Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 14,3 Mb.
bet53/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Baliqchilik havzalari - baliqchilik havzalarining o‘lchamlari, chuqurligi, oqishi o‘rchitiladigan baliqning biologik xususiyatiga bog‘liqdir. Iliq suvni hohlovchi baliqlar havzasi chuqur bo‘lmasligi, sekin oqadigan yoki oqmaydigan bo‘lib, baliqlar mahsuldorligini oshishi uchun organik va mineral moddalarga boy bo‘lishi kerak. Jumladan, suv osti o‘tlari etarli darajada rivojlangan bo‘lishi zarur. Ammo qattiq suvlarda o‘sadigan o‘simliklar bo‘lmasligi kerak. Baliqlar hayotining har xil davrida ularni biologik xususiyatlari tashki muhit sharoitiga qarab o‘zgaradi. Shuning uchun ularning har xil yoshidagi o‘zgarishiga qarab havzalarni qurish zarur.

Uvildiriq qo‘yadigan havza - baliqlarning ko‘payishi uchun xizmat qiladi, uning yuzasi 200 - 500 m2 dan 1000 - 2000 m2 gacha etadi. Bu havzalar uchun katta yo‘llardan uzoq, balchiq bosmagan va botkoqlashmagan, neytral yoki kuchsiz ishqoriy tuproqli joylar tanlanadi. Havzaning chuqurligi 0,4 - 0,5 m bo‘lib, tubi qiya qilinadi. Suv kirishi va chiqib ketishi o‘z holida bo‘lishi kerak.

Yosh baliqchalar (malka) o‘sadigan havzalarga - uvildiriq qo‘yadigan havzalardan yoki baliqchilik xo‘jaligida etishtirilgan lichinkalar olib kelib boqiladi. Uning er maydoni 0,25 - 1 ga bo‘lib, bu erda yosh baliqchalar 15 - 18 kun, ba’zan 30 - 45 kungacha boqiladi.

O‘stirish havzasida - yosh baliqlar ma’lum og‘irlikka etguncha boqiladi. Uning er maydoni 20 gektargacha bo‘lib, chuqurligi 70 - 80 sm bo‘ladi. Eng chuqur joyi 120 - 150 sm, eng yuza joyi 20 - 30 sm ga to‘g‘ri keladi.

Yaylov havzasida - tovar baliqlar etishtirilib, maydon bir necha o‘n gektar bo‘ladi. Ularning chuqurligi 0,8 - 1,5 m dan 2,5 - 3 m gacha bo‘ladi.

Ona baliqlar havzasi - yozgi va qishki turlarga bo‘linib, bu havzalarda ishlab chiqarish va bosh sonini to‘ldiradigan yosh baliqlar saqlanadi. Ular alohida havzalarda rivojlantiriladi, chunki karp baliqlarining kattalari yosh baliqlar uchun har xil kasalliklarni tarqatuvchi manba hisoblanadi. Bu havzalar yozda bemalol yayrab yuradigan, boqiladigan darajada bo‘lsa, qish vaqtlari esa qishlash vazifasini bajaradi. Uning er maydoni mavjud nasl beradigan va bosh sonini to‘ldiradigan yosh baliqlar soniga bog‘liqdir.

Qishlovchi havzalar - qish paytlarida baliqlarni qishlashi uchun xizmat qiladi. Ularning er maydoni 0,2 - 1,5 ga, chuqurligi 1 - 1,2 m, janubiy hududlarda esa 1,5 m bo‘lishi kerak. Qishlovchi havzalarning tubi mustahkam va suv o‘tlari bo‘lmasligi kerak. Bu havzalar suv manbalariga yaqin bo‘lishi va doimo suvi almashtirilishi zarur.

Karantin havzasi - boshqa xo‘jaliklardan keltirilgan baliqlardan biron-bir kasallik tarqalmasligining oldini olish maqsadida xizmat qiladi. Erkak, urg‘ochi va o‘sishdagi baliqlar alohida-aloxida saqlanadi. Suvning harorati +12°S dan yuqori qilib 20 kun, agar +12°S dan past bo‘lsa bu kungacha yana 20 kun qo‘shib karantindan saqlanadi. Qish vaqtlarida karantin butun qish davomida bo‘ladi va doimo nazorat qilib turiladi. Karantin havzalari 0,2-0,3 ga joyni egallab, baliqchilik xo‘jaligining oxirgi chekkasida, ishlab chiqarish havzalaridan kamida 20 - 30 m uzoqlikda joylashtiriladi.

O‘stirish (sadki) havzasi - kichik bo‘lib, maydoni 100 - 200 m2 bo‘ladi va uni muzlamaydigan suv qatlami 1 m bo‘lishi kerak. Bu havzalarda uvildiriq qo‘yish davrigacha bir yillik baliqlar va kech uvildiriq qo‘yadigan nasldor baliqlar saqlanadi.

Havza baliqchiligi ekstensiv va intensiv shaklda rivojlantiriladi. Ekstensiv rivojlantirishda faqat tabiiy oziqa bazasidan foydalanadi. Intensiv boqishda esa havzalarga o‘g‘itlar va har xil oziqalar solib turiladi. Buning natijasida baliqlarni urug‘ qo‘yishi ko‘payadi va mahsuldorligi oshadi. Binobarin, ekstensiv baliqchilikda har 100 ga havzadan 200 - 300 s gacha baliq olinsa, intensiv boqishda esa 600 - 2000 s gacha mahsulot olish mumkin. Havza baliqchiligi samaradorligini oshirishda havzalardagi oziqa bazasiii ko‘paytirish, melioratsiya ishlarini yaxshilash, o‘g‘it va qo‘shimcha oziqalar solish ishlarini yo‘lga qo‘yish zarur.

Havza suvlarida haddan tashqari o‘tlar o‘sib ketsa baliqlarning mahsuldorligi pasayadi. Ayniqsa suv ustidagi qattiq o‘simliklar katta zarar etkazadi. Bunday o‘tlar vaqtida o‘rib tozalanishi kerak. Havzalardagi ko‘p miqdordagi yumshoq suv osti va suzib yuradigan o‘simliklarni yo‘qotish uchun oq amur baliqlari o‘stiriladi.

Baliqchilikda ham xuddi o‘simlikchilikdagi kabi organik o‘g‘itlar ishlatiladi. Havzada oldindan qaysi elementlar etishmasligi aniqlangan bo‘ladi. Ishlatilayotgan o‘g‘itlar suvning harorati, gaz rejimi, tuproqning va suvning pH iga ta’sir qiladi. Havzalar suv ustida qalqib suzib yuradigan o‘simliklari rivojlanishi uchun azot va fosfor nisbatini hisobga olish kerak.

Mineral o‘g‘itlardan superfosfat, fosforit uni, so‘ndirilmagan ohak, kaliyli va natriyli selitra, sulfat-ammoniysi, sintetik mochevinadan foydalaniladi. Organik o‘g‘itlar ko‘proq havzalar tuprog‘i qumoq, qum, kulrang bo‘lgan erlarga yaxshi samara beradi. Bu maqsadda juda yaxshi chirigan go‘ng, har xil chiqindilar yoki torfdan chiritib tayyorlangan o‘g‘itlar (kompost) va ko‘k o‘tlardan foydalaniladni. Go‘ng va kompostlar iloji boricha quritilib yangidan hosil qilayotgan havzalar eriga ishlatilsa yaxshi bo‘ladi. 1 ga maydonga 2 t hisobidan solinadi. Havza quritilgan vaqtda dukkakli va boshoqli ekinlar ekilib keyin o‘riladi, qolgan qismlari va o‘simliklar tomirlari havza uchun yaxshi o‘g‘it bo‘lib xizmat qiladi.


Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish