Salib yurishlarining sabablari.
G'arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi bitmas-tuganmas boyliklarni egallab olishdan iborat bosqinchilik maqsadlari salib yurishlarining asosiy sababi bo'ldi.
XI asrga kelib g`arbiy Yevropa feodallarini o`z boyliklari qanoatlantirmay qo`ydi. Shaharlar va savdo-sotiqning o`sishi ularning boylikka bo`lgan ishtahalarini yanada orttirib yubordi. Ularni yana va yana katta boyliklarga ega bo`lish orzu-istagi chulg`ab oldi.
Feodallarning bosqinchilikdan iborat maqsadlari katolik cherkovi tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Cherkov salib yurishining tashkilotchisiga aylandi.
Katolik cherkovining maqsadi cherkov ta'sirini yanada kuchaytirish, pravoslav cherkovinio`ziga bo`ysundirish, Yevropa davlatlari hukmdorlarini ham itoatda tutish, qudratini yanada oshirish hamda ko`proq boyliklarga ega bo`lib olish edi.
Salibchilar qo`shini.
Katta qo`shinsiz salib yurishini amalga oshirib bo`lmas edi. Shuning uchun ham Rim Papasi va feodallar shunday qo`shin tuzishga kirishdilar. Qo`shinning asosini ritsarlar va dehqonlar tashkil etdi.
Ritsarlar feodallarning ota merosi tegmagan kichik farzandlari edilar.
g`arbiy Yevropada mayorat deb ataluvchi qoida o`matilgan edi. Unga ko`ra otadan qolgan mol-mulk faqat katta o 'g 'ilgagina meros bo 'lib o 'tgan.
Mol-mulkka ega bo`lmagan kichik farzand qo`shinda xizmat qilgan. Urushlarda qo`lga kiritilgan boyliklar ular daromadining asosiy manbai bo`lgan.
Ritsarlar salib yuriskarida bajonidil ishtirok etganlar. Ularning maqsadi Sharqda yer-mulkka ega bo`lib olish edi.
Salib yurishida ishtirok etishga rozi bo`lgan dehqonlarning asosiy maqsadi - tinka-madorni qurituvchi krepostnoy qaramligidan ozod bo`lish, qarzlardan qutulish hamda Sharqda yerga ega bo`lib olish edi.
Salib yurishlarida Yevropa mustaqil shaharlari xalqaro savdoda yetakchi mavqega ega bo`lib olish uchun ishtirok etgan.
Qulay xalqaro vaziyat.
Bu vaziyat -Yaqin Sharqda salibchilar hujumini qaytarib qolishga qodir kuchning yo`qligi edi.
Salibchilar hujumini qaytarishi mumkin bo'1gan Arab xalifaligi 1055- yilda amalda barham topgan edi.
Ikkinchi kuch - Vizantiya imperiyasi saljuqiy turklar tomonidan qiyin ahvolga solib qo`yilgan edi. Saljuqiy turklar xavfi Vizantiya imperatorini hatto Rim Papasi va Germaniyagayordam so`rab murojaat etishga majbur etgan. Bora-bora saljuqiy turklar davlati ham mayda-mayda bekliklarga bo`linib, zaiflashib qolgan. Salib yurishi tashkilotchilarining bunday qulay xalqaro vaziyatdan foydalanmasliklari mumkin emas edi.
Urushga da'vat.
Maqsad urush boshlash bo`lgach, bahona har doim topiladi. o`tgan butun tarix bunga guvoh. Bu safar ham shunday bo`ldi. Falastin xristianlar uchun ham muqaddas joy hisoblanadi. Xristianlikka ko`ra u yerda Iso payg`ambarning qabri joylashgan.
Falastin bu davrda musulmonlar hukmronligi ostida edi. Aynan shu omil salib yurishini boshlash uchun bahona bo`ldi.
1095- yilda Rim Papasi Klermon shahri (Fransiya)da xaloyiq oldida nutq so`zladi. U o`z nutqida Falastinni va Iso qabrini g`ayridin musulmonlardan tozalashga da'vat etdi. Shu tariqa salib yurishining tub maqsadi niqoblandi.
Yodda tuting
Salib yurishining tub maqsadi o 'zga yurtlarni bosib olish va boyliklarini talash edi.
Yurish qatnashchilariga boyliklar va'da qilindi. Da'vatdagi: ,,O'z yeringiz kam va unumsiz bo`lganidan o`zaro birodarkushlik qilmoqdasiz. ,,Injil"dayozilishicha, u yerlarda sut va asal daryo bo`lib oqadi. Falastin - yerning kindigi. U jannatsifat, hosildor yerli o`lka", - xitoblari yig`ilganlarni befarq qoldirmagan. Bundan tashqari, Papa yurishda halok bo`lganlarning gunohini kechirishga, ularning narigi dunyoda jannatga tushishlarini kafolatlashga, dehqonlarni qarzdan ozod etishga, oilasi va mol-mulkini^ cherkov himoyasiga olishga va'da bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |