Bazofil endokrinotcitlarga gonodotropotcitlar va tireotro-potcitlar kiradi.
Gonodotrop hujayralarning ikki hili - follikulni stimullovchi (FSG) va lyuteinlovchi gormonlarga (LG) aloqador hujayralari farqlanadi. Bu hujayralar asosan oldingi bo’lakning
169-rasm. Gipsfiz lyuteotrop-gonadotrop (LG) hujayrasiping elektron mikro-
fotografchyasi. xbOOO 1 - yadro; 2 - sekretor donachalar; 2-donador endoplazmatik to’r bo’shlig’n.
ventral sohasida va jinsiy zonasida ko’plab joylashsa ham, ol-dingi bo’lak boshqa qismlarida ham uchraydi.
FSG hujayralar guruh-guruh bo’lib joylashib, lyuteinlovchi hujayralarga yondoshib turadi. Bu hujayralar yirik (250-300 nm) sekretor donachalarga mo’l bo’lib, bu donachalar plazmatin membrana yonida yotadi. Ba’zan turli kattalikdagi sekretor donalar ham uchraydi (168-rasm). Barcha hujayra ichki organellalari bu hujayrada yaxshigina rivojlangan bo’ladi. Bu hujayralar follikulostimullovchi gormon ishlaydi.
Lyuteotrop gonadotropotcitlar ham FSG hujayralari singari gipofiz oldingi bo’lagining ventral va jinsiy zonasida joylashadi. Bu hujayralar yumaloq yoki kubsimon bo’lib, qon tomirlarga yaqin yotadi. Lyuteotrop hujayralar FSG va laktotropotcitlar bilan aloqador bo’lib joylashadi. LG - gonodotropotcitlarning sekretor donachalari ko’pgina bo’lib, ular 150-200 nm diametrga ega va hujayra tcitoplazmasida bir tekis tarqalib yotadi (169-rasm). Gipofiz oldingi bo’lagining marka-zida noto’g’ri shaklda va ul’trastrukturasiga ko’ra ham FSG ham LG hujayralarini eslatuvchi oraliq hujayralar uchraydi. Bu hujayralar tcitoplazmasida yirik sekretor donachalar bilan bir qatorda mayda, turli elektron zichlikka ega donalar ham bo’ladi. Bu oraliq hujayralarning birorta gonadotropotcitlarga Maneye ekanligini aniq ko’rsatish hozirgi kunda ancha qiyin.
Tireotropotcitlar piramidasimon yoki ovalsimon, ba’-
170-rasm. Gipsfiz tireotrop hujayrasining elektron mikrofotografiyasi. x 10.000
1 - yadro; 2 - sekretor donachalar; Z-plastinkasimen kompleks; 4 - mitoxondriya.
zan esa noto’g’ri shaklda bo’lib, gipofizning markaziy sohasida ular gruppalar hosil qilib joylashadi.
Hujayra yadrosi yumaloq shaklga ega bo’lib, tireotropotcitlar o’rtasida yotadi va ko’p miqdorda geteroxromatin tutishi bilan ajralib turadi. Bu hujayralar doimo qon kapillyarlariga zich joylashadi. Hujayra tcitoplazmasi anchagina elektron zich bo’lib, ko’p bo’sh vakuolalar tutadi. Tireotropotcitlar sekretor donacha-larining kattaligi va tuzilishi jihatdan har xildir. Uning yirik donachalari (diametri 180-200 nm) o’ta elektron zich bo’-lib, ingichka areola bilan o’ralgan. Mayda sekretor donachala-rining diametri esa 120-150 nm dir. Bu donachalarning qobig’i- membranasi yaxlit bo’lmay, uning moddasi o’rtacha elektron zich, har bir dona moddasi esa, ayrim - mayda donachalardan iborat. Plazmatik membrana sohasida bunday mayda sekretor donalar ko’plab uchraydi (170-rasm). Tireotropotcitlarda hujayra ichki organellalari kam rivojlangan bo’ladi. Donador endoplazmatik to’r yaxshi ko’rinmaydi. Gol’ji plastinkali kompleksi esa ayrim hujayralarda aniq ko’rinmaydi ham. Tajriba o’tkazib, hayvonlar qalqonsimon bezi olib tashlansa, gipofiz tireotrop hujayralarida kuchli o’zgarishlar bo’lishi aniqlangan. Xromofob yoki bosh hujayralari bo’yoqlarni yomon qabul qiladi. Ular gi-pofiz oldingi bulagining 60% ini tashkil qiladi. Bu hujayralar kam differentciallashgan va turli fiziologik holatdagi (sekret donalari yo’q) hujayralar majmuasidir. Bu hujayra-larning uzun o’siqli turlari o’zaro bog’lanib to’r hosil qilishi mumkin. Ularni yulduzsimon yoki follikulo-yulduzsimon hujayralar deb yuritiladi. Bu hujayra sekretor donalarni tutmaydi.
171-rasm. Gipsfiz xrsmgfsb (bsg’) hujayrasshshng elektron mikrsf:tografiyasi.
x'10.000. 1 - yadro; 2 - mitoxondriya; 3 - plagtinkasimon kou.pleks.
Bu hujayralar yumaloq, ovalsimon, ba’zida esa, o’simtali bo’-lib, o’ta elektron zich tuzilmadir (171-rasm).