Baliqlarni oziqlantirish - baliqlarni oziqlanishida tabiiy oziqalar, ayiiqsa havzalarga qo‘shimcha oziqalar solish katta axamiyatga ega. Ammo baliqchilikni intensiv rivojlantirishda, ayniqsa baliqlarning zichligi yuqori bo‘lganda to‘yimli qo‘shimcha oziqalarga bo‘lgan talabi ortadi.
Baliqlarni to‘yimli oziqalar bilan oziqlantirish baliqchilikni rivojlantirish va ularni modda almashishini buzilishidan kelib chiqadigan kasalliklardan saqlashning garovidir. Baliqlar uchun va boshqa qishloq xo‘jalik xayvonlari uchun ham oziqa ratsionida etarli darajada oqsil, ayniqsa almashinmaydigan aminokislotalar, yog‘lar, mineral tuzlar, mikroelementlar va vitaminlar bo‘lishi kerak.
Havza baliqchiligida har xil o‘simliklar va hayvonot olamidan olinadigan oziqalardai foydalaniladi: kunjara va shrot, xashaki no‘xat, yasmiq doni, bo‘rilukkak, makkajo‘xori, suli, arpa, bug‘doy javdar, un, kepak, achitqi ozpqalar, qon, go‘sht-suyak, nichan unlari va boshkalar. Omuxta oziqalar va boshqa ozaqalar aralashmasi nisbatini tuzib baliqlar oziqlantirilsa yaxshi natijalar beradi. Masalan, 1 ga havzada 3 - 5 ming bir yillik karp baliqlari bo‘lsa ozikalar aralashmasi tarkibida 26 – 30 % protein, 3 - 3,5 % yog‘ va 10% ga yaqin kletchatka, 1 % bo‘r va g‘ovak ohaktoshlar bo‘lishi kerak. Ratsionni vitamin bilan taminlash uchun gidroliz yoki oziqa achitqilari, vitamin V2 aralashtirilgan oziqalar, 20 – 30 % ko‘k o‘t va boshkalar qo‘shiladi.
Baliqlarni oziqlantirish uchun oziqalar har xil usullarda tayyorlanadi. Donador qilingan omuxta oziqalar silindrsimon qilib tayyorlanadi. Briketlangan oziqalar xo‘jalikni o‘zida tayyorlanadi, ko‘pincha xamirsimon qilib ishlatiladi.
Oziqa aralashmalari tez yoyilib ketmasligi uchun birlashtiruvchi oziqalar zig‘ir kunjarasi, texnik kraxmal va boshqalar ishlatiladi. Donador qilingan oziqalar LKU-1, AKU-2-2, KRZ-1, DRK va boshka oziqa tarqatgichlar yordamida tarqatiladi. Xamirsimon oziqalar oziqa tarqatgichlar bilan jixozlangan qayiqlarda tarqatiladi. Xo‘jaliklarda baliqlar ko‘pincha kuniga bir marta ertalab oziqlantnriladi.
Havza baliqchiligida ishlab chiqarish jarayonlari naslli baliqlarni saralashdan boshlanib, 5 - 11 yil davom etadi.
Baliqlarni urug‘lanishi va uvildiriq qo‘yish vaqtidan oldin parazit kasallikariga qarshi 5% li tuzli suvda ishlov beriladi. Baliqlarni o‘tirishdan 10 - 12 soat oldin havzaga suv qo‘yiladi. Urg‘ochi baliqlar qo‘ygan uvildiriq erkak baliqlar ajratgan suti bilan urug‘lanadi va yopishqoq uvildiriq bironta muhitga yopishib ko‘p chiqishi uchun oziqa ko‘p bo‘lishi, begona va yirtqich baliqlar bo‘lmasligi, suv qung‘izlari va baqalardan tozalanipsh kerak. Uvildiriqdai chiqkan mayda baliqchalar o‘sadigan havzalarga utkaziladn.
Kuzga kelib kerakli miqdorda standart bir yillik baliqchalarni olish uchun o‘sadigan havzalardagi baliqni ko‘paytirish qoidasiga rioya qilish kerak. Baliqlarni o‘sishi, oziqlanishi va sog‘lig‘i ushlab tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Kuzda havoning harorati -50 - 8°C ga tushganda o‘sadigan havzalarning suvi qo‘yib yuboriladi va baliqchalar 5 % li osh tuzi eritmasi bilan ishlov berilib qishlaydigan havzaga o‘tkaziladi. Suv muzlagandan keyin har kuni suvning harorati oyiga uch marta, suvning tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazi qish davomida 4 marta, suvning pH, sulfat va temir tuzlari miqdori ham tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |