DUNYODA TINCHLIK DEB YASHAR HARBIYLAR
Zikrilla Ne’mat
Tongda ham, tunda ham, yoz-u qishda ham,
V atan xizmatiga shoshar harbiylar.
Qalbda qasamyodin saqlab mustahkam,
Daryo-yu tog‘-u tosh oshar harbiylar.
O‘pib hur Vatanning mag‘rur bayrog‘in,
Ko‘zga surtib uning qadim tuprog‘in.
Asrab jondek aziz bog‘-u gulbog‘in,
Dunyoda tinchlik deb yashar harbiylar.
Muqaddas burchini oqlamoq uchun,
Osmonin musaffo saqlamoq uchun,
Zaminga baxsh etib bor g‘ayrat-kuchin,
Goh ko‘kda lochindek uchar harbiylar.
Bedordirlar go‘dak sevinchi uchun,
Vatanning qudrati, el tinchi uchun.
Kerak bo‘lsa, jondan kechar harbiylar,
Dunyoda tinchlik deb yashar harbiylar.
1. Darslikdagi she’rni ifodali o’qib berish.
2. She’rni mazmunini izohlab tushuntirib berish.
3. She’rni navbat bilan o’quvchilarga o’qitish.
4. Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |