Qon aylanish sistemasi slayd va o’quv filmi orqali tushuntiriladi (Uyga vazifa sifatida ham chizmasi beriladi)
Ayirish sistemasi. Qushlarning ayirish organlari chanoq chuqurchasida joylashgan bir juft buyrak va ulardan boshlanadigan juft siydik yo'lidan iborat. Qushlarning qovug'i bo'lmaydi; siydik yo'li kloakaga ochiladi. Ular sudralib yuruvchilar singari siydik kislotasi ishlab chiqaradi. Bu bilan ular mochevina ishlab chiqaradigan sut emizuvchilardan farq qiladi. Siydik kislotasini ajratib chiqarish uchun mochevina singari ko'p suv kerak bo'lmaydi. Bu hol qushlarga suvni tejab sarflashga yordam beradi. Qushlarning oq rangli quyuq siydigi axlat bilan birga tashqariga chiqariladi.
Moddalar almashinuvi.Qushlar organizmida moddalar almashinuvi jarayoni boshqa hayvonlarga nisbatan jadal boradi. Uchayotgan qush tinch holatidagiga nisbatan 12- marta ko'proq energiya sarflaydi. Yirtqich qushlar o'ljasini quvayotganida energiya sarfi 16-20 marta ortadi. Moddalar almashinuvi juda jadal kechgani sababli qushlar ochlikka chidamsiz bo'ladi. Och qolgan mayda qushlar o'z energiya zaxirasini bir necha soat davomida sarf qilib, halok bo'ladi. Qushlar tana harorati doimiy bo'lgan issiqqonli hayvonlar. Ular tanasi harorati boshqa hayvonlarga nisbatan ancha yuqori, o'rtacha 42-°C ga yaqin, ayrim qushlarniki hatto 44-°C dan ham yuqori bo'ladi. Tana haroratini doimiy saqlash termoregulatsiyaning asosiy yo'li moddalar almashinuvining jadallashuvi hisobidan kerakli miqdorda qo'shimcha energiya ishlab chiqarishdan iborat. Ayniqsa past haroratda termoregulatsiya uchun ko'p energiya kerak bo'ladi. Shuning uchun oziq tanqis bo'lgan qish faslida qushlar ko'plab nobud bo'ladi. Termoregulyatsiya uchun zarur bo'lgan issiqlikning asosiy qismi muskullarda hosil bo'ladi.
Dars davomida “Qushlarning ichki tuzilishi”o’quv filmidan proyektor vositasidako’rsatib tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi Nerv sistemasi. Qushlarning bosh miyasi umumiy holda sudralib yuruvchilarnikiga o'xshash bo'ladi. Ularnikidan ancha katta bo'lishi, miyachasi, o'rta miya ko'rish bo'laklari va oldingi miya yarimsharlarmmg kuchli rivojlanganligi bilan farq qiladi. Kuchli rivojlangan ko'rish bo'laklari va yarimsharlar o'rta miyani qoplab oladi. Uchayotgan qush tanasi muvozanatini saqlanishi va harakatini boshqarilishi muvoianat saqlash organi (ichki quloq), tanadagi va patlar orasidagi sezgi nervlaridan keladigan ko'plab signallarni qabul qilish va tahlil qilishni talab etadi. Shu sababdan qushlarning miyachasi boshqa hayvonlarnikiga nisbatan yirik bo'ladi. Ko'rish bo'rtiqlarining yirik bo'lishi qushlar ko'zining o'tkirligi bilan bog'liq. Qushlar bosh miyasi hidlov bo'rtiqlarining rivojlanishi hid bilish organining ular hayotidagi ahamiyatiga bog'liq. Bosh miya yarimsharlari rivojlanishi qushlar turiga bog'liq. Yarimsharlar bedana bosh miyasining chorak qismini; «yuksak intellektual» hisoblangan qarg'a va to'tiqush miyasining yarmisini tashkil etadi. Lekin bosh miya yarimsharlari o'lchami sut emizuvchilarnikiga nisbatan ancha kichik bo'lib, targ'il tanadan iborat; yarimsharlarpo'stlog'i esa juda kichik bo'ladi. Qushlarning oliy nerv faoliyati targ'il tana bilan bog'liq.
Sezgi organlari.Qushlarning ko'rish, eshitish, hid va ta'm bilish, tuyg'u va magnit maydonini sezish sezgisi rivojlangan. Ularning ko'rish organi ayniqsa yaxshi rivojlangan. Lochinlar o'lja bo'ladigan mayda hayvonlarni juda balandlikdan aniq ko'ra oladi. Qushlarning ko'zi tez harakatlanishga moslashgan. Masalan, pastlab uchib o'tayotgan qaldirg'och o't ustidagi hasharotlarni og'zi bilan tutib oladi. Boyqush, ukki ham o'rmondagi daraxtlar orasida bemalol uchib yuradi. Qushlar rangni ham yaxshi ajrata oladi. Qushlarning eshitish organlari ham yaxshi rivojlangan. Masalan, boyqush daraxt shoxida o'tirib, o'zidan bir necha o'n metr narida o'tlarni shitirlatayotgan sichqon ovozini eshita oladi. Qushlarning har xil ovozlarni farqlay olishini ularning har xil tovushda chiroyli sayrashi bilan ham tushuntirish mumkin. Yaqin davrgacha qushlar hidni yaxshi ajrata olmaydi, deyilar edi. Lekin tajribalar ayrim qushlar (masalan, o'laksaxo'r tasqaralar) hidni ayniqsa uzoq masofadan yaxshi sezishini ko'rsatdi.
Mustahkamlash uchun savollar 8’ : “MITTI SA’VAJON SAVOLI”
1.Nima uchun qushlar oziqni butunligicha yutadi?
2.Jigildon nima va vazifasi?
3.Qushlarning oshqozoni necha bo’limdan iborat?
4.Qushlar nima uchun issiqqonli deyiladi?
5.Havo pufaklari qayerda joylashgan?
6.Kaptar tinch turganda 2 minutda qancha nafas oladi?
7.Kaptar yuragi uchganida qancha qisqaradi?
8.Qushlarning miyachasi po’stlog’ida nimalar bo’ladi?
9.Qaysi qushlar ayrim so’zlar,hatto iboralarni eslab qolib takrorlashi mumkin?
Darsning reyting daftarchasidan ballaringizni jamlab ayting.O’qituvchi baholab turadi.3’ Uyga vazifa berish.4’ Darslikdan foydalanib matnni o’qib savollarga javob yozish 85-86- rasmni chizib kelish
Darsimiz shiorini eslab olaylik:
Bizlar o’qib ,o’rganib,bilim olamiz,
Qushlar kabi yuksakka parvoz qilamiz!
Ozodbek Nazarbekovni “Qaldirg’och” qo’shig’i eshittiriladi.
Darsda sardorlar bellashuvida o’quvchilarga quyidagi so’zlarni inglizchasini so’rash mumkin.
B I R D - Qush P I G E O N- kaptar A N X I E T Y- To’tiqush
S W A L LO W-qaldirg’och H E A R T - yurak B R A I N - miyacha
L U N G S - o’pka