Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning 6-sinfda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Franklar davlatining tashkil topishi
|
Xlodvig
|
Buyuk Karl
|
Il de Frans
|
|
|
|
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Nima sababdanh var-var qrolliklaridan faqat Franklar fdavlati saqlanib qolgan. 2. Nima sabadan franklardagi benefitsiy,senyor, allod, vassal kabi atamalar lotin tilidan olingan. 3.”Sali haqiati” nima.
Buyuk ko'chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Franklarda urug'chilik tuzumi bo'lib, qabila yo'lboshchilari harbiy ishda alohida jasorat ko'rsatgan kishilardan saylab qo'yilgan. Rim-gallar bilan yaqin qo'shnichilik munosabatlarida bo'lgan franklar- ning tashqi ko'rinishi ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlan gan. Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas, matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan. Ularda faqat qirol oilasiga mansub kishilargina uzun soch bilan yurishlari mumkin bo'lgan. G'arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin franklarga qo'shni bo'lgan Galliyada rim noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzadi. Xuddi shu davrdan franklarning Galliyaga hujumlari yanada kuchayadi. Ularga frank qabilalaridan biri, merovinglar sardori Xlodvig boshchilik qiladi. Uddaburon va shafqatsiz Xlodvig tez orada o'z raqiblarini yengib, barcha frank qabilalari ustidan hukmronligini o'rnatadi. Egidiyning vorisi Siagriy qo'- shinlarini 486-yili Suasson shahri yaqinidagi jangda mag'lub etgan Xlodvig franklar dav- latiga asos soladi.
Xlodvig varvar qabilalari yo'lboshchilari ichida birinchi bo'lib xristianlikni Rimdan qabul qiladi. Uning ketidan sekin-asta boshqa franklar ham xristianlikka o'tadi. Franklarning ko'pchiligi Xlodvigning bu qarorini yoqlamagan, ammo ular o'z qirollaridan qo'rqqanlar. Lekin rimliklar bu ishdan xursand bo'lishgan. Ulardan biri "sizning yangi ciiningiz, bu bizning g'alabamiz/" - deb bejiz yozmagan edi. Xristianlikning "liar qanday hokimiyat xudodan" deb uqdirishi Xlodvig va uning vorislariga mos kelardi. Qadimgi germanlar diniy e'tiqodlarida esa bu kabi fikrlar bo'lmagan. Shu tariqa xristianlikning qabul qilinishi qirolni kuchay- tirib, o'z qabiladoshlari orasida yangi cho'q- qilarga ko'taradi.
Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning vorislari davrida 534-yili Burgundiyani va 536-yili Provansni istilo qiladi. Franklar germanlarning: tyuring, alemann, bavar qabilalarini ham bo'ysundirib, ularni har yili o'lpon to'lashga majbur etadilar. Yirik yer egalari - feodallar toifasi esa qirol hokimiyatining tayan- chiga aylanadi. Davlat qirol boshchiligida yirik mulk egalarining yangi yerlarni istilo qilishini qo'llab quwatlar edi.
Franklarda Xlodvig davridayoq mamlakat viloyatlarga bo'linib, ularni qirol tayinlagan graflar boshqara boshlaydi. U o'z hududlarini qirol nomidan boshqarib, aholidan soliqlarni yig'ib olish, harbiy qo'shinga boshchilik qilish, sud qilish kabi ishlarni bajaigan. Sudning qarori bilan yig'ilgan jarimalarni 1/3 qismi qirol xazinasiga yuborilar edi. Franklar soliq tartiblarini rimliklardan qabul qilganlar. Urug' jamoachilik an'analari esa har yili o'tkaziladigan harbiy ko'rik (mart maydoni) tarzida va mahalliy boshqaruvda saqlanib qoladi. Mahalliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig'inlari tashkil etib, uning boshlig'i, yuzboshisi — tungin deb nomlangan.
Yirik yer egaligining shakllanishi. VI asr oxiridan — franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in'om etishi mumkin bo'lgan mulki — allodga aylanadi. Qirollar tomonidan chiqarilgan yangi qonunlar yerni xususiy mulkka aylanishini tezlashtiradi. Qirol Xilperik (561-584) davrida yangi qonun chiqarilib u o'g'il voris bo'lmasa yerni avvalgidek jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o'tish huquqini tasdiqlaydi
Xlodvig buyrug'iga binoan yozilgan franklarning an'anaviy odatlari to'plami Yevropadagi eng mashhur odat huquqlari yodgorligiga aylanadi. U "Sali haqiqati" deb nomlangan, to'plamning nomi unga faqat franklarning sali qabilasi qonunlari kiritilganligini anglatadi.
Qirolning maqsadi barcha franklar qirol qo'llagan "Sali haqiqati" bo'yicha sudlanishi kerak edi. Bu qoidalarda biror narsa izoh talab bo'lsa, uning uchun qirolga niurojaat qilinishi, u esa o'z manfaatlari yuzasidan javob berishi mo'ljallangan. Ulardan tashqari qirol "Sali haqiqati"ga qadimgi odatlardan o'ziga foyda keltiradiganlarini kiritgan. Natijada qadimgi odatlardan qirolni qoniqtirmaganlari unutilib, foyda- lilari to'plamda batafsil yoritiladi.
"Sali haqiqati" frank qiroli hokimiyatining kuchayganini ko'rsatadi.
To'plamda franklar hayoti, xo'jaligi, urf-odatlari, diniy tasavvurlari haqida ko'plab ma'lumotlar mavjud. Xususan franklar biror oldi-sotdida, jumladan yerni bir xo'jayindan boshqa xo'jayinga o'tishida hujjat tuzma- ganlar. Ushbu holatda franklar guvohlar huzurida ma'lum udum - ma- rosim o'tkazganlar. Masalan, "sotuvchi"ning yeridagi daraxt shoxidan bir bo'lagini "oluvchi" maydoniga berilgan. Shartnomani buzish hech kim- ning xayoliga ham kelniagan. Farzandlar ham, nabiralar ham mazkur yer maydoni boshqa xo'jayinga "qonuniy" taitibda o'tganligini bilganlar.
IV.Mustahkamlash:
1. Nima sababdanh var-var qrolliklaridan faqat Franklar fdavlati saqlanib qolgan.
2. Nima sabadan franklardagi benefitsiy,senyor, allod, vassal kabi atamalar lotin tilidan olingan.
3.”Sali haqiati” nima.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa:Savollarga javob yozish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Do'stlaringiz bilan baham: |