Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet176/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

1. Hindlarda mavjud qaysi varna-kastalarni bilasiz?



    1. Yirik yer egaligi turlarini gapirib bering.

    2. Sizning fikringizcha, Hindistonni mashhur qilgan boylikning asosi nima edi?

    3. Yozuvsiz xaritaga Hindiston va uning shaharlarini tushiring.

    4. Hindiston xalqlari madaniyatining qaysi xususiyatlari e'ti- borga molik?

    5. Ajanta nima?

Faol o`quvchilar baholanadi.

III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

1. Xitoyda yerga egalik munosabatlari qachon vujudga keldi

2. Mamlakatda dehqonlar qanday bo’lgan

3. Tan sulolasi tasqi siyosatda qanday muvaffaqiyatga erishgan


Qadimgi Xan quldorlik imperiyasi III asrda inqirozga uchrab, uning o'rnida 3 ta mustaqil: Vey, Shu va U davlatlari vujudga keladi. Ayni shu paytdan Xitoyda yerga egalik munosabatlari shakllana boshlaydi. Xitoyning birlashuviga VI asrning ikkinchi yarmida Turk xoqonligi istilosi xavfi turtki bo'ladi. Mamlakatni cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lgan imperator, Suy sulolasi (589—618) vakili boshqargan. Uning ixtiyorida kuchli qo'shindan tashqari, ko'p sonli sodiq amaldor- lari ham bor edi. Mamlakatning markazlashuvi to'rt asr davom etgan o'zaro urushlarga chek qo'yib, iqtisod va madaniyatning rivojlanishiga olib keladi. Ekin maydonlari kengayib, aholi soni ko'paydi, savdo-sotiq jonlanib, shaharlar yuksala boshlaydi. Yangi hokimiyat soliqlarni tartiblashtirib, pul islohoti o'tkazadi. Mamlakat viloyatlari orasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, Xuanxe va Yanszi daryolari ora- lig'idagi hududlarni savdo-sotiq mu- nosabatlariga tortish maqsadida — Buyuk kanal quriladi. Bu tadbir mamlakat miqyosida yagona suv yo'lining barpo etilishidan tashqari, sharqiy viloyatlarni dengizga chiqi- shiga sharoit yaratadi. Lekin Suy sulolasining boshqaruvi uzoq davom etmaydi. Xitoyning shimoli-g'arbidagi mahalliy hokimlardan biri Li Yuan 618-yili taxtni egallab Tan sulolasiga (618-907) asos soladi. Tan imperiyasi boshqaruvi davrida Xitoydagi barcha yerlar davlatniki deb e'lon qilinadi. Mamlakatning barcha hududlarida dehqonlarga kichik-kichik yer maydonlari ijaraga beriladi. 624-yili qabul qilingan qonunga ko'ra, har bir xo'jalik uy- hovlisi o'rnidan tashqari 80 mugacha (1 mu - 6 sotix) haydaladigan yerni ijaraga olish huquqiga ega bo'ladi. Har bir xonadonga o'z bog'ida mevali daraxtlardan tashqari. yana tut daraxtini o'stirishi majburiy etib qo'yiladi. Yangi qonunga binoan, dehqon o'z hovlisi va tomorqasini sotishi, garovga qo'yishi mumkin edi. Ammo davlat tomonidan ajratilgan yerni sotish taqiqlangan. Davlatdan olingan yer hisobiga dehqon turli soliqlar to'lashidan tashqari, mehnat majburiyatini ham o'tab bergan. Xususan, manbalarda Loyan Buyuk kanali quril-

ishiga 2 million, Buyuk Xitoy devorini qurish va ta'mirlashga 1 mil- liondan ortiq kishi jalb etilgani haqida yozilgan.

Xitoyda VI asrdanoq sha- harlar birmuncha yuksaladi. Chegara hududlarida yangi shahar-qal'alar bunyod etila boshlaydi. Dengiz va daryo portlarida, xomashyo serob joylarda, savdo-hunarmandchilik yuksalib, yangi shaharlar vujudga keladi. Buyuk kanal hamda dengiz sohillari bo'ylab, VII asrdan Xanchjou, kavfin. Yanchjou shaharlarining yuksalishi ham savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi bilan bog'liq edi. Ushbu jarayon qonunlarni kuchaytirishni taqozo etib. Tan imperatorlari shaharlarda kechasi ko'chaga chiqishni taqiqlaydi. Shahar darvozalari kechasi yopib qo'yilgan. Shahar devoridan kimda-kim kechasi oshib o'tsa, 70 darra kaltaklanishi joriy etilgan. Albatta bu tadbirlar shaharlarda tinch- lik-osoyishtalikni, mol-mulk dahlsizligini saqlashga qaratilgan.

Tan sulolasi hukmronligi davrida Xitoy Turk xoqon- ligiga qarshi katta urushlar olib boradi. Imperator qo'shinlari 640-yili Buyuk Ipak yo'li ustida joylashgan Gaochan davlatini mag'lub etadi. Shundan so'ng uyg'urlarga qarshi uzoq yillar davom etgan urushlar boshlanadi. G'arbiy Turk xoqonligiga qarshi 657—679-yiIlardagi urushlar ham Xitoy qo'shinlari g'alabasi bilan tugaydi. Koreyaga qarshi 668-yili boshlangan urush, uning poytaxti Pxenyanning olinishi bilan yakun- lanadi.

Xitoy VII—VIII asrlarda faol tashqi siyosat olib borib, Turk xoqon- ligi, Arab xalifaligi, Vizantiya, Yaponiya va Hindiston bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan.

Yangi Sun sulolasi davrida (960-1279) Xitoyning xalqaro aloqalari yanada kengayadi. Bu paytda O'rta Osiyo, Hindiston, Hindixitoy, dengiz orqali Yaponiya va Indoneziyalar bilan savdo olib boriladi


IV.Mustahkamlash:

1. Xitoyda yerga egalik munosabatlari qachon vujudga keldi

2. Mamlakatda dehqonlar qanday bo’lgan

3. Tan sulolasi tasqi siyosatda qanday muvaffaqiyatga erishgan


V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa:Savollarga javob yozish.

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish