Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning Qadimgi tarix — sivilizatsiyaning boshlanishi haqidagi bilimlari sinab ko`riladi.
Qadimgi davr tarixining boshlanishi
|
Olduvoy
|
Zinjantrop
|
Kromanyon
|
|
|
|
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
1. Nega arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini "tosh davri" deb atashadi?
Tosh asri davrlarini sanab bering. Nega ular shunday nomlan- gan?
Olimlar tarixni qayta tiklaydigan manbalar nomini aytib bering.
Tarixni o'rganishda foydalanilgan qaysi moddiy manbalarni bi- lasiz?
Arxeologiya, antropologiya va etnografiya kabi fanlar haqida nimalarni bilasiz?
5-sinfda "Tarixdan hikoyalar" bilan tanishgan edingiz. Siz endilikda odamlar nega tarixni o'rganishi va uzoq o'tmish haqida bilimlar qanday qilib jamlanishini bilib oldingiz.
6-sinfda olis-olis zamonlarga sayohatimizni davom ettiramiz, eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishib chiqamiz.
Mesopotamiya, Misr, Yunoniston, Rim davlatlari va O'rta Osiyoning ilk davlatlari hukmronligi davridan beri oradan ming yillar o'tdi. Biroq qadim zamonlarda odamlar yaratgan ko'pdan ko'p narsalardan bugun ham kun- dalik turmushimizda foydalanib kelmoqdamiz. Bu mehnat qurollari, sopol buyumlar, g'ildirak, sopol suvquvurlari, gazlamalar, yozuv va hokazolardir. Qadimgi zamon mualliflari yozib qoldirgan asarlar hali-hanuz kishilarga bilim va tarbiya berayapti.
Olimlar Yer yuzida qachonlardir ro'y bergan voqealarni qaytadan tik- lash uchun ancha-muncha kuch-g'ayrat sarflashdi. Ular qadimgi shahar- larni topishdi va qazishmalar o'tkazishdi, charmga, sopolga, papirusga, shuningdek, tangalarda bitilgan sirli yozuvlarni o'qishdi. Siz endilikda arxeologik topilmalar nimalar haqida so'zlab berishini bilasiz. Qadimgi bitik- larni o'rganish bilan epigrafika, tangalarni tadqiq etish bilan esa numizmatika degan maxsus fan shug'ullanadi.
Insoniyat o'ta oddiy mehnat qurollari- dan to hunarmandchilik durdonalari yasash, jo'ngina turar joy qurib olishdan to shahar- larni bunyod etishgacha bo'lgan uzoq yo'lni bosib o'tdi. Eng qadimgi shaharlar va davlatlar tashkil topishi davrini olimlar sivilizatsiya deb ataydilar. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi Sharqda, so'ngra Yunonistondagi Krit orolida boshlangan edi. Qadimgi sivilizatsiyalar jahonning ko'pgina o'lkalarida kabi, O'rta Osiyo, jumladan, O'zbekiston hududida ham vujudga keldi. Yer yuzida odam paydo bo'lganidan to milodiy 476- yilda G'arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga keltiradi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o'rganiladi.
Olimlar o'qigan qadimgi matnlar, masalan, "Piramidalar matnlari" va "Marhumlar kitobi" misrliklar tarixi haqida, "Bibliya" — yahudiylar, "Rigve- da" — hindlar, "Avesto" esa O'rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi.
Nil vodivsidagi Misr piramidalari majmuyi, Dajla va Frot oralig'idagi Bobil, Hind vodiysidagi Moxenjodaro, Erondagi Persepol, Yunoniston, Rim va O'rta Osiyoning ko'plab shaharlari qazishmalari butun jahonga mashhurdir.
Arxeologlar qadim o'tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar. Qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq)ni sinchiklab tekshirib ko'rgan antropologlar ularning tashqi ko'rinishini qaytadan ya- ratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyo- fasida ro'y bergan o'zgarishlarni nazardan o'tkazishga harakat qiladilar. Etnograflar hozir ham barhayot qabi- lalar va xalqlarni, qadimgi odamlarning saqlanib qol- gan ko'pgina udumlari, xo'jalik va madaniyat an'analarini o'rganadilar. Lingvistlar, ya'ni tilshunoslar u yoki bu hozirgi zamon tili qay yo'sinda shakllangani- ni tushunib yetish maqsadida qadimgi tillarni tadqiq etadilar. Yozma manbalar topilishi bilan olimlarga qadim mingyilliklar tarixini tiklash osonlashdi. O'rta Osiyo tarixi bo'yicha eng qadimgi manba zardushtiylar- ning muqaddas kitobi "Avesto"dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari - Baqtriya, So'g'diyona, Xo- razm aholisi madaniyati to'g'risida hikoya qilinadi. Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma man- ba Behistun qoyalari yozuvlaridir. Behistun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Fors shohi Doro I buyrug'iga ko'ra qoyaga o'yib yozil- gan uch til — qadimgi fors, elam va bobil tillaridagi yo- zuvlarda u zabt etgan mamlakat va va xalqlar, shu jum- ladan, Xorazm, So'g'diyona, Baqtriya davlatlari sanab o'tiladi. Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon ta- rixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib, to'qqiz kitobdan iborat "Tarix" asarini yozdi. Unda o'lkamizning qadimgi aholisi to'g'risida batafsil ma'- lumot beriladi.
Miloddan avvalgi I asr oxirlarida qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon "Geografiya" nomli asa- rida ko'plab mamlakatlar xalqlari madaniyati va tarixiy voqealar haqida ma'lumotlar keltiradi.
Miloddan avvalgi II asr oxiri — I asr boshlarida qadimgi Xitoy tarixchisi Sim Syan "Tarixiy yilnomalar" nomli asar yozgan. U yurtimizning qadimgi aholisi va davlatlari to'g'risida ham ma'lumot beradi.Milodiy I asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kur- siy Ruf "Buyuk Aleksandr tarixi" nomli asar yozgan. Makedoniyalik Aleksandrning O'rta Osiyoga har- biy yurishlari haqidagi ma'lumotlarni milodiy II asrda
IV.Mustahkamlash:
1. Nega arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini "tosh davri" deb atashadi? 2. Tosh asri davrlarini sanab bering. Nega ular shunday nomlangan? 3. Arxeologiya, antropologiya va etnografiya kabi fanlar haqida nimalarni bilasiz?
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa:Savollarga javob yozish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Do'stlaringiz bilan baham: |