Sana: Fan: Tarix Sinfi: 6



Download 1,24 Mb.
bet153/193
Sana23.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#404800
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   193
Bog'liq
6 тарих

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
1. Ikki daryo oralig i qadimda qanday atalgan? 2. Mesopotamiyaning qaysi qismlari shumerlar va akkadlar to- monidan o’zlashtirilgan edi? Qachon? 

Dajla va Frot daryolari oralig'idagi Tabiiy sharoiti vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb va aholisi nomlashgan, bu atamaning tarjimasi Ikki daryo oralig'i degan ma'noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda ko’chib joylash- ganlar. Mesopotamiya daryolarning toshqin suvlari turli tuproq va tog' jinslaridan iborat loyqalarni olib kel- gan. Ular yerlarni o’g'itlagan. Shu sababli Mesopo- tamiya yerlari ishlov berish uchun qulay, serunum bo’lgan. Qishda surunkali yomg'ir va daryolar toshqini bo’lib turgani sababli Mesopotamiyada jahondagi eng qadimiy rivoyatlardan biri - Yer yuzini butunlay suv bosishi to’g'risidagi To’fon rivoyati dunyoga kelgan. Mil, avv. 4- mingyil- likda Mesopotamiya- da shumerlar manzil- gohlari vujudga kela boshladi. Ular Janu- biy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb atadilar, Mesopotamiyaning Akkad deb atalgan shimoliy qismiga ko’ch- manchi chorvadorlar- akkadlar o’rnashdi. Xurmo daraxtini Mesopotamiya ahli «hayot darax- ti» deyishgan. Bir tup daraxt 50 kilogrammgacha hosil bergan. Xurmo mevasidan asalga o’xshash moy siqib olingan. Daraxt poyasi o’tin sifatida ishlatilgan. Xurmo danagidan qoramollarni boqish uchun yem tayyor- langan. Xurmo danaklarini temirchilik ustaxonalarida o’tin o’rnida ham ishlatishgan. Mesopotamiyaliklar paxsa va xom g'ishtdan uylar qurishgan. Miloddan avvalgi 4-mingyillikda Mesopotami- yada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb ataydilar. Mamlakatning Akkad deb atalgan shimoliy qismiga ko’chmanchi chorvadorlar -akkadlaro’rnashdi. Mil. avv. 3-mingyillik oxirida shu- merlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopo- tamiyani egallab oldilar. Mesopotamiyada yog'och va metall singari xo’jalik uchun zarur materiallar bo’lmagan, ammo don mo’l- ko’l yetishtirilar, chorva mollari ko’p bo’lgan. Shu- ning uchun Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bi- lan ham shug'ullanardi. Qo’shni Kavkazorti va Eron o’lkalaridan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qalayi va noyob toshlarni keltirishardi. Suriyadan esa kedr (sidra) yog'ochi keltirilgan. Savdo ishlari suv va quruqlik yo’llari orqali olib borilgan. Mesopotamiyada turli mahsulotlar va hunarmand- chilik buyumlari bilan savdo qilishgan. Metall buyum- lar, zeb-ziynatlar, qurol-yarog' va kulolchilik buyumlari ayniqsa qadrlangan. Savdo-sotiqda kumush quymasi ko’rinishidagi metall tangalar ishlatilgan. Mesopota- miyadagi og'irlik o’lchovi «mino» 550 gramm kumush- ga barobar bo’lgan.

Mil. avv. 4-mingyillikda shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri mixxatni ixtiro qilishgan. Shumerlar uchi o’tkirlangan tayoqchalar bilan loytax- talarga yozishgan. Shumerlar bilimdon, tajribali quruv- chilar va hunarmandlar bo’lishgan. Zargarlik san'ati shumerliklar shaharlarida yuksak darajaga ko’tarildi. Mohir ustalar oltin va kumushdan har xil zeb-ziynatlar yasashgan.

Vaqt o’tishi bilan asta-sekin man- Shahar-davlatlar zilgohlar nihoyatda kengayib ket- di. Miloddan avvalgi 4-mingyillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar vujudga kela boshladi. Ular sha- har va unga tutash dehqonchilik tumanlaridan iborat bo’lgan shahar-davlatlaredi. Harbir shaharning hukm- dori oliy xudo- shahar homiysi hisoblangan. Xudo nomidan kohinlar hukmronlik qilgan, xudolar ibodatxo- nasi esa davlatdagi hokimiyat markazi bo’lgan. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari - zikkuratlar xom g'ishtdan terib chiqilgan muhtasham zinapoyali inshoot bo’lgan.

Quyosh xudosi Shamash alohida ehtiromga sazovor bo’lgan iloh, oliy hakam hisoblanib, yovuz ishlari uchun odamlarni sud qilgan. Shuningdek, shu- merliklar Oy xudosi Sina, suv xudosi Ea, hosildorlik va sevgi, urush va g'alaba ilohasi Ishtarga sig'inganlar. Mesopotamiyaning katta yer-mulklari hukmdorlar va kohinlar qo’l ostida bo’lgan. Dalalarga qullar va er- kin yollanma mehnatchilar ishlov berishgan. Shahar- lar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi kichik-kichik yer ulushlariga ega bo’lgan. o’z oilasini boqish uchun kambag'allar podsho va ibodatxona mulklarida ishla- ganlar.

Miloddan avvalgi 3-mingyillik o’rtalarida Lagash shahri yuksala boshladi, Shumer va Akkadning ko’pgina shaharlari Lagashga qo’shib olindi. Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o’rab olingan edi. Shaharning bosh darvozasidan boshlangan ko’chalar markaziymaydonga, ibodatxona va hukmdorsaroyiga olib borgan. Qurilish tosh, xom va pishgan g'isht bilan amalga oshirilgan. Lagashdagi ibodatxona xudolar va qahramonlar haykallari bilan hashamatli bezatilgan edi. Ibodatxonadagi hovuzda baliqlar suzib yurardi, bundan tashqari, kaptarlar kun kechiradigan bog', turli hayvonlar va qushlar yashaydigan tomoshabog'lar ham barpo etilgan.

Shahar-davlatlar bir-birlari bilan ti- nimsiz urushar edi. Ana shu urush- lar natijasida Sargon I butun Meso- potamiya podshosi bo’ladi. Mil. avv. 3-mingyillikning ikkinchi yarmida u Akkadni va Shumer shaharlarini 

o’z hokimiyati ostida birlashtiradi. Savdo-sotiqni rivoj- lantirish maqsadida Sargon I barcha shaharlar uchun yagona bo’lgan uzunlik, maydon va og'irlik o’lchovini joriy etadi. U jahon tarixida birinchi bo’lib muntazam qo’shin tuzadi. Bu lashkar 5400 nafar jangchidan ibo- rat bo’lgan, keyinchalik esa ular Sargon I ga ko’plab shaharlar va qo’shni mamlakatlarni zabt etishga im- koniyat yaratgan katta qo’shinlarning asosiy kuchiga aylangan. Sargon I Mesopotamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan dengiz savdo yo’llarini egallab oldi. o’z hukmronligining so’ngida Sargon I «to’rt iqlim mamlakati podshosi» unvonini oldi. Yago- na davlat uzoq yashamadi. Sargon I vafotidan keyin bir-biri bilan kurashni davom ettirgan ko’plab shahar- davlatlarga bo’linib ketdi. Mil. avv. 2-iningyillikda Shumer-Akkad davlati ko’chmanchi qabilalar zarbasi-

dan parchalangan.
V.Mustahkamlash:

1. Ikki daryo oralig i qadimda qanday atalgan? 2. Mesopotamiyaning qaysi qismlari shumerlar va akkadlar to- monidan o’zlashtirilgan edi? Qachon? 


­


Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish