Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning 5-sinfda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Qadimgi tarix taraqqiyotining boshlanishi
|
Matriarxat
|
Patriarxat
|
Olduvoy
|
|
|
|
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Ilk paleolit odami tashqi ko'rinishini tasvirlab bering.
O'zbekiston hududidagi qaysi paleolit manzilgohini bila- siz?
O'rta paleolit davrida eng qadimgi odamning mashg'ulotlarini sanab bering.
Diniy e'tiqod kurtaklari vujudga kelishi sabablarini ayting.
Ilk qoya rasmlari qaysi davrda paydo bo Idi?
Dastlabku odamlar mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni biladigan kishilar bo'lib, ana shu xususiyatlari insonlarga hayvonot dunyosidan farqlanib turishga imkon bergan. O'ta sodda tosh mehnat qurollari yasashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlarini olimlar Janubiy Afrikadan— avstralopitek, Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan — zinjantrop, Yava orolidan (Indoneziya) — pitekantrop, Xitoy hududi- dan — sinantrop va Farg'ona vodiysidagi Selungur manzilgohidan, Germaniyadan — neandertal va Fran- siyadagi Kromanyon g'oridan — hozirgi qiyofadagi odam — kromanyon topib tekshirganlar.
Yer yuzida iqlim iliq bo'lgan kezlarda odamlar manzilgohlari kichkina daryolaryoki soylar yaqinida- gi tepaliklarda joylashgan edi. Ilk paleolitning so'nggi davrlarida Buyuk muzlash boshlandi. Ibtidoiy odamlar o'ta qattiq sinovga duch keldi. Bu hoi odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi Qadimgi odam manzilgohlarimasiigMiintiai • | Afrika, Osiyo va Yevropaning ko'pgina mamlakatlaridan topilgani ma'lum. O'rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg'ona vodiysidagi Selungur manzilgohidan va Toshkent vohasidagi Ko'lbuloq manzilgohidan ham topilgan. Bunday qo'pol tosh qurollari- ning uchi bir tomonga qaratib o'tkirlangan edi. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan.Mehnat qurollari odamlarga yegulik topish uchun kerak bo'lgan. Dastavval mehnat qurollari ncha oddiy edi. Uchi o'tkirlangan tosh va tayoq bilan qurol- langan odam hayvonlarni ovlagan, uchi o'tkir tayoq yordamida o'simliklarning iste'molga yaroqli ildizlari va ildizmevalarini kovlab olgan. Tabiat insonga nimani in'om etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoatlangan, shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg'uloti bo'lgan termachilik va ovchilik o'zlashtiruvchi xojalik deb ataladi.
A. P. Okladnikov tomonidan 1938- yilda Boysun tog'larida topilgan Teshiktosh g'ori qadimgi tosh asri madaniyatining jahonga mashhur yodgorligi hisobla- nadi. Teshiktosh g'oridan uch mingga yaqin tosh qurollari va ularning parchalari, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan. Teshiktosh g'oridan qazib olingan, tosh asriga man- sub 8 - 9 yashar bolaning suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir. Arxeologlar bunday neandertal odam suyak qoldiqlariga kamdan kam hollarda duch keladilar.
Bola jasadi qabrga ko'milgan. Jasad atrofiga arxar shoxlari qadab chiqilgan. Murdaning dafn etilishi dast- labki diniy e'tiqodlar bilan bog'liq.
Bora-bora eng qadimgi odamlarda inson vafot et- ganidan keyin yashashni davom ettiradigan o'zga bir olamga ketadi degan aqidaga ishonch paydo bo'ldi.
Yil fasllari almashinuvi, momaqaldiroq, bo'ronni qadimgi odamlar ruh mujassamlashgan tabiat kuch- lari harakati deb tushunganlar. Odamni o'rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e'tiqod fanda animizm nomini olgan. Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ham e'tiqod qilganlar. Bu e'tiqod fetishizm nomini olgan.
So'nggi paleolitga oid bo'lgan qoya rasmlarining topilishi eng qadimgi odamlarda diniy e'tiqodlar bo'l- gani to'g'risidagi isbotlardan biridir. Qoyatosh rasm- laridan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransi- yadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova g'orlaridan topilgan.
Odamlar rasmlar bo'lajak ovda o'zlariga yordam beradi deya ishonishgan. Rasmlar qarshisida hay- vonlar harakatlariga taqlid qilib raqsga tushishgan, ov manzaralarini tasavvurga keltirishgan, nayza uloqti- rishni mashq qilishgan.
Qadimgi qoyatosh rasmlari qimmatli tarixiy huj- jatlardir. Ular inson nimalar haqida o'ylagani, tevarak dunyoni qay yo'sinda tasavvur etgani, qaysi hay- vonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol- yarog'dan foydalanganini bilib olish va tushunishga yordam beradi.
Odamning o'zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi eng qadimgi tasviriy san'at rivoj- lanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi
Do'stlaringiz bilan baham: |