Mustaqil ishi endokrin sistemasining tuzilishi, xususiyatlari, kasalliklari sabablari, oldini olish choralari. Reja



Download 348,5 Kb.
bet4/7
Sana15.12.2022
Hajmi348,5 Kb.
#887608
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Endokrin sistemasining tuzilishi

Gipofizning tuzilishi. Gipofizda yuqormda kayd hilinganidek nkki asosiy qism: adenogipofiz va neyrogipofiz farklanadi. Adeno-gipofizda esa oldingi bo’lak (lobus anterior), oraliq qism (pars intermedia) va tuberal qismlar (pars tuberalis) farqlanadi.
Gipofiz oldingi bo’lagi bez hujayralarining qalin tasmadan iborat bo’lib, siyrak birnktiruvchn to’qima va sinusoidllyarlar orqali ajralib turadi (164-rasm). Gematoksilin bo’yab ko’rilganda 2 gruppa hujayralar yaqqol ajralib turadi. Tasma o’rtalarida joylashgan och hujayralar xromofoblar bo’lsa, qon tomirlarga yaqin joylashgan va to’q bo’yalgan hujayralar xromofil hujayralardir. Xromofil hu-jayralar o’z navbatida ikkiga bo’linadi: 1) eozin va boshqa nordon bo’yoqlarni yaxshi qabul qiluvchi, zich donadorlikka ega bo’lgan atcidofil (eozinofil) yoki oksifil hujayralar; 2) asosiy bo’yoqlarga moyil bo’lgan bazofil hujayralar. Bazofil hujayralar 30-35% ni, atcidofillar 4-10% ni tashkil etsa, xromofob (bosh) hujayralar 60% ni tashkil etadi.
Bioximiyaviy va fiziologik tadqiqotlar natijasi sut emizuvchilar gipofizining oldingi bo’lagida 6 xil gormon ishlab chiqarilishini ko’rsatadi. Bu gormonlar spetcifik faoliyatga ega. SHu gormonlardan o’sish gormoni (STG, somatotropin), adreno-kortikotrop gormon (AK.TG) va prolaktin (laktotropin, lakto-trop gormon - LTG) oddiy oqsil bo’lsa, follikulni stimullovchi gormon (FSG), lyuteinlovchi gormon (LG, lyuteotropin) vatireo-trop gormon (TTG, tirotropin) glyukoproteiddir. YUqorida aytib o’tilgan gormonlarni hosil qiluvchi hujayralarni farqlab olish hujayraning kattaligi, shakli, ularning qon tomirlarga muno-sabati, hujayralar sekretor donachalarining kattaligi, shakli va tcitoplazmada joylashishi hamda donador endoplazmatik to’r, Gol’ji kompleksi, mitoxokdriyalar kabi hujayra ichki organel-lalarining nozik tuzilishini sinchiklab o’rganish oqibatida amalga oshiriladi. Ko’pgina hayvonlarda gipofizning oldingi bo’lagi o’zida 7 xil hujayra tutadi. Bu hujayralar s a m o t o-tropotcitlar, laktotropotcit, ya’ni mammatropotcit (prolaktin hujayralari), adrenokortikotrop (AKTG) huujayralari va 2 tipdagi gonadotrop hujayralar: follikulni stimullovchi, lyuteinlovchi, hujayralar va tirotropotcitlar (TTG) hamda agranulyar hujayra (xromofob) lardan iborat.
Atcibofil endokrinotcitlarga ikki turdagi hujayralar; somatotropotcitlar va laktotropotcitlar kiradi.
Somatotropotcitlar ko’pincha yumaloq yoki ovalsimon bo’lib, odatda, qon kapillyarlariga yaqin joylashadi. Hujayra yadrosi yumaloq shaklda va u somatotropotcit markazida joyla-shib ekstcentrik yotgan yadrochaga ega. Sekretor donachalari yumaloq va ko’p bo’lib, butun tcitoplazma bo’ylab tarqoq joylashadi (165-rasm). Bu donachalar 300-350 nm bo’lib, ular o’ta elektron zichdir. Hujayra yadrosi va sekretor donachalar orasida yotgan donador endoplazmatik to’r bir-biriga parallel’ bo’lib, unchalik rivojlanmagan. Gol’ji kompleksi kam rivojlanib, uning atro-fida shakllanayotgan sekretor donachalari yotadi. Bu hujayralar-ning qon tomirlarga yaqin joylashishi, urg’ochi va erkaklarda bir xil ko’pgina sekretor donalar tutishi, ularning o’ziga xos tomoni hisoblanadi. Bu hujayralarning adrenokortikotropotcitlarga o’ta yaqin joylanishining funktcional tomoni hozirgi kunga qadar mavhum qolyapti. Bu hujayralar o’sish gormoni - somatotrop gormon ishlaydi.

165-rasm. Gipofiz ssmatotrop hujayrasipipg elektroch mikrsfotsgrafiyasi
Xb.OOE. 1 - YADR°; 2 -yadrocha; 3 - sekretor donachalar; 4 - donador endopl1ematik to’r; 5 - mi. toxondrinlar.

166- rasm. Gipsfiz laktotrop hujayrasining elektron mikrofotografiyasi.
Xb.OOO. 1-yadro; 2-sekretor dsnachalar; 3 - plastinkagimon kompleks; 4 - donador endoplazm» tik to’r; 5 - lyuteinlovchi xujayra; 6 - FSG - xuj»yra.
Laktotrop hujayralar gipofizning oraliq qismi yaqinida o’ta ko’p bo’lib, oldingi bo’lakning bu joyiga jinsiy zona, ya’ni jinsiy faoliyat bilan bog’liq bez hujayralarining to’plamidan iborat zona deb qaraladi. Laktotropotcitlar urg’ochilarda o’ta ko’p bo’lib, erkaklarda bu hujayralarni topish anchagina qiyin. Bu hujayra kosasimon, ba’zan uzunchoq bo’lib, qon kapillyarlariga yaqin joylashadi. Laktotropotcitlarga xos narsa shuki, ular ko’pincha boshqa gonadotrop hujayralari bilan o’raladi (166-rasm). Hujayra sekretor donachalari yirik (600- 700 nm), shakli polimorf - yumaloq, cho’zinchoq bo’ladi. Hujayra ichki organellalari lakotropotcitlarda o’ta yaxshi rivojlangan. Hujayraning tuzilishida bu aniq belgilar oldingi bo’lak hu-jayralari orasidan laktotropotcitlarni ajratib ko’rish uchun qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu xujayralar homiladorlikning va sut emizish davrida o’ta ko’p uchraydi. Bu hujayralar laktotrop gormon yoki prolaktin hosil qilib, prolaktin sut bezlarida sut hosil qilishni kuchaytiradi. Bu gormon ta’sirida tuxumdonda sariq tana uzoqroq saqlanadi.
Adrenokortikotrop hujayralar gipofiz oldingi «bo’lagining yuqorida aytilgan jinsiy zonasida o’ta kam bo’lib, odatda, bo’lakning oldingi chekkalarida ko’p uchraydi. Bu hujay-

167- asm. Gipofiz adrenokortikotrop (AKTG) hujayrasining elektron mikro-
fotsgrafnyasi. x8.000. 1 - yadro; 2 - hujayra o’simtasi; 3 - sekretor donachlar. 4 -mitoxondriyalar; 5 - somatotropotcig.

168- rasm. Gipsfiz fellikul stimullovchi gonadotr:p (FSG) hujayrasining
elektron mikrsfstogr?,fiyaei. xb.OSO. 1 - yadro; 2 - sekretor donachalar; 3 - mitoxondrnyaralar noto’g’ri, yulduzsimon shaklga ega bo’lib, ularning ayrim; o’simtalari qon kapillyarlarigacha etib boradi. Adrenokortikot-ropotcit somatotrop hujayralari bilan yaqin aloqada bo’ladi.. Bu hujayralar tcitoplazmasining o’rta elektron och ko’rinishi: unga oddiy yorug’lik mikroskopi ostida yaxshi bo’yalmaydigan (xro-mofob), ya’ni bosh hujayra sifatida qarashni taqozo etadi. Hujayra sekretor donalari ko’pincha hujayra o’simtalarida joy-lashgan bo’lib, ular mayda va yumaloq shaklga ega (167-rasm). Sekretor donachalar somatotropotcitlar donalariga ko’ra ochrok bo’lsa-da, anchagina elektron zich va areola bilan o’ralgan. Andre-nokortikotropotcitlarning o’ziga xos tomonlaridan biri yana. shundan iboratki, ularning sekretor donachalari hujayra plaz-molemmasi bo’ylab bir qator joylashadi. Bu hujayra organel-lari unchalik rivojlanmagan bo’ladi.
Bu hujayralar buyrak usti bezining po’stloq qismiga ta’sir qiluvchi adrenokortikotrop gormon (AKTG) yoki kortikotropin ishlaydi.

Download 348,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish