Quvnoq bolalar kerak,
Inoq bolalar kerak.
2-darsda ham bugungi o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi. Qo`shiq aytish qoidalari eslatib o`tiladi. So`ng H.Muhammad she`ri, T.Toshmatov musiqasiga mansub “Ayiqpolvonlar bo`gchasi” qo`shig`i o`qituvchi tomonidan o`rgatiladi. O`quvchilar bilan har bir jumlasi ustida ish olib boriladi. O`quvchilarga matn mazmuni tushuntiriladi. So`ng birgalikda kuylanadi. Shuningdek biz yozuvda matn yozishimiz uchun maxsus to`g`ri chizqlardan foydalanamiz. Musiqada ham shunday chiziqlar mavjud. Bu- nota yo`li. Ular 5 ta chizqdan iborat. Musiqa mana shu nota yo`liga yoziladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi matnlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan qo`shiqlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. So`ng birgalikda “Ayiqpolvonlar bo`gchasi” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz.
Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz.
2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi.
12-dars sana : O`qituvchi –Abdurahmonova Gulnora Abduvaxobovna
Fan: Musiqa
Sana:
Mavzu: Tinglaymiz,raqsga tushamiz..
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga tinglash orqali o`rganishni o`rgatish.
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng milliy cholg`u asboblari so`raladi.O`quvchilar milliy cholg`u asboblarini sanab beradilar , ular qanday kuy chiqarishi haqida ma`lumot beradilar.O`quvchilardan “Ayiqpolvonlar bo`gchasi” qo`shig`i so`raladi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi DVD orqali turli kuy eshittiradi. So`ng kuylarni tinglash orqali biz musiqaning qandayligini bilishimiz mumkin. Sho`x kuylar insonning yavshi kayfiyatidan darak beradi, g`amgin kuylar esa qalb jarohatidan hosil bo`ladi. Shuningdek biz kuy va shovqinlarni ajrata bilishimiz lozim. Tabiat hodisalaridan momaqaldiroqning ovozi, shamollarning ovozlarini, turli xil hayvonlarning ovozlarini eshitamiz. Biz ularniu aslo kuy deb ayta olamymiz.
Kuy biror bir musiqa asbobi yordamida yuzaga keladi. Yuqorida aytganimizdek kuylar turli xil bo`ladi.Biz doimo kuylarni shovqinlardan ajrata bilishimiz lozim.
O`quvchilarga raqs haqida qisqacha ma`lumotlar beriladi. Raqs kuyning har bir ohangini ifoda eta olishi haqida aytib o`tiladi. O`quvchilarga turli kuylar qo`yib raqsga tushiriladi. Raqs harakatlaridan namunalar ko`rsatiladi.
So`ng o`quvchilarga P. Mo`min sh`eri, D. Omonullayeva musiqasi bilan yaratilgan “Alifbo bayrami” qo`shig`i o`rgatiladi.She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |