Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 14,3 Mb.
bet57/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Asalarining kasalliklari - asalarilar ko’pgina kasalliklarga uchraydi va bu ularning umrini qisqarishiga, mahsuldorligini kamayishiga va o’limiga sababchi bo’ladi. Asalari kasalliklari qishqi, bahorgi va yozgi kasalliklarga bo’linadi. Klinik belgilariga qarab ich ketish, chirish, qotib qolishi, falajlanish va zaharlanish xarakteriga hamda kelib chiqishiga qarab bo’linadi. Asalarilarning kasalliklari yuqumsiz, yuqumli va invazion turlarga bo’linadi. Bundan tashqari asalarilarning parazitlari doimiy yoki vaqtincha asalari uyasida yashaydi, ular asalari yoki asalni istemol qiladi, uyalarini buzadi.

Evropa chirish kasalligi - yuqumli kasallik bo‘lib, avvalo, ochiq so‘ngra yopiq naslda bo‘ladi. Kasallik asosan asalarining tuxumidan chiqqan naslini shikastlantiradi, truten naslini kamroq zararlantiradi. Kasallanish lichinkalar tuxumdan chiqqandan keyin 3 – 4 - kuni boshlanadi.

Kasallikni- pluton streptokokklari hisoblanadi. Kasallik kelib chiqishiga havoning bulutligi, namli bo‘lishi, arixonaning sovuqda qolishi, oziqning etarli bo‘lmasligi va shunga o‘xshash omillar sabab bo‘ladi.



Oldini olish choralari - kasallik aniqlangandan keyin kasal paseka va uning atrofi radiusi 5 km gacha bo‘lgan hududga karantin e’lon qilinadi. Evropa chirishi kasalligi yo‘q qilingandan keyin bir yil o‘tgach paseka karantindan chiqadi. Evropa chirishi bilan kurashish asosida preparatlarni qo‘llash bilan bir vaqtda o‘tkaziladigan bir qator sanitariya choralari ham mavjud. Sanitariya choralaridan kurashishda Evropa chirish kasalligining ayniqsa eskirgan formalari bilan asalari oilasini haydash yoki ko‘chirib o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.

Amerika chirish kasalligi – yopiq naslning yuqumli kasalligidir. Kasallikni - larve batsillasi qo‘zg‘atadi. Bu mikrob juda chidamli spora hosil qiladi. Ular asalda quyosh nuri ta’sirida ham 4-6 haftagacha, qaynab turgan suvda 13 minut, +1000C gacha qizitilgan mumda 5 kungacha saqlanadi.

Oldini olish choralari - laboratoriyada amerika chirishi kasalligi tasdiqlangandan keyin pasekaga va uning atrofi radiusi 5 km gacha bo‘lgan masofaga karantin e’lon qilinadi. Bu erdagi kasallik yo‘q qilinganidan keyin bir yil o‘tgach karantin olib tashlanadi. Davolash tadbirlari bilan bir qatorda pasekada amerika chirishi kasalligini yo‘q qilish maqsadida kasallangan asalarilar solingan arixonalar, ular turgan joy, romlar va boshqa asalarichilik inventarlari yaxshilab dezinfeksiya qilinadi. Uyalar turgan joylarni qayta kavlab unga 10% li yangi so‘ndirilgan ohak (1 m2 erga 1 l hisobidan) sepiladi. Buning uchun 1 kg so‘ndirilmagan ohakni olib 1 l suvda eritiladi. Keyin yana 9 l suv qo‘yiladi. Ohakni yog‘och bochkada o‘chirish kerak. Arixonani dezinfeksiya qilish oliddan yaxshilab mum, propolisdan tozalab, issiq shelokda (2 kg kulning 1 chelak suvdagi aralashmasi) yoki 3% li kir sodasida yuviladi, quritiladi va kavsharlash lampasining o‘ti bilan tekis qoramtir rangga kirguncha kuydiriladi yoki 20% li kaustik soda-potash aralashmasi bilan har 2 soatda ishlov berish kerak. Aralashma 1 m2 maydonga 0.5 l hisobidan sarflanadi. Dezinfeksiya qilingan arixonada bir sutkadan keyin toza suv bilan yuviladi, quritiladi.

Arixonaning ustki taxtasi, romlari, bo‘luvchi to‘r va boshqalari o‘yuvchi natriyning 2% li eritmasida 15 min yoki 4% kaustifikatsiya qilingan soda-potash aralashmasida qaynatiladi.

Pasekada dezinfeksiyani maxsus kiyimlarda, ya’ni himoya ko‘z oynagi, doka boylag‘ich, og‘iz burinni yopib turadigan moslama va rezina qshlqoplarda olib borilishi kerak. Kasal oilalardan olingan asalni asalarilarga oziqa tarzida berish ma’n etiladi.

Nozematoz - asalarilarning yuqumli kasalligi bo‘lib, uni apis nozemasi qo‘zg‘atadi. Kasallik bilan katta asalarilar – ona va ota arilar kasallanadi, lichinkalarga bu kasallik ta’sir qilmaydi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi nozema apis bir hujayrali organizm bo‘lib asalarining o‘rta ichagida parazitlik qiladi. Bu erga u zararlangan oziqa bilan tushadi.

Oldini olish choralari - kasallangan pasekalarga karantin solinadi. Sanitariya-profilaktika tadbirlarining asosiy vazifasi kasallikning oldini olib, nozema sporalarini quritishdir. Buning uchun arixonalar va inventarlar yaxshilab dezinfeksiya qilinadi.

Arixona va unga solinadigan taxtacha quyidagicha dezinfeksiya qilinadi: ular mum va propolis (asalari elimi) dan tozalanadi, ishqorning issiq eritmasi (600 g elangan pechka kuli yoki 200 g kir sodasini bir chelak suvda eritiladi). Asalarilarning najasi qotib qolgan izlar yuviladi, quritilgandan keyin arixonaning ichini va tirqishlarini olov yordamida sal-pal qizarguncha kuydirish kerak. Romlari, asalarichilik inventarlarini va asalarichilik kiyimini evropa chirishi bilan kasallangandagidek usulda dezinfeksiya qilinadi. Mum inlar esa quyidagi usullarda dezinfeksiya qilinadi.

Akarapidoz – invazion kasallik bo‘lib, u nafas olish organlarini zararlaydi. Akarapidoz bilan asosan hali nektar yig‘ishga chiqmaydigan yosh asalarilar, shuningdek,truten va ona arilar ham kasallanishi mumkin.

Kasallikni - akarapis vudi kanasi hisoblanadi va ko‘zga ko‘rinmaydi, uni faqat mikroskopda ko‘rish mumkin. U asalarining traxeyasida, ya’ni nafas olish organida parazitlik qiladi. U asalarining qoni (gemolimfa) bilan oziqlanadi. Parazit asalari organizmidan tashqarida yashay olmaydi, o‘lgan asalarilarda 5 sutkagacha yashay olishi mumkin.

Oldini olish choralari - kasallik bir asalari oilasida aniqlanishi bilanoq radiusi 5 km atrofidagi maydonga karantin e’lon qilinadi. Paseka oilalari bahorning boshida davolanadi. Buning uchun yuqorida tavsiya etilgan preparatlarning biridan foydalanish kerak. Asalarilar kanadan butunlay ozod bo‘lmaguncha davolash davom etaveradi. Akarapidoz bilan kasallangan asalarilar turgan arixonalar va mum inlar 5 sutka mobaynida izolyasiyada saqlanadi, keyin ular tozalanib yuviladi. Kasallik butunlay yo‘q qilinganidan bir yil keyin karantin olib tashlanadi.

Braulyoz (bitlash) – asalari va ona arining invazion kasalligi bo‘lib braula hasharoti tomonidan qo‘zg‘aladi.



Kasallikni- braula yoki asalari biti – kichkina qanotsiz qizil-qo‘ng‘ir rangli hasharot. Uning uzunligi 1.3 mm, eni 1 mm tanasi qora tuk bilan qoplangan. Braulaning uch juft oyog‘i bor bo‘lib, ular ichiga qarab kengayadi va 30 tacha tishli taroqcha bilan tugaydi. Braula oyoqlari juda yopishqoq va harakatchan. Ular ona ari va asalarining ko‘kragida yashashni yaxshi ko‘radi. Ona ari va asalarilar iste’mol qiladigan ozuqa bilan oziqlanadi. Buning uchun braula oyoqchalari bilan ona ari yoki asalarining og‘iz qismlariga ilinib olib, ularning ustki labini to undan bir tomchi ozuqa paydo bo‘lmaguncha qitiqlaydi. Keyin shu oziqni iste’mol qiladi.

Oldini olish choralari - diagnoz qo‘yilgandan keyin bunday pasekaga karantin e’lon qilinadi va kasallikni yo‘q qilish tadbirlari ko‘riladi. Asalari va ona arilardagi etilgan braulalarni yo‘q qilish uchun kasallangan oilalarni tamaki yoki fenotiazin tutuni bilan tutatish yoki naftalin qo‘llash tavsiya etiladi.



Senotainioz - invazion kasallik bo‘lib, senotain pashshasining lichinkalari qo‘zg‘atadi. U asalarining ko‘krak bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi.

Kasallikni - mamlakatimizda senotainiya pashshasi faqat janub va o‘rta mintaqada uchraydi. Bu kumush rang pashsha bo‘lib, uy pashshasiga o‘xshaydi, faqat undan rangi ochiqroq. Senotainiya pashshasi juda ko‘p nasl beradi va uy pashshasidek tuxum qo‘ymay, tirik lichinka qo‘yadi. Urg‘ochi pashshaning qornida 100 dan 700 tagacha lichinka bo‘ladi. Senotainiya pashshasining urg‘ochisi asalari tanasiga lichinkalarni qo‘yadi. Ular asalari tanasining tashqi pardasini kemirib ichiga joylashib, u erda rivojlanishning ma’lum bosqichlarini o‘taydi, keyin undan chiqib erga kirib ketadi. Erda lichinkalar g‘umbakka, ya’ni yolg‘on pillaga aylanadi. Ulardan keyinchalik etilgan pashshalar chiqadi. Pillalarning rivojlanish muddati 15 dan 35 kungacha bo‘lib, bu tashqi sharoitga bog‘liq. Yoz mobaynida senotainiya pashshasi 2 bo‘g‘in avlod beradi. Ulardan biri yolg‘on pilla holatida erda qishlaydi. Bahor yoki iyun oyining boshida, issiq ob-havo sharoitida yolg‘on pillalardan etilgan pashshalar chiqadi. Qurg‘oqchilik yillari yog‘ingarchilik yillariga nisbatan pashsha kam bo‘ladi. Hovuzlardan uzoqda joylashgan pasekalarda hovuzga yaqin joylashganlariga nisbatan pashshalar kam bo‘ladi. Pasekalarda pashshalar arixonalarning yoki paxsalarning ustida o‘tiradi.



Asalari zarakunandalari - bularga mum kuyasi, sichqon, govzambur, chumoli, o‘lik bosh, kapalaklar, shirshen, filant, oltin shurka kiradi. Asalari zararkunandalari xamma joyda uchraydi – uyada ham, uyadan tashqarida ham. Asal to‘plash uchun uchub chiqqan asalariga: qushlar ham, har – xil xashoratlar ham, asal uchun ayiqlar ham, chumolilar ham hujum qiladi.

Nazorat savollari:

1. Asalari oilalarini biologik xususiyatlarini ta’riflang?

2. Asalari oilalarini joylashtirish va saklashni izohlang?

3. Asalari uyalari uchun mikroiqlim kursatkichlarini ayting?

4. Asalarilar kasalliklarini oldini olish choralari?

5. Asalarida uchraydigan asosiy kasalliklarni izohlang?


Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish