V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: Savollarga javob yozish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
10. Sana “--------” ------------------------- 2018 -yil
Mavzu: Piramidalar va maqbaralar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilar bu darsda Piramidalar va maqbaralar, qadimgi va o’rta podsholik haqidagi bilimlar beriladi.
Tarbiyaviy: : O’quvchilarda ushbu dars orqali o’rganishga intilish ortadi.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning qadimgi Piramidalar va maqbaralar haqidagi bilimlari rivojlantiriladi.
Dars turi: Yangi bilimlar berish.
Darsning tashkiliy qismi: Salomlashish, davomadni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko’rish, tozalikni tekshirish.
Yangi darsning bayoni. Hamma narsa vaqtdan qo`rqadi, vaqt esa piramidalardan! Qadimgi va o`rta podsholiklar davrica misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar fir'avnlar dafn etiladigan joy -maqbaralar bo`lgan. O`tgan mingyilliklar davomida ko`pdan ko`p shaharlar va davlatlar yo`q bo`lib ketdi, ibodatxonalar va saroylar xarobazorga aylandi, faqat piramidalar vaqtdan qo`rqmaydi, faqat piramidalargina to`rt ming yildan oshgan zamon davomida o`zgarmas dan turibdi. Eng mashhur piramidalar Giza shahri atrofida uch fir'avn - Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalar jahonning yetti mo`jizasidan biri, boz ustiga, ular orasida ham hozirga qadar saqlanib qolgan birdan bir inshootlardir. Eng katta piramida Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) uchun miloddan avvalgi 2600-yilda qurilgan edi. Uning balandligi 147 metr. )Piramida har biri ikki tonna dan og`irroq bo`lgan 2,5 million dona tosh bloklardan tashkil topgan. Toshlar shunchalik aniq,rasolik bilan kesilgan va taroshlanganki, ular o`rtasidagi yoriq 0,5 millimetrdan ham oshmaydii Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalar mavjud. Ulardan birida fir'avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut - sarkofag joylashgan edi. Misrliklar inson vafot etganidan so`ngra o`zga bir olamga yo`l oladi, bu hayotda foydalangan narsalarning hammasi narigi dunyoda ham kerak bo`ladi, deb hisoblashgan. Dahmalar ichi esa munojotlar va qarg`ish lardan iborat bitiklar bilan qoplangan, ular fir'avnni himoya qilishi va o`zga hayotga o`tayotganida unga yordam berishi mo`ljallangan. Yirik piramidalarni o`rtacha kamida 20 yil davomida qurishgan. Bu og`ir mehnat ekanligi sir emas. Piramidalarni sfinkslar - tanasi arslon va boshi odamsimon bo`lgan ulkan haykallar qo`riqlaydi. Yangi podsholik davrida boshqa piramida qurmay qo`yishdi. Fir`avnlarni tog`larga o`yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo`lishdi. Ularga kiraverish yo`llarini bekitib tashlashgan. Eng mashhur maqbara fira`avn Tutanxamonga tegishli bo`lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig`may digan boyliklar bizgacha yetib kelgan. Mumiyolash. Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin marhumlar saltanatiga ketadi, o`sha yerda umrini davom ettiradi, deb hisoblashgan. Ammo marhumlar saltanatidagi hayot, Osiris sudining natijalariga bog`liq bo`ladi.Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo`yiladi. Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak, inson bu dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo`ladi, u vafot etganidan so`ngra ajoyib bir sharoitda umrini davom ettiradi. Mabodo, yurak og`irroq kelsa, demak, inson bir talay yomon ishlarni qilgan bo`lib chiqadi, badbashara maxluqlarga yemish bo`ladi. Osiris qarshisida go`zal qiyofada qad rostlash uchun esa misrliklar inson jasadini mumiyolashgan. Odatda mumiyolash qariyb 70 kun davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko`pdan ko`p matolar bilan o`rab chirmashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan. Matolar qati orasiga omad keltiruvchi tumorlar qo`yilgan. Shu taxlit ishlov berilgan inson mayyiti mumiyo deyilgan. Hayvonlar ham mumiyolangan, chunki misrliklar xudolar Yer yuzida qandaydir hayvon qiyofasiga kirishiga ishonishgan. Ammo mumiyolash faqat marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlargagina nasib etardi, xolos. Muqaddas hayvonlar. Misrliklar diniy e'tiqodiga ko`ra, xudolar ko`pincha muqaddas hayvonlar qiyofasida gavdalanadi. Misrliklar xudolari bir talay bo`lgani tufayli deyarli barcha hayvonlar xudo deb hisoblangan. Mushuk, qo`y, ho`kiz, sigir, arslon, lochin, ilon va boshqalarni muqaddas hayvonlar deb bilishgan. Qumursqalar orasida qora-qo`ng`iz alohida hurmat-e'tiborga sazovor edi. Misrliklar Yer shari ham qoraqo`ng`iz dumalatib borayotgan dumaloq narsa singari osmon keng liklarida aylanib, kezib yuradi, deb hisoblashgan. Shuning uchun ham qoraqo`ng`izlar Quyoshning yordamchilari hisoblangan. Jismida Bastet degan iloha gavdalangan mushuk sharafiga uyushtirilgan bayramlarda Misrning jami aholisi ishtirok etgan. Muqaddas hayvonlarni ham xuddi vafot etgan odamlar singari mumiyolashgan, izzat-ikrom bilan dafn etishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |