Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet217/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

Franklar imperiyasi

Franklar davlatining tashkil topishi

Davlat boshqaruvi

Franklar imperiyasi inqirozi








Faol o`quvchilar baholanadi.

III.Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Italiya va Ispaniya urushlari. 2. Franklar imperiyasi tashkil topishi . 3. Davlat boshqaruvi. 4. Franklar imperiyasining inqirozi

Karl sulola asoschisi Pipin Pakananing (714-768) o'g'li bo'lib, Frank­lar qirolligini (800-yildan imperiyasini) 46 yil (768-814) boshqargan. "Buyuk" nomi unga ta- rixchilar tomonidan 53 harbiy yurishga boshchi- lik qilib, yirik saltanat tuzgani, bu davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga asos solgani uchun berilgan. Karl haqida ko'plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo'- shiqlar yaratilgan. Uning isniidan "korol", ya'ni "qirol" unvoni kelib chiqqan. Karl taxtga kelishi bilan istilochilik urushlari olib borgan. Uning dastlabki harbiy yurishlari germanlar- ning langobard qabilasi Italiyada tuzgan dav- latiga qarshi 773-yili boshlanadi. Langobardlar qiroli Dezideriy mag'lub etilganidan so'ng, sochi olinib Korvey monastiriga jo'natiladi. Italiya yerlari esa graf- liklarga bo'linib, Frank qirolligiga qo'shib olinadi. Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi 778-yili Karl dastlabki muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. Karlning jiyani, graf Roland jangda halok bo'ladi. Asrlar o'tib Roland fransuz xalq og'zaki ijodining sevimli qah- ramoniga aylanib, u haqda "Roland haqida qo'shiq" dostoni yaratiladi Reyn daryosi- ning o'ng sohilida yashagan saks qabilalariga qarshi urushlar 30 yildan ortiq (772-804) davom etadi.

Bu urush Karl uchun ancha murakkab kechadi. Sakslar germanlar- ning Karlga bo'ysunmagan so'nggi yirik qabilasi bo'lgan. Istilo qilingan sakslar franklar qo'shini ketgan zahoti yana qo'zg'olon ko'targanlar. Karl ortga qaytib minglab garovga olinganlarni qatl ettirgan, yuzlab sakslar oilalarini mamlakatning boshqa hududlariga ko'chirgan, asosiysi sakslarni nima bo'Isa ham xristian diniga o'tkazishga intilgan. Sakslar qat- tiq qarshilik ko'rsatib, imkoni bo'ldi deguncha majusiylikka qaytishgan. Uzoq kurashdan so'ng Karl sakslarni yangi dinga o'tkazishga erishgan. Shu tariqa Saksoniya ham Buyuk Karl davlatiga qo'shib olinadi. Buyuk Karl davlati Yevropaning katta qismini egallaydi. Uning hududini G'arbiy Rim imperiyasi bilan bemalol taqqos- lasa bo'lar edi. Lekin Karlning hokimiyati so'nggi rim imperatorlarini- kidan ancha yuksak ekanligi shubhasiz. Ayni paytda so'ngan imperiya haqidagi xotiralar VIII asrda ham rimliklar, G'arbiy Yevropaning turli xalqlari va qabilalari xotirasida saqlanib qolgan. Tabiiy, Karlning masla- hatchilarida uni qadimgi rimliklarga taqlid qilib, imperator deb e'lon qilish g'oyasi tug'iladi. Bunday imkoniyat 800-yili Rim mahalliyzodagonlarining papa Lev III ga qarshi isyon ko'tarishi orqali vujudga keladi. Karl qo'shin yuborib isyonni bostiradi.

Bu yordam evaziga Rim papasi 800-yil- ning dekabrida avliyo Pyotr ibodatxonasida Karlga imperatorlik tojini kiydiradi. Shu tariqa G'arbda yangidan imperiya paydo bo'ladi. Karlning muhrida: "Yangi Rim imperiyasi" so'zlari zarb qilinadi. Aslida esa franklar im­periyasi faqat nomi bilangina Rim imperiya- sini eslatardi. Buyuk Karl davrida franklarda an'anaviy xalq lashkari o'rnida otliq ritsarlar qo'shini vujudga keladi. Ritsarlar (nemischa ritter — otliq) bo'linmalarida — faqat boy zamindorlar, ya'ni jangovar ot va qurol-aslahalar sotib olishga im- koniyati bo'lgan kishilar xizmat qilgan. Bir necha oila birgalashib, bitta ritsarni qo'shinga jo'natish hollari ham uchrab turgan. Hukmdorlar ritsarlarga: ot qurol-aslahasini tartibda saqlashi, urushlar paytida oilasini ta'minlashi uchun yer-mulk in'om etgan. Bu yer-mulk — feod (nem. qo'rg'on, mulk) harbiy xizmat evaziga taqdim etilib, keyinchalik merosiy mulkka aylangan. Feodning egasi feodal deb atalgan. Zamonlar o'tib harbiy ish faqat feodallar mashg'uloti bo'lib qoladi. Yirik feodallar viloyatlarga egalik qilsalar, mayda feodalga ma'lum qishloq yoki uning bir qismi taqdim etilishi ham mumkin edi.

Buyuk Karlning saroy xizmatkorlari ayni paytda vazirlar vazifasini ham bajargan. Yirik qabilalarni gersoglar (nem. saylangan harbiy yo'lboshchi, keyinchalik merosiy qabila boshlig'i) boshqargan. Davrlar o'tib gersog eng yuksak unvonlardan biriga aylandi. Yirik bo'lmagan hududlarni imperator tayinlagan graflar (nem. qirol tayinlagan amaldor) boshqaradi. Gersog unvoni awaldan merosiy bo'lsa, graflarni imperator tayinlagan. Buyuk Karl o'z davlati chegaralarini mustahkamlash maqsadida markalar (nem. chegara harbiy viloyati) tuzib ularni rnarkgraflar (nem. chegara viloyati hokimi) boshqargan.

Yillar o'tib mamlakatda graflar davlat amaldorlaridan — yirik yer egasi, o'z viloyatining xo'jayiniga aylana bordi.

Graflikdagi erkin dehqonlar qaramlikka tushdi. Qirolning sud ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ham ularning hokimiyatini kuchaytiradi.

Verden shahrida 843-yil tuzilgan shartnomaga binoan vujudga kelgan qirolliklar o'rnida, keyinchalik — Fransiya, Germaniya va Italiya dav- latlari tashkil topadi.


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish