Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Suvning oksidlanuvchanligini aniqlash



Download 14,3 Mb.
bet99/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Mavzu: Suvning oksidlanuvchanligini aniqlash.
Darsning maqsadi: turli suv manbalaridan olingan suv namunalarining oksidlanuvchanligini aniqlash usuli bilan tanishish.

Darsga kerakli asboblar va reaktivlar: - kolbalar, o‘lchov silindri, byuretka, gaz gorelkasi, 0,1 n kaliy permanganat (KMnO4) eritmasi, Shavel kislotasining 0,01n (C2H2O4) eritmasi, 25% li sulfat kislota eritmasi, distillangan suv.

Darsning mazmuni: Suv tarkibidagi engil oksidlanuvchi organik moddalarni aniqlashning eng yaxshi usul bo‘lib, kaliy permanganatning titrli eritmasi bilan suvning oksidlanishini aniqlash hisoblanadi. Bu usul kaliy permanganat eritmasining kislotalik muhitda organik moddalarni oksidlashiga ya’ni marganets sulfat hosil bo‘lishiga asoslangandir.

2KMnO4+3H2SO4=2MnSO4+K2SO4+3H2O+5O

Shunday qilib, suvning oksidlanishi deb 1 l suv tarkibidagi organik moddalarni oksidlash uchun sarflangan kislorodning (mg) miqdoriga aytiladi.

Suvning oksidlanuvchanligini sanitariya tomonidan baholashda quyidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor qilinadi:



1

Yaxshi suv

0,5 - 1,5 mg/l O2

2

O‘rtacha suv

5,0 mg/l O2

3

Yomon ichishga

yaramaydigan suv



20 mg/l dan yuqori miqdorda kislorod sarflansa

Suvning oksidlanuvchanligini aniqlash tartibi:

1. Kaliy permanganat (KMnO4) eritmasining titrini aniqlash. Kolbaga 100 ml distillangan suv olinadi. Ustiga 5 ml 25 %li sulfat kislota eritmasi va 8 ml 0,01 n KMnO4 (kaliy permanganat) eritmasi qo‘shiladi. Suv to‘q binafsha rangga kiradi. Shu holatda 10 minut qaynatiladi. Keyin ustiga 10 ml shavel kislota eritmasi qo‘yiladi. Natijada kolbadagi suv rangsizlanadi. Rangsizlangan suv to och binafsha rangga kirguncha 0,01 n kaliy permanganat eritmasi bilan titrlanadi. Titrlashgacha va titrlash uchun sarflangan KMnO4 eritmasining miqdori 10 ml shavel kislotasining titriga to‘g‘ri keladi va bu paytda 0,8 mg kislorod ajraladi.

2. Tekshiriladigan suvning oksidlanuvchanlishgini aniqlash. Kolbaga 100 ml tekshiriladigan suvni olinib, ustiga 5 ml 25% li sulfat kislota va 8 ml 0,01 n KMnO4 eritmasi qo‘yiladi. Sungra 10 minut davomida qaynatiladi. Keyin sovutmasdan turib ustiga 10 ml 0,01 n shavel kislota qushiladi. Kolbadagi suv rangsizlanadi. Rangsizlangan suv och qizil rangga kirguncha 0,01 n KMnO4 eritmasi bilan titrlanadi. Titrlashgacha va titrlash uchun sarflangan kaliy permanganat eritmasining miqdori aniqlanadi. Keyin esa 10 ml 0,01 n shavel kislotasining miqdorini titrlashga sarflangan kaliy permanganat eritmasining miqdori topiladi va 1 l suv tarkibidagi organik moddalarni oksidlash uchun sarflangan kislorod miqdori hisoblab chiqariladi.



Misol: KMnO4 titrini aniqlashda 10 ml shavel kislotasini titrlashga 8 + 3,2 = 11,2 ml KMnO4 sarflandi.

Tekshirilayotgan suvni titrlashda esa 8 + 6,3 = 14,3 ml KMnO4 eritmasi sarflandi. Bunda 100 ml tekshiriladigan suv uchun 14,3 – 11,2 = 3,1 ml KMnO4 sarf bo‘ladi. 1 l suv uchun esa 3,1 x 10 = 31 ml KMnO4 sarflanadi.

Endi 1 l suv tarkibidagi organik moddalarni oksidlash uchun sarf bo‘lgan kislorod miqdorini aniqlaymiz: 11,2 ml KMnO4 eritmasi o‘zidan 0,8 mg kislorod ajratadi. Bu paytda 31 ml qancha kislorod ajratishini aniqlaymiz: 11,2 ml - 0,8 mg O2 ajralib chiqqan

31 ml - X

X = 31 x 0,8 / 11,2 = 2,21 mg/l O2

Tekshirish shuni ko‘rsatadiki tekshirilayotgan suvning oksidlanishi 2,21 mg/l ga teng ekan. Shunga qarab suv tarkibidagi organik moddalarni miqdorini aniqlash mumkin. Chunki 1 mg kislorod 20 mg organik moddani oksidlaydi.

Topshiriq № 1 – Turli suv namunalarining

oksidlanuvchanligini aniqlang.





Oksidlanuvchanligi

Ulchov birligi

Suv namunalari

Kran

Daryo

quduq

ariq

1

Yaxshi

mg/l













2

O‘rta

mg/l













3

Yomon

mg/l













Nazorat savollari.

1. Suvni oksidlanishini ahamiyati.

2. Quduq, hovuz va artezian suvlarini oksidlanishini baholang

3. Ichimlik suvining oksidlanishi qanday bo‘lishi kerak.

4. Suvning oksidlanish darajasini aniqlash tartibini ayting.

5. Suvning oksidlanishini sanitariya tomonidan baholash.



Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish