Mustaqil ishi endokrin sistemasining tuzilishi, xususiyatlari, kasalliklari sabablari, oldini olish choralari. Reja



Download 348,5 Kb.
bet1/7
Sana15.12.2022
Hajmi348,5 Kb.
#887608
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Endokrin sistemasining tuzilishi


Andijon mashinasozlik instituti


Sirtqi bo’lim
Mexatronika va robototexnika yo’nalishi
S-28-22 guruh talabasi
Jo’raqulov Xursanbekning
Sogʻlom turmush tarsi
fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI
Endokrin sistemasining tuzilishi, xususiyatlari, kasalliklari sabablari, oldini olish choralari.
Reja:

  1. Endokrin sistemaning markaziy a’zolari

  2. Gipotalamus (hypotnalamus)

  3. Endokrin sistema

Endokrin sistema ichki sekretsiya bezlaridan, ya’ni endokrin organlardan tashkil topgan bo’lib, ular o’z mahsulotini qonga yoki limfaga (ichki muhitga) chiqaradi. Bu bezlarda tashqi sekretsiya bezlaridan farqli ravishda chiqaruv naylari bo’lmaydi. Endokrin sistemaga bezlardan tashqari turli a’zolardagi yakka (alohida-alohida) joylashgan hujayralar ham kiradi. Endokrin sistemaning bezlari va hujayralarida go-monlar (yunon. hormon - qo’zg’atmoq, ta’sir qilmoq) deb yuriti-luvchi biologik aktiv moddalar hosil bo’ladi.
Turli a’zolarning ishi faqat nerv sistemasi orqali boshqarilmay, balki gumoral yo’l bilan ham bajariladi. Hamma hujayralarga nerv tolalari etib bormaydi va natijada turli hujayralarning hayot jarayoni hujayralar atrofida joylashgan suyuqliklar (hujayra oraliq modda) va qon bilan keluvch» biologik aktiv moddalar orqali bajariladi. To’qimalar va a’zolar ishini qon va limfa orqali boshqarilishini gumoral sistema deb yuritiladi. Biologik aktiv moddalar ichida ichki sekretsiya bezlarida sintezlanuvchi gormonlar alohida o’rin tutadi. Nerv sistemasi va gormonlarning ta’siri o’z-o’zicha bo’lmay, balki bir-birini to’ldiruvchi, organlar ishining regulyatciyasini ta’-minlovchi ta’sirlardir. Endokrin bezlarning ishi nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Nerv sistemasi turli ta’sirlarni ikki yo’l bilan: to’g’ridan-to’g’ri nerv impul’slari orqali yoki endokrin bezlar orqali bajaradi. Nerv ta’sirining endokrin sistemaga o’tishini ta’minlovchi ilk bosqich - gipotalamusdir. Gipotalamus nerv impul’slar ta’sirida endokrin sistemaga ta’sir etuvchi biologik aktav moddalar hosil qiladi. Nerv sistema orqali ta’sir tez va qisqa vaqt bo’lsa, endokrin sistema orqali organlarning ishi boshqarilganda ta’sir nisbatan sekin boshlanib uzoqroq davom etadi.
Endokrin bezlarga gipotalamusning neyrosekretor yadrolari, gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, buyrak usti bezi, me’da osti bezining endokrin qismi, jinsiy bezlar (tuxumdon va urug’don) kiradi. Bulardan tashqari yo’l-dosh, buyrak, hazm sistemasi endokrin funktciyaga ega. YAkka (alo-hida) joylashgan endokrin hujayralar buyrak va hazm sistemasidan tashqari nafas sistemasida va boshqa a’zolarda ham uchraydi.
Endokrin bezlar sofendokrin bezlarva aralash bezlarga bo’linadi. Sof endokrin bezlar faqat endokrin funktciyani bajaradi. Ularga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi va buyrak usti bezlari kiradi. Aralash bezlar endokrin ishlab chiqarish bilan bir qatorda boshqa funktciyalarni ham bajaradi.
Me’da osti bezi gormon ishlab chiqarish bilan bir qatorda fermentlar (tashqi sekretsiya bezi qismi) hosil qilsa, urug’don va tuxumdonda gormonlar bilan birga jinsiy hujayralar etiladi va hokazo.
Endokrin sistema hujayralarida hosil bo’lgan gormonlar oqsil yoki steroid tabiatga ega. Asosiy ko’pchilik gormonlar oqsil (peptidlar, glikopeptidlar) yoki aminokislotalar hosilasidir, Jinsiy gormonlar va buyrak usti bezining gormonlari ( ste-roid moddadir. Ba’zi gormonlar bir necha endokrin organlarda ishlanishi yoki bir endokrin hujayra bir necha xil gormonlar ishlab chiqarishi mumkin (alohida joylashgan endokrin hujayralar). Endokrin bezlarning yana bir xarakterli joyi shundaki, ular qon tomirlarga juda ham boy. Hujayralarda ishlangan gormonlar qon orqali organizmning turli qismlariga etib boradi. Ular faqat ishlab chiqarilgan gormonga nisbatan retcep-tori bo’lgan a’zolargagina ta’sir qiladi. Binobarin, har bir gormonning o’z spetcifik retceptori bo’ladi. Retceptori bo’lgan hujayralar nishon-hujayralar (mishen’-hujayralar) deb yuritiladi. Gormon retceptor bilan birlashgan hujayra ichidagi tciklik AMF (adenozinmonofosfat) aktivlashadi va hujayra o’z funktcional holatini o’zgartiradi. Gormonlar a’zolar ishini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.
Endrokrin bezning rivojlanish manbalari turlicha. Ko’pchilik endokrin bezlar epiteliydan rivojlanadi, ba’zi endokrin hujayralar nerv to’qimasining hosilasi hisoblanadi (gipotala-musning neyrosekretor hujayralari, buyrak usti bezining mag’iz moddasi hujayralari, paragangliylar). Epifiz neyrogliyadan, jinsiy bezlarning endokrin hujayralari mezenximadan rivojlanadi va hokazo.
Endokrin sistemani turlicha klassifikatciya qilish mumkin. Hozirgi vaqtda endokrin sistemani markaziy va p e r i f e-r'i k endokrin bezlarga bo’lib o’rganish ko’proq ma’qul-lanmoqda. SHuni aytib o’tish kerakki, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi po’stloq qismi, jinsiy bezlar endokrin hujayralarining faoliyatini gipofizning oldingi bo’lagida ishlangan gormonlar boshqaradi. Qolgan bezlar gipofizning oldingi qismiga-tobe emas. Bunday klassifikatciya nisbiydir, chunki turli endokrin a’zolar o’zaro bir-biriga va nerv sistemasiga ta’sir qiladi va o’zaro bog’liqdir. Natijada, bir-butun neyroendokrin sistema shakllanadi. Endokrin sistemani quyidagicha klassifikatciya qilish mumkin (396-betga q.).

Download 348,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish