Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 14,3 Mb.
bet50/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Sassiq ko‘zan (norkalar)uchun katak o‘lchami 40x40x80 yoki 45x45x90 sm bo‘ladi. Urg‘ochi tulki va bolalari uchun uzunligi 3 m, eni 1m va balandligi 70 sm bo‘ladi. Erkak tulkilar uchun har biriga alohida katak qilinadi. Nutriyalar - katagida uycha, yayratish maydoni va suv solingan hovuzcha (basseyni) bo‘ladi. Bolali nutriyalar uchun uycha pishiq g‘isht yoki betondan qilinadi. Agar yog‘ochdan qilinsa ichki tomondan metall to‘r qoqiladi. Uychalarni uzunligi 1 m, eni 0,7 m va oldingi balandligi 0,7 m va keyingisi 0,8 m bo‘ladi. Uycha yayratish maydoni bilan 22x22 sm o‘lchamdagi teshik orqali ulanadi. Yayratish maydoni 1,4 x 2 m bo‘lib g‘isht yoki betondan balandligi 90 sm qilib o‘raladi. Havuzchaning uzunligi 1,4 m, eni 0,6 m va chuqurligi 0,3 m bo‘ladi. Fermada mo‘ynali hayvonlar turadigan binolardan tashqari yirtqichlar oshxonasi, mo‘ynaga birinchi ishlov berish punkti, inventarlar saqlash saroyi, to‘shama saqlash xonasi, veterinariya punkti, izolyator, xizmatchilar xonasi, isitish, yuvish, quritish xonalari va hojatxona bo‘ladi.

Ozuqalarni saqlash uchun har 1000 bosh urg‘ochi sassiq ko‘zan yoki 500 bosh urg‘ochi tulki hisobiga kamida 100 t ozuqa sig‘adigan muzlatkich bo‘lishi kerak. Ferma atrofi devor bilan o‘raladi. Devorni ichki tomonidan mayda teshikli sim to‘r tortilib, to‘rning pastki qismi 60-100 sm gacha chuqurlikka ko‘miladi. Agar chuqur kam qilinsa sim to‘r ferma tomonga qaratib erga yoyib ko‘miladi. Bu mo‘ynali hayvonlarning devorni teshmasligi va qochmasligiga yordam beradi.

Tulki, sassiq ko‘zan va qunduzlar hayvonot olamidan olinadigan ozuqalar bilan, nutriya esa o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar bilan oziqlanadi. Yirtqich go‘shthur hayvonlar uchun eng qimmatli va to‘yimli ozuqa bo‘lib ot va bug‘i go‘shti hisoblanadi. Ular uchun baliq xo‘jaligi chiqindilari, sut - go‘sht va baliq kombinatlari, inkubatsiya chiqindilari ham keng ishlatiladi.

Donli ozuqalardan arpa, suli, makka, bug‘doy va omuxta em beriladi. Mo‘ynali hayvonlar ratsioniga sifatli lavlagi, sabzi, piyoz, ko‘k o‘t, ildizmevali ozuqalar poyasi, har xil poliz mahsulotlari silosi va boshqalar kiritaladi. Kunjara maydalab uvitilib, zigirniki esa pishirib beriladi. Baliq kombinatlari chiqindilari berilganda ehtiyot bo‘lish zarur, chunki ba’zi baliqlarda tiaminoza fermenti bo‘lib V vitaminni parchalaydi. Natijada mo‘ynali hayvon uzoq vaqt davomida qayt qiladi. SHuning uchun har 2 - 3 kunda baliq pishirilib turiladi. Baliq bilan uzoq muddat boqilsa yosh mo‘ynali hayvon bolalarida anemiya kasalligi uchraydi va hatto nobud bo‘lishi ham kuzatiladi. Hayvonlar uzoq vaqt uglevodli ozuqa bilan boqilmasa yomon o‘sadi, mo‘yna sifati pasayadi. Vitamin S etishmasa suti juda kamayib ketadi. Norka va tulkilar osh tuzidan ko‘p kasallanadi. SHuning uchun sho‘r ozuqalar bo‘lsa, uni yaxshilab chayqab yuvib beriladi. Muynali hayvonlarga beriladigan ozuqa tarkibida osh tuzi 0,5% dan oshmasligi kerak.

Nutriyalar yil davomida katakda yoki maxsus tayyorlangan suv havzalariga qo‘yib yuborilib, kuzda maxsus ushlagichlar bilan ushlanadi. Bug‘oz tulkilar, nutriyalar alohida uychali kataklarda saqlanadi. Uycha va inlar tug‘ishdan oldin tozalanib, olov yordamida kuydirilib, keyin 1-2 % li issiq uyuvchi natriy eritmasi bilan yuvib quritiladi. Bug‘oz yirtqich hayvonlar ini doimo kuzatilib, haftasiga 3 marta to‘shamasi almashtiriladi. YOmon tug‘adigan urg‘ochi yirtqichlar maxsus bino - issiqxonaga yig‘iladi. Nimjon bolalari onasini ema olmaganlari - yashik inkubatorga (25x25 sm) to‘rli pol ustiga paxta solib joylashtiriladi va har 4 soatda emizadigan yirtqichni stol ustiga yotqizib bolalari emiziladi. Kam sut va ko‘p bolasi bo‘lsa qisman bolalari boshqa onaga o‘tkaziladi. Sassiq ko‘zanda 7 - 8 bosh va tulkida 12 - 14 bosh bolasi o‘ziga qoldiriladi. Norka bolalari onasidan 35 - 45 kunligida, tulkilar 40 - 50 kunligida ajratiladi. Nutriyalar 1,5 - 2 oyligida ajratilib, 3 oyligida suvga qo‘yiladi. Sentyabar va oktyabr oylarida mo‘ynali hayvonlar pati uchi o‘tkir taroqlar yordamida tarab olinadi.

Nazorat savollari:



  1. Quyonlarni saqlash usullarini ayting.

  2. Quyonchilik fermalari qanday quriladi.

  3. Quyonlarga ajratiladigan joy me’yorlari.

  4. Muynali hayvonlarni ayting.

  5. Quyon bolalarini o‘stirish usullarini ayting.

  6. Mo‘ynali hayvonlarni oziqlantirishni ayting.




Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish