III.Yangi mavzu bayoni:XI asrda Shimoliy Hindiston g`aznaviylar davlatiga bo`ysundirilgan. Shu tariqa Shimoliy Hindiston g`aznaviylar davlatining bir viloyatiga aylangan.
1206- yilda g`aznaviylar noibi Qutbiddin Oyboq Shimoliy Hindistonni mustaqil deb e'lon qilgan. Bu yangi davlat Dehli sultonligi deb atalgan. Dehli shahri sultonlik poytaxti etib belgilangan.
XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida Dehli sultonligi yanada kengaygan. Bu ulkan davlat viloyatlarga bo`lib boshqarilgan.Dehli sultonligida ham barcha yerlar davlatning mulki hisoblangan. Yerlarning ma'lum qismini sulton iqto` sifatida in'om etgan. Iqto` yerlar musulmon zodagonlariga harbiy xizmatlari uchun berilgan. Iqto`dor boyligining asosiy qismini iqto` yerlarida yashovchi aholidan olinadigan soliq tashkil etgan. Shuningdek, xolisa yerlar ham bo`lib, u sultonga qarashli bo`lgan. Undan yig`ilgan soliq sultonlik xazinasiga tushgan.Ayni paytda mahalliy knyazliklar saqlanib qolingan. Rojalar ularni amalda mustaqil idora etganlar. Ularning Dehli sultonligiga qaramligi belgilangan soliqni to`lab turishdan iborat bo`lgan.
Bir tomondan, viloyatlar markaziy hokimiyatgabo`ysunmaslikka intilar edilar. Ikkinchi tomondan, sulton mustaqillikka intilayotgan vassal hind rojalariga qarshi muttasil urush olib borishga majbur bo`lgan.
Bu urushlar jamoachi dehqonlardan olinadigan soliqlarning yanada oshirilishiga olib kelgan. Hosilning 1/4 qismi hajmida soliq to`lagan jamoachi dehqonlar endilikda 1/2 qismi hajmida to`lashga majbur etilgan. Bu sultonlikdagi ichki vaziyatni yanada keskinlashtirgan.XIV asrning 30- yillariga kelib, aholi hatto 1/4 hajmdagi soliqni ham to`lay olmay qolgan.Muttasil yetti yil davom etgan qurg`oqchilik iqtisodiyotni butunlay xonavayron qilgan. Mamlakatda ocharchilik yuz bergan. Ana shunday bir sharoitda 1398- yilda Amir Temurning Hindistonga yurishi boshlangan. Tajribali sarkarda Amir Temur hech bir qarshiliksiz Dehlini egalladi, sultonlik tobe etildi. Amir Temurning oldida Usmonli turklar imperiyasiga qarshi kurash vazifasi turganligi uchun u tez orada Samarqandga qaytdi. Shunday bir sharoitda Dehli sultonligi yana avvalgi qudratini tiklashi mumkindek edi. Biroq o`zaro ichki urushlar bunga imkon bermagan. Mamlakatda tarqoqlik tobora kuchaya borgan. Dehli sultoni Buyuk sulton hisoblansa-da, amalda oddiy bir davlat hukmdoriga aylanib qolgan. o`zaro urushlar natijasida sultonlikda hokimiyat sayyidlarsulolasi qo`liga o`tgan (1414 - 1451). Biroq bu sulola hokimiyat tepasida uzoq tura olmagan.1451- yildan hokimiyatni afg`onlar qabilasi boshlig`i Bahlul Lodi boshqara boshlagan. Yangi sulola to Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistonni egallaguniga qadar (1526- yil) hukmronlik qilgan.
IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar jadval to`ldiradilar.
Dehli sultonlarining siyosatini taqqoslang.
Qutbiddin Oyboq
|
Shamsiddin Eltutmish
|
Alouddin Xiljiy
|
Muhammad Tug`luq
|
Feruzshoh Tug`luq
|
Mahmud
|
|
|
|
|
|
|
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.
VI.Uyga vazifa: 40- mavzu savollariga javob yozib kelish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Sana: ______________ Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___
47- dars. Mavzu: O`rta asrlarda Amerika
Maqsadlar:
Ta`limiymaqsad:- quvchilargao`rtaasrlardaAmerikaxalqiningxo`jaliktaraqqiyotiMayyalar,asteklar,inklardavlatihaqidama`lumotberish Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish
Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklar ibilan tanishtiriladi
II.O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi,o`tilganmavzunimustahkamlashuchuno`quvchilar 3 guruhgabo`linadivatopshiriqberiladi.
1-guruh: Dehli sultonligining tashkil topishi haqida ma`lumot bering
2-guruh: Dehli sultonligida yer egaligi haqida ma`lumot bering.
3-guruh: Dehli sultonligi XIV-XV asrlarda.
Guruhlar tagdimot qiladilar ,o`qituvchi kamchilikni to`ldirib boradi.Eng faol guruh aniqlanib, rag`batlantiriladi.
III.Yangimavzubayoni: Amerikaning tub aholisi hindular deb ataladi. Bu aholi hozir ham mavjud. Ularning ajdodlari bir necha o`n ming yillar avval Osiyodan Bering bo`g`ozi orqali Amerikaga kelib qolgan. Hindular o`rta asrlarda ham urug`chilik tuzumida yashar edilar. Ko`pdan-ko`p hindu xalqlari orasida mayya, atstek va ink xalqlari xo`jalik hamda madaniyjihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko`pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan.
Biroq Shimoliy Amerikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amerika qirlari hamda tog`larida dehqonchilik ham rivojlangan. Dehqonlar toshboltalarda o`rmon kesib, daraxtlarni yoqib, yer ochishgan. Yerni yog`och so`qalar bilan ag`darib yumshatishgan. Ilgari paytlarda yevropaliklarga ma'lum bo`lmagan makkajo`xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni o`stirishgan. Qit'aning kattagioa, qismida hayvonlarni ishga o`rgatishni bilishgan. Amerikada otlar yo`q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o`xshash tuyalarni qo`lga o`rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o`rdaklarni boqishgan.Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Yerlar jamoalarga tegishli edi. Jamoalar o`zlariga qarashli oilalarga o`rmondan tozalangan bo`liq yerlarni foydalanish uchun berardi. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shaharga ,,Ulug` inson" hukmdorlik qilardi. Inklar davlati XII asrda tashkil topgan. Inklar qo`shni qabilalarni zabt etganlar. Davlat tepasida cheklanmagan hukmdor Oliy Inka turardi. Oliy Inkaning yaqin qarindoshi bo`lgan erkaklar o`zlarini ,,Quyosh o`g`illari" deb atashardi. Bunga inklarning quyoshni bosh xudo deb hisoblashlari sabab bo`lgan. ,,Quyosh o`g`illari" davlatda yuqori lavozimlarni egallaganlar. Bo`ysundirilgan davlatlar xalqlari ularga to`la itoat etib, inklar tilida gaplashishgan va inklarning qonunlari, rasmrusumlari asosida yashashgan.Aholi jamoa bo`lib yashar, har bir jamoa dehqon oilalaridan iborat edi. Hokimiyat ruxsatisiz jamoa a'zosi qishloqdan tashqariga chiqolmasdi.,,Quyosh o'g`illari"ning bolalari maxsus maktablarda o`qishardi. Hali yozuv yo`q paytlarda bolalar inklar dini, boshqarish tartiblari, qonunlari va urf-odatlari haqidagi ma'lumotlarni yodlab o`rganishardi. Me'morlar ibodatxonalar, qasrlar, qal'alar qurishardi. Inklarning asosiy qal'asi - Kusko baland qoyalikka qurilgan. Bu qal'a shaharlar bilan yerosti yo`llari orqali birlashtirilgan bo`lgan.
IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar jadval to`ldiradilar.
Amerika davlatlarini qiyoslang.
Mayyalar davlati
|
Asteklar davlati
|
Inklar davlati
|
|
|
|
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.
VI.Uyga vazifa: 41- mavzu savollariga javob yozib kelish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Sana: ______________ Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ____
48- dars. Mavzu: Afrika xalqlari o’rta asrlarda.
Maqsadlar:
Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarga O`rta asrlarda Afrika xalqining xo`jalik taraqqiyoti Gana,Mali,Songai,Aksum davlatlari haqida ma`lumot berish,
Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish
Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |