Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi
Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomataniqlanadi ,sinftozaligikuzatiladi.
II.O`tilganmavzunitakrstorlash:O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga jadval to`ldirish topshirig`I beriladi.
Fridrix I siyosati
|
Fridrix II siyosati
|
|
|
|
|
III.Yangi mavzu bayoni:
Salib yurishlari vaqtida yevropaliklar dunyoning kengligini, undagi rang-baranglikni ko`rdilar. Ularda notanish mamlakatlarga qiziqish paydo bo`ldi. Ba'zi sayyohlar Yevropa mamlakatlaridan ancha uzoq joylarga ham borardilar. Bu yerlardan boshqa xalqlarning hayotiga oid qiziqarli ma'lumotlar olib kelishardi. Shunday sayyohlardan biri venetsiyalik savdogar Marko Polo edi. Marko Polo (1254 - 1324) umrining qariyb yigirma besh yilini o`z vatanidan olisda o`tkazdi. Ko`p yil Xitoyda yashadi. Bu mamlakatning hayotini diqqat bilan kuzatdi. Sayyoh Italiyaga qaytib borgach, Osiyo mamlakatlaridagi xalqlarning hayoti va urf-odatlari haqida kitob yozdi. ,,Marko Polo kitobi" uzoq vaqtgacha geografiya xaritalarini tuzishda qo`llanma bo`lib xizmat qildi.
XII asrda Yevropada dastlabki oliy maktablar - universitetlar paydo bo`ldi. Ular mashhur o`qituvchilar bo`lgan shaharlarda vujudga keldi. Ularning birinchisi Parij universiteti edi. Universitetlarda darslar lotin tilida olib borilardi. Shuning uchun universitetlarning har birida turli mamlakatlardan borgan yoshlar o`qiy olardi.
Universitetlar shahar ma'murlariga qarshi uzoq vaqt kurash olib borib, o`zini-o`zi boshqarish huquqini qo`lga kiritganlar. Endi ular universitet rahbarlarini va sudlarini o`zlari saylaydigan bo`lganlar.
Turli fan o`qituvchilari o`zlarining ayrim-ayrim birlashmalari — fakultetlarini tashkjl etdilar. Har qaysi fakultetga dekan boshchilik qilgan. o`qituvchilar bilan studentlar birgalikda universitet boshlig`i (rektor)ni saylardilar. Universitetlarda ilohiyot, qonunlar, tibbiyot o`rgatilardi. Studentlar o`qituvchilarning`ma'ruzalarini tinglar va yozib olardilar. Ma'ruzalar disput (munozara)lar bilan to`ldirilardi. XV asrda Yevropada 65 ta universitet bor edi. Ularning eng mashhurlarini Parij, Bolonya (Italiyada), Oksford (Angliyada), Praga, Krakov (Polshada) universitetlari tashkil etardi.
Xo`jalik taraqqiyoti ilmiy bilimlarning vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Dehqonlar yerga ishlov berish usullarini takomillashtirdilar. Tuproqning xususiyatlarini bilib oldilar. Ob-havoni, chorva mollari va ekinlarning holatini kuzatib bordilar. Hunarmandlar metall va toshlarning xossalarini o`rgandilar. Turli tajribalar o`tkazdilar, bo`yoq va oyna tayyorladilar.
o`rta asrlarda astrologiya va alximiya kabi o`ziga xos fanlar taraqqiy topdi. Astrologlar kelajakda nimalar bo`lishini yulduzlarga qarab bilish mumkin, der edilar. Qirollar, sarkardalar va sayyohlar biror ishga kirishishdan oldin astrologlardan maslahat olardilar. Alximiklar esa har qanday metallni oltinga aylantirishga yordam beradigan ,,sehrli tosh" qidirganlar.
IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlashda o`quvchilar atamalarni izohlaydilar.
Faol guruhlar baholanadi.
Universitet ..., magistrlar..., kollegiya..., kollej..., fakultet..., dekan... rektor ..., konsler..., pergament..., Iogann Gutenberg ..., Rojer Bekon ...,
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.
VI.Uyga vazifa:29- mavzu savollariga javob yozib kelish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Sana: ______________Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ____
Mavzu: G`arbiy Yevropada me`morchilik,san`at va adaboyot.
Maqsadlar:
Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga XI-XV asrlardaG`arbiy Yevropada san`at va adabiyot,Gumanizm g`oyasining shakllanishi haqida ma`lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarni ma`nan yetuk inson bo`lib yetishishiga hissa qo`shish;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish.
Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi
Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, `quvchilar bugunning
II.O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi.
III.Yangi mavzu bayoni: XI asrda g`arbiy Yevropada katta qurilishlar boshlandi. Cherkov ibodatxonalarni kengaytirdi. Mustahkambo'1magan yog`och imoratlar o`rniga gumbazli g`ishtin binolar qurildi. Bu binolarning poydevorlari gumbazlatfning og`irligiga bardosh berishi uchun juda qalin qilib qurilardi. Binokorlar qurilish ishlarida qadimgi Rim me'morchiligi namunalaridan foydalandilar. Shuning uchun XII - XV asrlardagi inshootlar roman uslubidagi inshootlar deb ataladi. Roman uslubidagi ibodatxonalarning devorlari silliq edi. Ularning baland minoralari va yarim doirasimon arklari bo`lgan. Yarim doiraviy ark shakli ibodatxonaning hamma joyida - gumbazlarda, derazalarda, kirishdagi eshiklarda ham ko`zga tashlangandi. Roman uslubidagi ibodatxonalar katolik cherkovining kuchqudratiga odamlarda ishonch uyg`otish uchun qal'aga o`xshatib, salobatli va haybatli qilib qurilgan edi. Ko`pincha ular atrofdagi aholi uchun boshpana vazifasini ham o`tagan. Shaharliklar savdo rastalari, ratushalar, kasalxona va mehmonxonalar qura boshladilar.XII - XV asrlardagi binolar keyinchalik gotik uslubida qurilgan binolar deb ataldi. Binokorlar mahoratining o`sib borishi yarim doira shaklidagi qo`pol gumbazlarni ancha yengil va o`tkir uchli baland qubbalar bilan almashtirishga imkon berdi. Qalin devorlar keraksiz bo`lib qoldi. Gotik uslubidagi soborlarda juda ko`p katta derazalar bo`lgan. Shu tufayli ular yengil va tiniq ko`rinishi bilan roman uslubidagi yarim qorong`i soborlardan farq qilgan. Gotik uslubda qurilgan eng katta soborlar minorasi Misr ehromlaridan ham baland bo`lib, 150 metrga yetgan.G`arbiy Yevropada Bibi Maryam ,,bekam" ma'nosida ,,madonna" deb atalar edi.
O'rta asr san'atkorlari odamlarning fikr boyligini, tuyg`u va kayfiyatlarini ko`rsatib berishga harakat qildilar. Antik davr haykaltaroshlari esa inson gavdasining go`zalligini ulug`lagan edilar.Shoirlar xalq ashulalari va dostonlarini to`plaganlar. Urush qahramonliklari va sargnzashtlari haqida she'riy roman va poemalar yozganlar. Bular aslida jangnomalar edi. Gumanizm g`arbiy Yevropada XIII asrdan boshlab Italiyada sxolastika va cherkov aqidalarining yakka hukmronligiga qarshi g`oya sifatida shakllana boshladi.
Sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiy edi (1225 1274). U mashhur ,,Ilohiyot to`plami" asarining muallifi. Muallif asarida aql xudoning borligini asoslashga qodir, deb yozgan. Ilohiyot (xudo to`g`risidagi ta'limot) - diniy aqidalar va ular haqidagi ilohiy ko`rsatmalarni o`z ichiga oluvchi diniy ta'limot.
IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlashda o`quvchilar gumanistlar haqidagi jadvalni to`ldiradilar.
Gumanizmning dastlabki namoyandalari haqida ma`lumot.
|
Franchesko Petrarka
|
Jovanni Bokachcho
|
Kolyuchcho Salyutati
|
|
|
|
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.
VI.Uyga vazifa: 30- mavzu savollariga javob yozib kelish.XIV asrda Markaziy Osiyodagi ilm –fan taraqqiyoti haqida ma`lumot yozish va yevropa bilan taqqoslab kelish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Sana: ______________Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ____
Mavzu: Saljuqiylar davlatlari
Maqsadlar:
Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarda Saljuqiylar davlatlari haqida tasavvurni hosil qilish;
Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarga turk madanyati haqida ma`lumot berish;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish.
Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi
Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, `quvchilar bugunning
II.O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi.
1-savol: Qaysi shaharlar XIV asrning boshlarida rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi?
2-savol: Moskva knyazligiga Oltin O`rdaga qarshi kurashish uchun qanday qulay vaziyat vujudga keladi?
3-savol: Amir Temur rus yerlarini mo`g`ullar zulmidan ozod bo`lishiga qo`shgan hissasi haqida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |