Mavzu: Suvning qattiqligini aniqlash.
Darsning maqsadi: suvning tarkibidagi karbonat, umumiy va doimiy qattiqliklarini aniqlash usullari bilan tanishishdir.
Darsga kerakli ko‘rgazmali qurollar va reaktivlar: Kolbalar, o‘lchov silindrlari, byuretka, qog‘oz filtr, daxana, gaz gorelkasi, 0,1 n natriy karbonat va natriy gidroksid eritmasi, 0,1 n xlorid kislota eritmasi, 0,25 % li metilrot eritmasi, distillngan suv zarur bo‘ladi.
Darsning mazmuni: - Suvning qattiqligi tarkibida o‘chraydigan kalsiy va magniy tuzlarining gidrokarbonat, karbonat, xlorid va sulfatlar kurinishida bo‘lishi bilan ifodalanadi. Suvning qattiqligi davlat andoza talablari bo‘yicha aniqlanadi. Suvda 3 xil qattiqlik kuzatiladi:
1. Karbonat qattiqlik deb suvni 1 soat davomida qaynatilganda yuqotgan qattiqligiga aytiladi.
2. Umumiy qattiqlik deb 1 litr suv tarkibidagi tuzlarning umumiy miqdoriga aytiladi.
3. Doimiy qattiqlik deb umumiy qattiqlikdan iborat qattiqlikning ayirmasiga aytiladi.
Suvni qaynatish davomida uning qattiqligi ancha kamayadi. Bu gidrokarbonatlarni parchalanishi natijasida karbonatlarning cho‘kmaga tushishi bilan ifodalanadi. Suvning qattiqligi mg/ekv va gradus (o) larda o‘lchanadi. Suvni sanitariya tomonidan baholashda suv qattiqligi 3 guruhga bo‘linadi.
t.r.
|
Turi
|
mg/ekv/l
|
gradus
|
1
|
Yumshoq suv
|
0 - 3,5
|
00 - 80
|
2
|
O‘rtacha suv
|
3,5 - 7,0
|
80 - 120
|
3
|
Qattiq suv
|
7,0 - 10,0
|
120 - 200
|
Suvning qattiqligi 10,0 mg/ekv va 200 dan yuqori bo‘lsa juda qattiq suv hisoblanadi. Suvning 10 qattiqligi deb bir litr suv tarkibida 10 mg kalsiy oksidining (CaO) bo‘lishiga aytiladi.1 mg/ekv 28 mg kalsiy oksidiga teng. Shuning uchun 1 litr suvning qattiqligi - 2,80 ga tengdir.
Suvning karbonat qattiqligini aniqlash - kolbaga 100 ml tekshiriladigan suvdan olinadi va ustiga 2 tomchi metilrot indikatori eritmasidan tomiziladi. Yaxshilab aralashtirilib, so‘ngra to och binafsha rang hosil bo‘lguncha 0,1 n xlorid kislota eritmasi bilan titrlanadi. Sarf bo‘lgan kislota miqdori 2,8 ga ko‘paytiraladi va suvning karbonat qattiqligi graduslarda hisoblanadi.
Suvning umumiy qattiqligini aniqlash - karbonat qattiqligi aniqlangan suv ustiga 20 ml ishqorlar eritmasidan qo‘shilib, 3 min. davomida olov ustida qaynatiladi. So‘ngra +200 - 300C gacha sovutilib, miqdori distillangan suv bilan 200 mlga etkaziladi. Keyin qog‘oz filtr orqali 100 ml filtrlab olinadi. Olingan filtratga 2-3 tomchi 0,25 % li metilrot indikatoridan tomizilib, to och qizil rang hosil bo‘lguncha 0,1 n xlorid kislota eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash uchun sarflangan kislota miqdori 2 ga kupaytiriladi. Chunki jami suvning miqdori 200 ml edi. Jami sarflangan xlorid kislota miqdori ishqorlar aralashmasi miqdoridan ya’ni 20 dan chiqarib tashlanadi. Shunda kalsiy va magniy tuzlarini chuktirish uchun sarf bo‘lgan 0,1 n xlorid kislota miqdori topiladi. Olingan natija 2,8 ga kupaytirilib, suvning umumiy qattiqligi graduslarda topiladi.
Suvning doimiy qattiqligini aniqlash - Suvning doimiy qattiqligi umumiy qattiqlikdan karbonat qattiqlik miqdorini ayirish natijasida topiladi.
Hisoblash tartibi:
Karbonat qattiqlikni aniqlashda 3,4 ml 0,1 n xlorid kislota sarflandi. Bunda korbonad qattiqlik 3,4 x 2,8 = 9,52 ga teng bo‘ladi.
Umumiy qattiqlikni aniqlashda 100 ml filtratga 6,9 ml xlorid kislota sarflanadi. 200 ml uchun esa 6,9 x 2 = 13,8 ml kislota sarflanadi. Shunday qilib 20 ml ishqorlar aralashmasidan 13,8 ml ishlatilmasdan qolgan. Suvdagi kalsiy va magniy tuzlarini chuktirish uchun 20 ml – 13,8 ml = 6,2 ml 0,1 ni xlorid kislota eritmasi sarflangan.
Bu vaqtda umumiy qattiqlik 6,2 x 2,8 = 17,36 ga teng bo‘ladi.
Doimiy qattalik esa 17,36 – 9,52 = 7,84 ga teng bo‘ladi.
Suvning qattiqligi. Suvning qattiqligi – uning sifatini belgilaydigan ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Tabiiy suvlarning qattiqligi ulardagi kalsiy va magniy tuzlarining bo'lishi bilan bog'liqdir. U Са2Q va Mg2Q ionlarining bir litr suvdagi umumiy millimol miqdori bilan ifodalanadi. Qattiqlik uch turga bo'linadi: muvaqqat, doimiy va umumiy.
Muvaqqat (karbonatli) qattiqlik Qм, asosan, suvda kalsiy va magniy gidrokarbonatlari Са(НСО3)2 va Mg(HCО3)2 larning bo'lishligi bilan ifodalanadi, ular suv qaynatilganda erimaydigan tuzlarga aylanadi va qattiq cho'kma (quyqum) tarzida cho'kadi:
Са(НСО3)2 СаСО3 СО2 Н2О
Мg(НСО3)2 МgСО3 СО2 Н2О
Doimiy (karbonatsiz) qattiqlik Qd suvdagi kalsiy va magniy xloridlari, sulfatlari, nitratlari miqdori bilan aniqlanadi, ular suv qaynatilganda ham eritmada erigan holatda qoladi.
Suvning muvaqqat va doimiy qattiqliklarining yig'indisi umumiy qattiqlik deyiladi.
Tabiiy suvlar umumiy qattiqligi bo'yicha: yumshoq (Qu 2); o'rtacha qattiq (Qu 210) va qattiq (Qu 10) suvlarga bo'linadi.
Topshiriq № 1 – Turli suv namunalarining qattiqligini aniqlang.
№
|
Qattiqlik turlari
|
Ulchov birligi
|
Suv namunalari
|
Kran
|
daryo
|
quduq
|
ariq
|
1
|
Karbonat
|
mg/ekv
|
|
|
|
|
2
|
Umumiy
|
mg/ekv
|
|
|
|
|
3
|
Doimiy
|
mg/ekv
|
|
|
|
|
Nazorat savollari:
Suvning qattiqligi nimalarga bog‘liq.
Suvda qanday qattiqliklar uchraydi.
Suvning qattiqligi qanday birliklarda o‘lchanadi.
Yumshoq va qattiq suvning farqini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |