17-Mavzu: Sanitariya so’yish punktlarida veterinariya sanitariyasi.
Reja:
1. Go’sht kombinatlari, qushxona va so’yish maydonchalaring veterinariya sanitariyasi.
2. Parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida dezinfeksiya o’tkazish.
3. Muzlatkichlarda mog’or zamburug’lariga qarshi kurash.
4. Junxo’r (vetchinniy kojeyed) teri zararkundasiga qarshi kurash.
Tayanch iboralar.
Go’sht kombinati, kushxona, so’yish maydonchasi, karantin, izolyator, dezinfeksion to’siq, veterinariya-sanitariya o’tkazgichi, mog’or zamburug’i, junxo’r
Go’shtni va parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida veterinariya – sanitariya talablariga amal qilinishi yuqori sanitariya sifatiga ega bo’lgan go’sht va boshqa qayta ishlash mahsulotlari olishga qaratilgan eng muhim chora – tadbirlardan biridir. Bunga go’shtni qayta ishlash korxonasini qurilishi uchun tegishli hududni tanlanishi, sanitariya normalariga jabob beradigan bino va inshoatlarni loyihalashtirish, ularni uchastka hududida ratsional joylashuvi, ishlab chiqarish uchun etarlicha sifatli suv miqdori, go’shtni so’yish va qayta ishlash jarayonlarida progressiv texnologiya va mexanizmlar bilan jihozlanishi orqali ta’minlanadi.
Go’shtni qayta ishlash korxonalariga go’sht kombinatlari va kushxonalar (so’yish maydonchalari) kiradi.
Go’sht kombinati – bu sanoat korxonalari kompleksi bo’lib, uning vazifalariga: molni so’yish, undan go’sht, oziq – ovqat va texnik maqsadlar uchun xom ashyo, hayvonlar uchun ozuqa, tibbyot preparatlari, boshqa ishlab chiqarish mahsulotlarini qayta ishlash kiradi.
Go’sht kombinatining inshoatlari kompleksiga: so’yishdan oldin hayvonlarni saqlash joyi, birlamchi qayta ishlash (so’yish va nimtalash), sovutkich, kolbasa ishlab chiqish sexi, sub mahsulotlar, yog’larni ajratish, ichak, terini, oshlash, texnik fabrikatlarni saqlash joyi va boshqa ishlab chiqarish xonalari kiradi va ularning har birida alohida veterinariya – sanitariya tadbirlari o’tkaziladi.
Mollarni so’yishdan oldin saqlash sexida alohida hudud ajratilib unda korxonaning uch kunlik ishlashii uchun yetarlicha so’yiladigan mollarga joy bo’lishi lozim.
Sexning bir tomondan hayvonlarni tushurish joyiga, ikkinchi tomondan so’yishdan oldin mollarni saqlash xonasiga ulangan bo’ladi.
Karantin bo’limida kasallikga gumon qilingan yoki tegishli veterinariya hujjatlarsiz keltirilgan hayvonlar saqlanadi. Karantinda saqlash uchun korxonaga bir kunlik keltiriladigan hayvonlarning 10% ini sig’diradigan maydon quriladi. Karantindagi mollar izolyator yoki so’yish uchun asosiy ishlab chiqarish binosiga o’tkaziladi.
Izolyator kasal va kasallikga gumon qilingan hayvonlarni saqlash uchun xizmat qiladi va korxonaga bir kunda qabul qilinishi mumkin bo’lgan hayvonlarning 1% ini joylashtirishga mo’ljallangan bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Qishloq ba suv xo’jaligi vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 2006 yil 13 iyuldagi 6/1 va 5 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus so’yish korxonalari va maydonlarida chorva mollarini so’yish bilan shug’ullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va ro’yxatga olish tartibi tog’risida”gi Nizomga ko’ra kushxona, so’yish maydonchalariga qo’yiladigan sanitariya va veterinariya-sanitariya talablari belgilab qo’yilgan.
So’yish punkti (kushxona, so’yish maydonchasi) mollarni so’yish va teri, ichaklarni ishlov berishga mo’ljallangan. Uncha katta bo’lmagan korxona tipovoy loyiha asosida, veterinariya va sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, quruq, ko’tarilgan joyda aholi punktlari, yaylov va molxonalardan 500 m masofada quriladi
Kushxonada quyidagi asosiy va yordamchi binolar bo’lishi shart: chorva hayvonlarini so’yishdan oldin ko’rikdan o’tkazish maydonchasi, so’yishga ruxsat berilgan chorva hayvonlarini saqlash maydonchasi (usti yopiq maydoncha), chorva hayvonlarini so’yish binosi, kasallikka gumon qilingan hayvonlarni saqlash uchun alohida bino, so’yilgan chorva hayvonlarini tanasini nimtalash binosi, sovutish va vaqtincha saqlash kamerasi, tuz saqlash binosi, muzlatilgan go’sht saqlash kamerasi, iartli ravishda isne’molga yaroqli go’shtlarni zararsizlantirish bnosi, uchak sexi, teri tuzlash sexi, rahbar, veterinariya vrachi kabineti, ishchi-xodimlar uchun xonalar, dush, hojatxona, qatqorinxona, go’ngxona, tozalash qurilmalari.
Kushxona qurilishida barcha zaruriy bo’limlarga e’tibor qaratilishi lozim va veterinariya mutaxassisiga molni so’yishdan oldingi ko’rikdan va so’yishdan keyingi veterinariya–sanitariya ekspertizasidan o’tkazish uchun zaruriy sharoitlar yaratilishi kerak.
Profilaktik dezinfeksiyani har bir ish kuni oxirida o’tkazilishi sog’lom va yaxshi sifatli go’sht va boshqa sub mahsulotlari olishning zarur shartidir.
Go’shtni qayta ishlash korxonasining alohida sexlarida dezinfeksiya o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari bor. So’yish va nimtalash sexida profilaktik dezinfeksiya har bir ish kunidan so’ng sex, yordamchi xonalar, yo’lak va binolarda o’tkaziladi.
Dezinfeksiyadan oldin obyekt tozalanadi, sovuq va qaynoq suv yordamida yuviladi va dezinfeksiya eritmasi bilan ishlov beriladi.
Qonni qayta ishlash sexida yaxshilab avval sovuq, so’ngra issiq suvda yuviladi. So’ngra 1 % li o’yuvchi natriyning qaynoq eritmasi va xlorli ohak eritmasida dezinfeksiyalanadi.
Kolbasa sexi, tibbiy preparatlar, gematogen xonasi va davolash preparatlari sexlarida avval tayor mahsulotlardan bo’shatilib soda, dezmol, demp va boshqa yuvish vositalarining eritmasi bilan yuviladi va so’ngra xlor preparatlari, vodorod peroksidi eritmasi yoki qaynoq ichimlik suvi bilan ishlov beriladi.
Util sexi, yog’, ichak, terini oshlash sexlari soda, o’yuvchi natriy, o’yuvchi kaliy eritmalari bilan har kuni dezinfeksiya qilinadi. Shuningdek, haftada bir marta tarkibida 2 % faol xlor saqlovchi xlorli preparatlar eritmalari bilan dezinfeksiya o’tkaziladi.
Majburiy dezinfeksiya har safar veterinariya ko’rigi paytida yuqumli kasallik bilan kasallangan hayvon yoki qo’zg’atuvchi bilan zararlangan gavda aniqlangandan so’ng o’tkaziladi.
Dezinfeksiya o’rtkazish tartibi va dezinfeksiya vositalarini tanlash har bir kasallik qo’zg’atuvchisining xususiyatlaridan kelib chiqib hal etiladi.
Parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida dezifeksiyalash parrandalarni qabul qilish va go’shtga boqish, ozuqani qabul qilish va ozuqa tayyorlash, veterinariya–sanitariya o’tkazichi, dezinfeksiya–yuvish punktlarida o’tkaziladi.
Dezinfeksiyalash usuli, vositalari boshqa veterinariya obiyektlari kabi. Ammo parrandalarni so’yish sexi dezinfeksiyasining o’ziga xos tomonlari mavjud.
Parrandalar gavdasini pat va parlardan tozalashda havoga juda ko’p miqdorda mikroorganizmlar ajraladi va go’sht hamda bino va jihozlarni zararlashi mumkin. Shu sababli havoni kuchli ventilyatsiyasi, bino va jihozlarni dezinfeksiyalsh va boshqa veterinariya–sanitariya tadbirlarini o’tkazish parrandalarni so’yish texnologik jarayonlarning majburiy shartlaridan sanaladi. Dezinfeksiya o’tkazishda fizikaviy va kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Fizik vositalardan BUV – 15, BUV – 30, BUV – 60 –P va PRK – 2, PRK – 4, PRK – 5, PRK – 7 lampalari ishlatiladi. Lampalar so’yish sexining havosini dezinfeksiyalsh uchun obiyektdan 1-2 m balandlikda konveyerga parrandalar o sahib qo’yiladigan balandlikda o’rnatiladi.
Kimyoviy vositalaridan yuvish va dezinfeksiyalash vositalari qo’llaniladi.
Parrandalar so’yilgach har soatda par va patlardan tozalanadi va pol yuqori bosimli qaynoq suv bilan yuviladi. Oyiga bir marta xlor preparatlari, o’yuvchi natriy yoki formaldegid eritmalari bilan dezinfeksiya o’tkaziladi.
Sovutkichlarda mog’or zamburug’lariga qarshi kurashish uchun kimyoviy va fizikaviy dezinfeksiya vositalari ishlatiladi. Odatda sovutg’kichlarda profilaktika maqsadida yiliga ikki marta dezinfeksiya o’tkaziladi. Kameralarda mog’or zamburug’lari o’sganligi aniqlanganda majburiy dezinfeksiya o’tkaziladi.
Dezinfeksiyalash uchun trixlorizatsiyanurovaya kislotasining 3% li eritmasi, oksidifenolyat natriy yoki gipoxlorit natriy eritmalari ishlatiladi.
Fizik vositalardan BUV – 30, BUV – 60 lampalari bilan ultrabinafsha nurlantirish yaxshi natija beradi.
Junxo’r (Vetchinniy kojeyed) qo’ng’iziga qarshi kurashda xlorofos yoki boshqa teng kuchli vositalar bilan binoni yaxshilab changlantirish yo’li bilan ishlov berish orqali dezinfeksiya qilinadi. 14-15 kundan so’ng takroriy ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |