Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet140/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

1. Birinchi salib yurishlari va ularning natijalarini gapirib bering.



  1. Salibchilar asos solgan davlatlarni xaritadan topib ko'rsating.

  2. Nima uchun Yaqin Sharq aholisi salibchilarga qarshi qo'zg'olonlar qilgan?

  3. Diniy - ritsarlarning ordenlari nima maqsadda tuzilgan?

5. Yevropada 3-salib yurishlarini tashkil qilinishiga nima turtki berdi?

Birinchi salib yurishini rohib Pyotr Amenskiy va ritsar Valter Golyaklar tashkil qilishadi. Unda dehqonlar ishtirok etadi. Rohib Pyotr Amenskiy Fransiya va Germaniya qishloqlarida yurib aytgan va'zlari minglab dehqonlarning yo'lga chiqishiga sabab bo'ladi. Dehqonlar olomoni yaxshi qurollanmagan, ular yo'l-yo'lakay Reyn daryosi sohilidagi shaharlarda yahudiylarga qarshi qirg'inlar uyushtiradi. Salibchilar Konstantinopolga yetib kelganida Vizantiya imperatori ularni Kichik Osiyo yarim oroliga o'tkazib yuboradi. Bu yerda dehqonlar lash- kari turklar pistirmasiga uchrab qirilib ketadi. Birinchi salib yurishlariga Fransiya, Italiya va Germaniyaning turli viloyatlaridan ritsarlar to'plangan. Ular yaxshi qurollangan, zarur ozuqa va pul bilan ta'minlangan edilar. Vizantiya poytaxti Konstantinopolda 1096-yilning kuzidan to'plana boshlagan ritsarlarni imperator Aleksey I vassallik qasamyodini qabul qildirishga erishadi. Uning ma'nosi Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vi- zantiyaga siyosiy qaram bo'lishi lozim edi. Yurishlar 1097-yilning bahoridan 1099-yilning yoziga qadar davom etib: Edessa va Tripoli grafliklari, Antioxiya knyazligi va Quddus qirollikiarini tuzilishi bilan yakunlanadi. Salibchilar Quddusni egallashda bir- gina jome masjidida 10 ming musulmonni o'ldiradilar. Yahudiylar o'z sinagogasi (ibodatxona)da yondirib yuboriladi. Qirg'in paytida ko'plab ayollar va bolalar ham halok bo'ladi. Shaharliklar uyiga bostirib kirgan ritsar, eshikka qalqonni osib qo'yar va bu uy barcha jihozlari bilan yangi xo'jayinga o'tganligini anglatar edi. Salibchilar tuzgan davlatlarning eng yirigi Quddus qirolligi bo'lgan. Yevropadan kelayotgan ritsarlar oqimi xristianlarga istilo qilingan hududlarni 200 yilcha qo'lda saqlash imko- nini beradi. Yaqin Sharqda salibchilar mahalliy dehqonlarni qaramlikka tushi- radilar. Yangi xo'jayinlar hosilning 1/3 qismini soliqqa ola boshlaydi. Unga qo'shimcha tarzda aholi qirolga, xristian cherkoviga ham soliq to'lashga majbur etiladi. Natijada, mahalliy aholida salibchilarga nis- balan nafrat kuchayib, qo'zg'olonlar ham bo'lib turadi. Salibchilar orasidagi o'zaro ziddiyatlar, atrofdagi musulmon hukmdorlari tazyiqi ham tobora kuchayib boradi. Yillar o'tib salibchilarning asosiy kuchlari yangi harbiy tashkilotlari - diniy-ritsarlik ordenlari bo'lib qoladi. Falastinda tashkil etilgan diniy-ritsarlik ordenlari odatdagi rohiblar ordenlaridan tubdan farq qilgan. G'arbda oddiy rohiblarning asosiy ishi ibodat va mehnat qilish bo'lsa, diniy- ritsarlik ordeni a'zolarining asosiy vazifasi urush edi. Ular nikohga kir- maslikka, kambag'allikda yashashga, cherkovga so'zsiz bo'ysunishga va umrining oxirigacha qo'lida quroli bilan xristian dini dushmanlariga qarshi kurashishga qasamyod qilishgan. Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalyerlar ordeni bo'lgan. Qud- dusda salib yurishlari boshlanmasidan oldin avliyo loann Ierusalimskiy nomli gospital ("g'aribxona") bo'lib, unda kasal va kambag'al ziyor- atchilarga yordam ko'rsatilgan. Gospitalda xizmat qilayotgan rohib-biro- darlardan keyinchalik orden tashkil etiladi. Uni ba'zida ioanniylar ordeni ham deyishadi. Musulmonlar Falas- tinni qaytadan egallaganidan so'ng orden dastlab Rodos oroliga, bir necha asr o'tib Maltaga ko'chib joylashadi. Ioanniylar ordeni salib yu- rishlaridan ancha keyin ham o'z faoliyatini davom ettirgan. Ayrim Yevropa mamlakatlarida orden a'zolari hozirga qadar ehtiyojmandlarga tibbiy yordam ko'rsatib keladilar, lekin u hozirgi kunda oddiy hayriya tashkilotidir.

Ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan tampliyerlar (xramovniklar, "xram" ibo- datxona so'zidan) deb nomlangan. U Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan. Salib yurishlari paytida bu tepalikda xalifa Umar buyrug'i bilan dastlab qurilgan musulmonlar masjidi joylashgan edi. Orden a'zolari harbiy jasoratlari va ishbilarmonligi bilan ajralib tur- gan. Tampliyerlar hayriya va in'omlar olishdan tashqari, sudxo'rlik bilan ham shug'ullangan. Yevropada ularning boyliklari haqida afsonalar to'qilgan. Boylik ordenni XIV asr boshlarida taqiqlanishiga olib keladi. Uchinchi yirik diniy-ritsarlik ordeni Muqaddas Bibi Maryamga bag'ishlangan. Undagi ko'pchilik ritsarlar Germaniyadan bo'lgani uchun. uni Nemis (lotincha Tevton) ordeni deyishgan. Orden Falastinda uzoq qolmagan. Uni XIII asrning boshida venger zodagonlari qipchoqlar bilan kurashga jalb qilganlar. Keyinchalik tevtonlar Boltiqbo'yiga o'tadilar. U yerda yarim asr davomida orden prusslar yurtini to'liq egallab o'z davlatlarini tuzadilar. Salib yurishlari katolik cherkovining G'arbiy Yevropada ta'sirli kuchga aylanganini ko'rsatadi. Yurishlar Yevropaning Yaqin Sharqda bir necha xristian davlatlarini tuzilishiga olib keladi. Ikkinchi salib yurishi 1147—1149-yillari bo'lgan. Unda Fransiya qiroli Lyudovik VII o'z qo'shini bilan ishtirok etgan. Qirol uylanganiga ko'p bo'lmaganiga qaramay, Klervo monastiri abbati Bernarning xristianlarni yangi salib vurisblariga otashin chaqiriqlariga javoban yo'lga chiqadi. Qirol o'zi bilan rafiqasi Eleonorani ham olib ketgan. Lekin bu yurishlar muvaflfaqiyatsiz yakun topgan.

Misr sultoni Salohiddin Ayubiy 1187-yili jihod e'lon qilib, salib- chilardan Quddusni tortib oladi. Bu voqea Yevropada 3-salib yurishlari- ni (1189—1192) tashkil qilinishiga olib keladi. Ammo german im- peratori Fridrix I Barbarossa, Fransiya qiroli Filipp II Avgust va Angliya qiroli Richard I Sheryurak ishtirokidagi bu yurishlar ham muvafFaqiyatsiz tugaydi.


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish