganishni o`rgatish.
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng milliy cholg`u asboblari so`raladi.O`quvchilar milliy cholg`u asboblarini sanab beradilar , ular qanday kuy chiqarishi haqida ma`lumot beradilar.O`quvchilardan “Alifbo bayrami” qo`shig`ining so`zlari so`raladi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
II.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi DVD orqali turli kuylar eshittiradi. So`ng o`qituvchi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi. Kuylarni tinglash orqali biz musiqaning qandayligini bilishimiz mumkin. Sho`x kuylar insonning yavshi kayfiyatidan darak beradi, g`amgin kuylar esa qalb jarohatidan hosil bo`ladi. Shuningdek biz kuy va shovqinlarni ajrata bilishimiz lozim. Tabiat hodisalaridan momaqaldiroqning ovozi, shamollarning ovozlarini, turli xil hayvonlarning ovozlarini eshitamiz. Biz ularniu aslo kuy deb ayta olamymiz.
Kuy biror bir musiqa asbobi yordamida yuzaga keladi. Yuqorida aytganimizdek kuylar turli xil bo`ladi.Biz doimo kuylarni shovqinlardan ajrata bilishimiz lozim.
O`quvchilarga bastakorlar kuy yaratishi, shoir shu kuyga mos matn yaratishi, xonandalar bu qo`shiqni maromiga yetkazib ijro etishlari, sozandalar bu kuylarni turli sozlar bilan yuzaga keltirishlari haqida tushunchalar beriladi.
So`ng o`quvchilarga P. Mo`min sh`eri, D. Omonullayeva musiqasi bilan yaratilgan “Alifbo bayrami” qo`shig`i o`rgatiladi.She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi.
2-darsda ham bugungi o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi. Qo`shiq aytish qoidalari, “Oalifbo bayrami” qo`shig`i o`quvchilardan so`raladi va o`rgatiladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. So`ng birgalikda “Alifbo bayrami ” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |