Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Qadimgi Misr yozuvining o'ziga xosligi nimada?
Nega misrliklar iyerogliflarni "muqaddas kalom" deb atashgan?
Misr yozuvini kim o'qishga musharraf bo'lgan? Qanday qilib?
Sizningcha, nega fan vujudga kelgan?
Misrliklar fan sohasida erishgan yutuqlarini sanab bering.
Sizningcha, piramidalar qurilishiga rahbarlik qilgan kohinlar qaysi bilimlarga ega bo'lishi kerak edi?
Qadimgi misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri edi. Avvaliga har bir so'z rasm ko'rinishida yozilgan. Yozuvdan qarg'ishlar va maro- simlarni yozib borishda foydalanishgan, shuning uchun ham uni "muqaddas" yoki "xudolar kalomi"' deb nomlashgan.
Qadimgi yunonlar ularni "iyerogliflar" deyish- gan ("toshga chekilgan muqaddas bitiklar" ma'nosini anglatadi). Yozuvlar maqbaralar devorlariga va xudolar haykallariga chekib yozilgan. Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo'lgan. Har bir so'z o'zida bir qancha ramzlar va timsollarni ifoda etgan. lyeroglif- larni o'rganish rosa qiyin ish bo'lib, savod chiqarish ko'pchilikka nasib etavermagan. lyerogliflarni qamish qilqalam bilan papirusga, ya'ni papirus poyasidan ish- langan qog'ozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo'yoqlar siyoh vazifasini o'tagan. Ta'lim olayotganda sopol buyumlar parchasiga yoki ohaktoshga yozar edi- lar. Husnixat san'atini egallagan kishilar yuksak savi- yadagi ma'lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, katta imtiyozlarga ega bo'lib, izzat-hurmat ko'rganlar. Qashshoq oilalar farzandlarining ko'pchiligi savod- siz bo'lib qolavergan, hunarlarni esa ota-onalaridan o'rgangan. Taniqli fransuz olimi Jak-Fran sua Shampolyon 1822- yilda ja honshumul ahamiyatga molik kashfiyot qildi: Misr matnlarini o'qish kalitini topdi. Bu kashfiyotga Qohira shahridan uncha uzoq bo'lmagan Rozett shahri yaqinidagi bir toshga chekilgan qadimgi misr va qadimgi yunon tillaridagi bir xil ma'nodagi bitik sababchi bo'ldi. Yunon tilidan tarjima qilish qiyinchilik tug'dirmadi, matnlarni taqqoslab ko'rib, har bir iyerog- lif anglatgan ma'noni tushuntirib berish imkoni topildi. Ana shu kashfiyotdan keyin papiruslarga bitilgan ko'plab matnlar, ibodatxonalar va piramidalar devor- laridagi bitiklar ko'p asrlik jimjitlikdan so'ng "tilga kirdi". Tarixchilar esa Qadimgi Misr sivilizatsiyasini o'rganish uchun muhim va ishonchli manbaga ega bo'lishdi. Bu- gungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Misrliklar nazariy bilimlarining
ularning kundalik hayoti bilan bog'liq bo'lgan. Ziroatchilar qachon urug'likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig'ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa, astronomiya, ya'ni yulduzlar haqidagi fan dunyoga keldi.
Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq-raso belgilashdi, birinchi bo'lib taqvim tuzishdi, 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimlashdi, ortib qolgan 5 kunni esa bayram kun- lari sanab, hisobga kiritishmadi. Misrliklar tomonidan tuzilgan osmonda yulduzlar joylashuvi xaritasi hozirga qadar saqlangan. Misrliklar dengizlar va sahrolarda yulduzlarga qarab mo'ljal olishgan, yo'lni belgilashgan.
Misrliklarga tibbiyot fani yaxshi tanish bo'lgan. Mumiyolangan mayitlarni tayyorlay turib, misrliklar odamning ichki tuzilishini ham yaxshi o'rgandilar. Davolash muolajasida ko'katlar damlamasi, mineral suvlar va tuzdan keng foydalanishgan. Misr shahar- larida tabiblarga ta'lim beruvchi maxsus maktablar bo'lgan. Misrda asosiy o'lehov birligi "tirsak" bo'lib, u tirsak- dan barmoqlar uchigacha bo'lgan uzunlikka teng edi. Qo'llar uzunligi turlicha bo'lgani sababli "podsho tir- sagr degan yagona o'lehov joriy etilgan, u 52,5 santi- metrga teng bo'lgan. "Podsho tirsagi" butun mamlakat uchun andazaga aylangan. Bundan ham qisqa uzun- liklarni o'lehashda kaft yoki barmoqlardan foydalanil- gan. 28 ta barmoq yoki 7 ta kaft o'lehami bir "tirsak"ni tashkil etgan.
Misrda vaqt 24 ta bo'lmaga ajratilgan maxsus idishdan iborat suv soatlari yordamida o'lehangan. Bir bo'lmadan ikkinchisiga oqib o'tadigan suvning hajmi bir soat deb hisoblangan.
Qadimgi yunonlar matematika, arxitektura, tibbiyot va boshqa sohalardagi ko'plab yutuqlarni misrliklardan o'zlashtirib olishgan.
V.Mustahkamlash:
Misrliklarning hayvon timsolidagi xudolarga sig'inishi haqida sozlab bering.
Nega Quyosh xudosi Misrnmg bosh xudosi hisoblangan?
3. Qadimgi misrliklar dinining eng qadimgi odamlar diniy e'tiqodi bilan o'xshashligi nimada?
4 Qadimgi Misr xudolarini sanab bering
5. Misr kohinlari nufuzi va kuch-qudratining sababi nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |