DILYATATSION KARDIOMIPATIYA (DK) KLINIKASI. - Kardiomegaliya, yurak etishmovchiligi, aritmiyalar va tromboemboliya rivojlanishi bilan harakterlanadi. Shikoyatlar uzok vaqt bo’lmasligi mumkin.
- 1. Yurak etishmovchiligi simptomlari - nafas qisishi, holsizlanish, taxikardiya, periferik shishlar.
- Keyinchalik kichik qon aylanish doirasida qon dimlanishi simptomlari - nafas qisishi, o’pkada nam xirillashlar, ortopnoe holati, yurak astmasi hurujlari, “ot dupuri ritmi” (ритм Голопа), katta qon aylanish sistemasida qon dimlanishi simptomlari - sianoz, sovuq ho’l teri, pasaygan sistolik qon bosimi, taxikardiya, periferik shishlar kuzatiladi.
KLINIKASI (davomi). - 2. Dilyatatsion kardiomiopatiyaning tez paydo bo’luvchi belgilaridan biri bu doimiy hilpillovchi aritmiyaning rivojlanishidir.
- Yurak perkussiyasida yurak chegaralari kengayganligi, auskultasiyada - uch tavaqali va mitral klapan ustida sistolik shovqin eshitiladi.
- 3. Tromboemboliya ko’pincha o’pka arteriyasi tromboemboliyasi (TEЛА) yoki miya tomirlari tromboemboliyasi bo’lishi bilan kuzatiladi.
Diagnostikasi - 1. Klinik belgilari va anamnezi.
- 2.EKG: CHap qorincha gipertrofiyasi va zo’riqishi (ST depressiyasi va T tishcha manfiyligi I, aVL, V5, V6). 20% bemorlarda yurak fibrillyaciyasi, 80% hollarda - Giss tutami to’lik blokadasi va kamrok AV-blokadalar kuzatiladi.
Rentgenologik tekshirish. - Kardiomegaliya
- Gidroperikard
- O’pka gipertenziyasi belgilari.
EXO KG: - Yurak kameralari dilatatsiyasi. Qon haydash fraksiyasining pasayishi. Dopler rejimida - uch tavaqali va mitral klapan nisbiy yetishmovchiligi. Chap qorinchaning diastolik disfunksiyasi. Yurak ichi tromblari kuzatiladi.
GIPЕRTROFIK KARDIOMIOPATIYA (GK). -
- Yurakning birlamchi shikastlanishi bo’lib, bunda yurak devorlari qalinlashadi va asosan yurak diastolik yetishmovchiligi rivojlanadi. Gipertrofik kardiomiopatiya obstruktiv (chap qorinchaning chiqish yo’lini torayishi) va noobstruktiv bo’ladi. Gipertrofiya simmetrik yoki assimetrik (ya'ni devorlaring biri gipertrofiyasi) bo’ladi. Gipertrofiya faqat yurak cho’qqisida kuzatilishi mumkin. Agar gipertrofiya qorinchalararo to’siqning yuqori qismida rivojlansa (aortal klapan ostida) - subaortal stenoz deb ataladi. Gipertrofik kardiomiopatiya ko’pchilik holatlarda yurak aritmiyalari (qorinchalar ekstrasistoliyasi, paroksizmal taxikardiyasi) rivojlanadi. Diastolik chap qorincha yetishmovchiligi rivojlanishi yurak yetishmovchiligiga olib keladi. 50% hollarda to’satdan o’lim kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |