2.O‘tgan mavzu yuzasidan o‘quvсhilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash.7’ Testlar marafoni
Bunda har uchchala guruh o’zlariga berilgan testlarni juftlikda ishlab topshiradilar.
1.Nima uchun qushlarni suyagi yengil bo’ladi?
A.G’ovak bo’lgani uchun B.Havo bilan to’lgani uchun
C. Mayda bo’lgani uhun D. Yengil bo’lmaydi.
2.Qushlar terisi nima bilan qoplangan?
A.Tangacha bilan B.Muguz bilan C.Pat bilan D.Kutikula bilan
3.Qaysi suyak faqat qushlar uchun xos bo’ladi?
A.Son B.Boldir C.Ilik D. Chanoq
4.Qushlarning tishlari qayerda joylashadi?
A. Yuqori jagda B.Tanglayda C.Halqumida D.Tishi bo’lmaydi
5. Qushlardagi eng katta muskul qaysi?
A.O’mrov B.Bo’yin C. Ko’krak D.Oyoq muskuli
Testlar tekshirib baholangach ballar beriladi .Test marafoni javobi1-B 2-C 3-C 4-D 5-C
Tishlar va tumshuqlar eslatilib yangi mavzu e’lon qilinadi.
3.Yangi mavzuni o’tish 18’ O‘quvсhilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o‘quv topshiriqlarini bajarishga yo‘llash.
Yangi mavzuni o‘rganish: Qushlarning ichki tuzilishi
Reja:
1.Hazm qilish sistemasi
2. Nafas olish sistemasi
3.Qon aylanish sistemasi
4.Sezgi organlari va nerv sistemasi
Yangi darsning borishi : Hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'idan boshlanadi. Tishlari bo'lmaydi, jag'lari muguz g'ilof bilan qoplangan tumshuqqa aylangan. Qushlar tumshug'ining o'tkir qirralari yordamida ozig'ini cho'qib oladi va tutib turadi. Qizilo'ngachi uzun; qattiq oziq bilan oziqlanadigan donxo'r qushlarning qizilo'ngachi kengayib, jig'ildonni hosil qiladi . Jig'ildonda ovqat so'lak ta'sirida bo'kib, yumshaydi. Kaptarlar jig'ildoni «qush suti» ishlab chiqaradi. Ular bu sut bilan o'z bolasini boqadi. Ayrim baliqxo'r, yirtqich qushlar qizilo'ngachi juda cho'ziluvchan bo'lib, unda oziq zaxirasi saqlanadi. Qushlar bu oziqni bolalariga olib kelib beradi. Oziq bezli oshqozondan muskulli oshqozonga o'tadi. Muskulli oshqozon devori qalin, ichki yuzasi qattiq kutikula bilan qoplangan. Uning bo'shlig'ida mayda toshchalar bo'ladi. Oshqozon devori qisqarib bo'shashganida qushlar yutgan qattiq oziq oshqozon devori kutikulasi va toshchalar yordamida ezilib, hazm bo'lishga tayyor bo'ladi. Qushlarning ichagi nisbatan kalta; ingichka ichagi birmuncha uzun, yo'g'on ichak esa qisqaroq, to'g'ri ichak bo'lmaydi; qushlar axlati ichakda to'planmasligi sababli ular vazni ham ortib ketmaydi. Qushlar ichagi kloaka bilan tugaydi. Kloakaga siydik va jinsiy bezlar yo'li ochiladi.Oziq ingichka ichakda oshqozon osti bezi shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o't suyuqligi ta'sirida hazm bo'ladi. Uchish va tana haroratini doimiy saqlash juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar organizmida moddalar almashinuvi jarayoni ham jadal kechadi. Mayda qushlar bir kunda tana og'irligining to'rtdan bir qismiga teng oziqni hazm qiladi. Ovqat qushlar ichagida juda tez, odatda bir necha soatda batamom hazm bo'ladi. Shuning uchun qushlar ovqatsiz uzoq yashay olmasdan oziq tanqis bo'lgan qish kezlari ko'plab nobud bo'ladi.
Nafas olish sistemasi.Qushlarning faol harakat qilishi va ayniqsa uchishi ko'p energiya talab qiladi. Bu energiya nafas olinganida havodan olingan kislorod ta'sirida qushlar organizmida oziq moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo'ladi. Oziq moddalarning oksidlanishi uchun ko'p kislorod kerak bo'lganidan qushlar o'pkasi orqali ko'p miqdorda havo o'tib turishi lozim.Qushlarning nafas olish sistemasi ancha murakkab tuzilgan bo'lib, havo o 'tkaiish yo 'llari, o 'pka va havo xaltalaridan iborat. Qushlar o'pkasi uncha katta emas. Havo xaltalarining hajmi esa o'pkadan bir necha marta katta bo'ladi. Havo xaltalari ichki organlar orasida bo'shliqni to'ldirib turadi. Ularning o'simtalari esa teri ostiga, muskullar oralig'i va naysimon suyaklar bo'shlig'iga o'tadi. Odatda ikkita bo'yin, bitta o'mrovosti, 2-3- juft ko'krak, bir juft juda yirik qorin xaltalari bo'ladi. Nafas olish sistemasi burun bo'shlig'idan boshlanadi. Kekirdak o'pka yaqinida ikkita bronxga shoxlanadi; o'pkada yana ko'p marta shoxlanib mayda bronxlarni hosil qiladi. Bronxlar o'pkada ko'p marta shoxlanadi. Ulardan bir qismi uchi berk juda ingichka naychalar—broxiollarga aylanadi; asosiy qismi esa o'pka orqali o'tib ichki organlar oralig'ida joylashgan havo xaltalari bilan tutashadi. Havo xaltalari qushlarning nafas olishida katta ahamiyatga ega. Ulardan bir jufti bo'yin yaqinida, bittasi o'mrov ostida, 2-3- jufti ko'krak va bir jufti juda yirigi bo'lib qorin bo'shlig'ida joylashgan.
Qushlar uchun xos bo'lgan ikki marta nafas olish quyidagicha boradi.
1-Qush qanoti ko'tarilib, ko'krak qafasi kengayganida keyingi havo xaltalari cho'zilib, havoni shiddat bilan so'rib oladi.
2- Havo o'pka orqali shiddat bilan xaltalarga o'tganidan nafas deyarli sodir bo'lmaydi.
3-Qanot tushirilganida havo keyingi xaltalaridan ikkilamchi bronxlar orqali o'pka bronxiolalariga o'tadi
4- bronxiolalarda gaz almashinuv sodir bo'ladi.
5-Qanotlar yana ko'tarilganida havo oldingi ikkilamchi bronxlar orqali oldingi havo xaltalariga o'tadi.
6-Qanotlar yana tushirilganida havo oldingi xaltalardan o'pkadagi bronxlar, ulardan bronxiollarga o'tadi, yana nafas olish sodir bo'ladi.
Bujarayon uzluksiz ketmaket sodir bo'lib turadi. Qushlarning o'pkasi uncha katta emas. Havo xaltalarining umumiy sig'imi o'pkaga nisbatan 10 marta katta. Kaptar tinch holatda minutiga 26 marta, yurganida 77marta, uchganida 400 marta nafas oladi.
Mayda qushlar nisbatan tezroq nafas oladi.Qushlar uchganida energiya sarfi ham keskin oshadi. Uchayotgan qushning nafas olishi yerdagiga nisbatan 316- marta ortadi. Qushlar nafas olish sistemasi boshqa hayvonlarga nisbatan juda katta imkoniyatga ega. Ko'pchilik qushlar qishlov joyiga uchib ketishda 6- km balandlikda uchadi. Bunday balandlikda havo bosimi yerdagiga nisbatan 2- marta past bo'lganidan boshqa hayvonlar faol nafas ololmaydi. G'oz va o'rdaklar balandligi 9- km ga yetadigan Pomir va Himolay tog'laridan ham uchib o'tadi.