S
17
ana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: BO’LAKNI TOPISHGA DOIR MASALALAR
Darsning maqsadi: Misol va masalalar yechish
Darsning borishi:
Darsning mazmuni.
Misollar yechish.
Uyga vazifa (___-___).
Darsning mazmuni:
Misol va masalalar
Dilnoza va Feruzada birgalikda 600 so’m pul bor. Feruzaning puli Dilnozadagi puldan 3 marta ko’p. Qizlarning har birida qanchadan pul bor?
Y e c h i s h. Dilnozadagi pulni 1 bo’lak (1 qism, 1 birlik) desak, u holda Feruzadagi pul 3 bo’lakni tashkil qiladi.
1-savol. 600 so’m pulga nechta bo’lak mos keladi?
1 + 3 = 4 (bo’lak).
2-savol. 1 bo’lakka necha so’m to’g’ri keladi? (yoki Dilnozada qancha pul bor?)
600 : 4 = 150 (so’m).
3-savol. Feruzada necha so’m pul bor?
150 ∙ 3 = 450 (so’m).
J a v o b: 150 so’m, 450 so’m.
244. Sayyoh 160 km yo’l yurishi kerak. Dam olish vaqtida hisoblab qarasa, yo’lning bosib o’tgan qismi qolgan qismidan 3 marta kam ekan. Sayyoh manzilga yetish uchun yana necha kilometr yo’l yurishi kerak?
245. Birinchi shkafdagi kiroblar soni ikkinchisidagiga qaraganda 3 marta ko’p. Ikkala shkafda 340 ta kitob bo’lsa, har bir shkafda nechtadan kitob bor?
246. Podadagi qo’ylarning oyoqlari soni boshlari sonidan 180 taga ko’p. Podada qancha qo’y bor?
247. Kitobning O’g’iloy o’qigan qismi o’qimagan qismidan 5 baravar ko’p ekan. O’qilishi kerak bo’lgan betlar o’qilganidan 128 bet kam ekan. Kitob necha betli? O’g’iloy kitobning necha betini o’qigan?
248. Kitob umumiy daftardan 4 marta, yoki 900 so’m qimmat turadi. Kitobning narxi necha so’m?
249. Do’ppi va ko’ylak birgalikda 6000 so’m turadi. Ko’ylak do’ppidan 2 marta qimmat. Do’ppi necha so’m turadi?
250. Quyidagi sonlar qanday qoida bo’yicha tuzilgan:
1) 5, 10, 15, …; 3) 2, 20, 200, …; 5) 3, 9, 27, …;
2) 7, 14, 21, …; 4) 2, 5, 8, 11, …; 6) 4, 44, 444, ….
251. Yulduzchalar o’ringa shunday raqam qo’yingki, natijada tog’ri tenglik hosil bo’lsin:
1) 1* + 2* + 4* = 91; 2) 2* + 3* + 4* = 117.
252. Ikkita sonning yig’indisi 100 ga, bo’linmasi 4 ga teng. Shu sonlarni toping.
253. 24 sm uzunlikdagi arqon ikki bo’lakka bo’lindi. Ulardan biri ikkinchisidan 3 marta uzun. Har qaysi bo’lakning uzunligini toping.
254. Ikkita sonning ayirmasi 294 ga teng, bo’linmasi 8 ga teng. Shu sonlar yig’indisini toping.
255. 1134 m2 yer maydoniga: sabzi, pomidor va piyoz ekilgan. Sabziga 3 hissa, pomidorga 4 hissa, piyozga esa 2 hissa yer to’g’ri keladi. Sabzavotlarning har biri necha kvadrat metr yerni band qilgan?
256. To’g’ri to’rtburchakning perimetri 36 sm. Bo’yi enidan 2 marta uzun. To’g’ri to’rtburchakning tomonlarini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |