I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomataniqlanadi ,sinftozaligikuzatiladi, o`quvchilarbugunningJahondavaO`zbekistondagisiyosiyyangiliklaribilantanishtiriladi.
II.O`tilganmavzunitakrstorlash: O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi,o`tilganmavzunimustahkamlashuchuntezkorsavollarberadi.
1.Saljuqiylar davlatiga kim va qachon asos solgan?2.Kichik Osiyoda yashagan o`g`uzlar kimga bo`ysunganlar?3.Saljuqiylar davlatida yerlar asosan kimlarning qo`lida bo`lgan? 4.Iqto yerlari kimlarga berilgan
III.Yangi mavzu bayoni: 1206- yilda qabilalar ittifoqi xonlarining qurultoyi Temuchinni Buyuk xon deb e'lon qilgan va u Chingizxon deb atala boshlangan. ,,Chingiz" Buyuk xonning unvoni hisoblanib, ,,dengiz", ,,okean" degan ma'nolarni anglatadi. Shu tariqa Osiyo qit'asida qudratli yangi bir davlat tashkil topgan. U ,,Yakka mo`g`ul ulusi" deb atalgan. Tarixda bu davlat Mo`g`ullar davlati deb ham, Chingizxon davlati deb ham yuritiladi.Chingizxon davlatni har biri ming oiladan iborat birlikka bo`lib idor etgan. Ularga Chingizxonga sadoqat bilan xizmat qilgan kishilar boshliq etib tayinlangan. Minglik o`z navbatida yuzlik va o`nlik oila birliklariga bo`lingan. Chingizxon katta istilochilik urushlari olib borish uchun zarur shart-sharoitni yarata olgan. Avvalo, 15 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan barcha erkak kishilar harbiy xizmatga yaroqli, deb belgilab qo`yilgan. Bu esa qo`shinning katta zaxirasini vujudga keltirish imkonini bergan. Ayni paytda mo`g`ullar a'lo darajadagi qo`shinga ega bo`lganlar. Bunga ular otsiz tasavvur qilib bo`lmaydigan ko`chmanchilik hayoti tufayli erishganlar. o`troq hayot kechirayotgan davlatlarning otliq qo`shini ularga bas kela olmas edi. Mo`g`ullar, shuningdek, Xitoyning ilg`or harbiy texnikasini ham puxta o`zlashtirib olgan edilar. Jumladan, ular devor teshadigan va o`t sochadigan qurollarga ham ega bo`lganlar. Chingizxon saralangan harbiy qism ham tashkil eta olgan edi.Va nihoyat, qo`shinda juda qattiq tartib, intizom o`rnatilgan, bu tartibni buzganlar ayovsiz jazolangan. Yuqorida qayd etilgan omillar Chingizxon va uning vorislariga istilochilik urushlari olib borish imkonini bergan. Chingizxon 1207- yildan 1227- yilgacha katta istilochilik urushlari olib bordi. Shu yillar ichida Janubiy Sibirni, Sharqiy Turkistonni, Shimoliy Xitoy, Xorazmshohlar imperiyasi hududlarini, Kavkazortining bir qismi, Dashti Qipchoq, Volgabo`yi va boshqa o`lkalarni bosib oldi. Shu tariqa Mo`g`ullar davlati o`z davrining ulkan imperiyalaridan biriga aylandi. Chingizxon 1224- yilda imperiyani to`rt nafar o`g`liga taqsimlab berdi.Katta o`g`li Jo`jiga Xorazm, Shimoliy Kavkaz va Janubiy Sibir hududlari berilgan. Ikkinchi o`g`li Chig`atoyga esa Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahr tekkan. Mo`g`ullar davlatida Buyuk xon taxti hamda har bir ulusning o`zida ulus taxti uchun ayovsiz kurash davom etgan. III asrning 50- yillariga kelib Mo`g`ullar davlati parchalana boshlagan.Botuxon tuzgan Oltin o`rda, Xuloku tashkil etgan Eron davlati amalda mustaqil bo`lib olgan.
1348- yilda Chig`atoy ulusining o`zi ikki qismga bo`linib ketdi. Buyuk xon taxti uchun olib borilgan shafqatsiz kurashda Xuloku avlodlari o`qtoy avlodlarini butunlay qirib tashlagan.
IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga ekranda rasmlar ko`rsatiladi.Ular rasmlarga qarab javob beradilar.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.
VI.Uyga vazifa: Mavzu savollariga javob yozib
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Sana: ______________Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____
Do'stlaringiz bilan baham: |