Baliqchilik havzalari suviga bo‘lgan gigiena talablari - baliqchilik havzalariga baliklarning ko‘payishi va o‘sishi uchun yaroqli bo‘lgan suv manbalaridan foydalaniladi. Suv sifatini ozroq o‘zgarishi baliqlarning hayot sharoitiga unchalik ta’sir qilmaydi. Ammo, suv manbalariga oqava ouvlar, pestitsidlar va boshqalar tushsa albatta baliqlarni nobud qiladi.
Baliklarning biologik xususiyati tabiiy suvlarning fizik va gidrokimyoviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Baliqlarning hayotida suvning harorati, gaz va tuz tarkibi alohida o‘ringa ega.
Suvning harorati - havzalardagi suvning harorati baliqlarning o‘sish va rivojlanishi, Shuningdek kasalliklarni kelib chiqishiga sezilarli ta’sir qkiladi. Chuchuk suvli suv havzalarida yil davomida harorat 0 dan +30°C atrofida bo‘ladi. Kuchli mineralizatsiyalangan suvlar hatto -5°C gacha sovisa ham muzlamaydi. Shunday vaqtda hatto 0 - 20C past harorat ham va +30°C yuqori harorat ham baliqlarga noxush ta’snr etadi. Past haroratlar karp baliqlarini fiziologik jarayonlarini sekinlashtiradi, uzoq davom etsa nerv faoliyati, nafas olish va qon aylanish tizimini buzadi.
Suvning +30°C dan yuqori haroratida baliqlar oyqulog‘ining barglari kuyadi, terilarida shilimshiqsimon oq dog‘lar paydo bo‘ladi. Bahor - yoz mavsumlarida suvning harorati +200 - 25°C atrofida bo‘lsa o‘tkir kechadigan krasnuxa va suzish pufakchalarini yallig‘lanish kasalliklari paydo bo‘lishi mu:mkin. Suv haroratini yuqori va past darajada tez-tez o‘zgarib turishi baliqlar uchun mavjud tabiiy oziqalarni ko‘payishi va uni baliqlar tamondan iste’mol qilishiga ta’sir etadi.
Issiq suvda o‘sadigan baliqlar +220 - 28°C haroratda intensiv oziqlanadi va o‘sadi. Ular suvning harorati +130 - 22°C da urug‘ qo‘yadi. Karp balig‘ini +12°C da ko‘payish xususiyati yo‘qoladi, oziqani yomon eydi. +10°C da esa kam xarakatchan bo‘lib, o‘sishi sekinlashadi. Harorat +20 - 40C ga tushsa umuman oziqlanmaydi. Yosh karp baliqchalarining qishlaydigan havzalarida suvning harorati +10 - 2°C dan past bo‘lmasligi kerak. Sovuq suvni yoqtiradigan baliqlar uchun suvning harorati +80 - 16°C da yaxshi oziqlanadi, o‘sadi va rivojlanadi. +10°C dan past bo‘lsa ham urug‘ qo‘yadi. Tovlanuvchi forel baliqlari uchun suvning harorati +160 – 180C va sevan foreli uchun +80 – 120C yaxshi hisoblanadi. Suv haroratini har kuni nazorat qilib boriladi.
Havza suvlarida erigan gazlar - suvda gigienik muhitni paydo qilib, baliqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishi mumkin. Suvda erigan kislorod, karbonat angidrid, vodorod sulfid va metan gazlari ko‘proq ahamiyatga ega.
Kislorod - erigan kislorod baliqlar hayotida juda zarur. Havoning harorati, atmosfera bosimi, shamol ta’sirida suvning to‘lqinlanishi - aralashishi va suvdagn o‘sayotgan o‘simliklarga qarab kislorodning miqdori o‘zgaradi. Suvda organik moddalar ko‘p bo‘lsa ularning oksidlanishiga ko‘p miqdorda kislorod sarf bo‘lib, erigan holdagi kislorodning miqdori kamayadi. Suv havzalarida erigan kislorod miqdori 0 dan 14,5 mg/l gacha bo‘ladi.
Karp baliqlari suvning tarkibida erigan kislorod miqdori 6 - 7 mg/l, karas balig‘i esa 0,5 - 0,7 mg/l bo‘lganda yashay oladi. Forel balig‘i 7 - 8 dan 10 mg/l gacha talab etadi.
Baliqlar kislorodi kam suvlarda saqlansa ularning harakatchanligi susayadi, oziqlanishi birdan pasayadi, oriqlaydi va har xil kasalliklarga nisbatan chidamliligi pasayadi.
Suvniing tarkibida erigan kislorod kam bo‘lsa qishlaydigan havza baliqlariga katta ta’sir etadi. Uning miqdori 2,5 - 3 mg/l gacha kamaysa baliqlar bezovtalanadi va ular suvning betiga chiqib qoladi.
Yoz paytlari suvda kislorod etishmasa uning miqdorini quyidagi yo‘llar bilan ko‘tarish mumkin: 1. Kam suvli havzalarga suv kirish oqimini ko‘paytirish; 2. Havzalar ustida sun’iy yomg‘ir yog‘adigan qurilmalarni o‘rnatish; 3. Suv oqib kiradigan yullarga aeratorlar o‘rnatish; 4. Motorli qayiqlar yordamida suvni aralashtirish.
Qishlaydigan havzalardagi suv tarkibidagi erigan kislorodni suvni tez-tez almashtirish va aeratorlar o‘rnatish yo‘li bilan hamda kompressorlar bilan so‘rilgan havoni sachratish yo‘li bilan boyitish mumkin.
Karbonat angidrid - qariyib hamma vaqt suvda bo‘ladi. U erkin holida gaz va birikmalar ya’ni tuzlar holida uchraydi. Havzalar suvida erkin holidagi karbonat angidrid gazining miqdori 20 - 30 mg/l dan oshmasligi kerak. Havzalarda ko‘k o‘simliklarni bor-yo‘qligiga qarab har kuni erkin holdagi karbonat angidrid gazini miqdori o‘zgarib turishi kuzatiladi. Kunduz kunlari fotosintez tufayli karbonat angidrid yo‘qoladi, kechasi esa yig‘iladi.
Suvning tarkibida kislorod etarli bo‘lsada, karbonat angidrid miqdori ko‘paysa baliqlarga salbiy ta’sir etadi. Bundan vaqtda baliqlarni oziqlanishi tezda pasayadi, o‘sishi sekinlashadi va kasalliklar paydo bo‘ladi. Yoz vaqtlari suvning tarkibida erkin holidagi karbonat angidridining miqdori 200 mg/l ga etsa karp baliqlari nobud bo‘ladi. Forel baliqlariga esa 60 mg/l ham qattiq ta’sir etadi. Shu tufayli havza suvlaridagi erkin karbonat angidrid gazini nazorat qilib turish kerak, kislorod etishmasa baliqlar yig‘ilib to‘da bo‘lib turadilar.
Havza suvlarida erkin karbonat aigidridning miqdori yozda 20 mg/l va qishda 40 mg/l dan oshmasligi kerak.
Suvdagi vodorod sulfid va metan - havza suvlarida anaerob sharoitda organik moddalarning chirishi tufayli ba’zan vodorod sulfid va metan gazlari hosil bo‘ladi. Vodorod sulfidning miqdori 1 mg/l ga etsa baliqlarni nafas olishi pasayadi va ular kislorodni hazm qilish qobiliyatini yo‘qotadi, nafas olish harakati susayib halok bo‘ladi. Suvning tarkibida metan 1 - 3 mg/l bo‘lsa ko‘pgina baliqlarni zaharlaydi.
Urug‘ qo‘yilgan havza suvlarining tarkibidagi gazlar urug‘ qo‘yish davrida har kuni tekshiriladi. Qishlaydigan havzalarda esa har 10 kunda bir marta, boshqa havzalarda ham 10 - 15 kunda tekshirilib turiladi. Yoz vaqtlarida iloji boricha kuniga ikki marta - ertalab va kechqurun tekshiriladi.
Suvda erigan mineral moddalar - suvning tarkibidagi mineral moddalarni tarkibi va miqdori (kalsiy, fosfor, kadmiy, magniy, natriy, oltingugurt, temir va boshqalar) havzalardagi oziqa bazalariga bog‘liq. Bular baliqlarning rivojlanishi va vazniga ta’sir etadi. Havza suvlarida mineral tuzlar etarli miqdorda bo‘lishi kerak.
Suvning qattiqligi - suvning qattikligi kalsiy va magniy oksidi tuzlariga bog‘liq bo‘ladi. Havza suvlarida bulardan tashqari sulfat oksid tuzlari ham bo‘lishi mumkin. Karp baliqlari uchun suvning qattiqligi 1,8 - 1,9 mg/eksv/l bo‘lsa qulay hisoblanadi, Forel baliqlari uchun esa 2,9 - 4,28 mg/ ekv./l dan kam bo‘lmasligi kerak.
Suvning oksidlanishi - bu 1 l suvdagi organik moddalarni oksidlanishi uchun sarf bo‘lgan erigan kislorod miqdori bilan belgilanadi. Tabiiy havza suvlarida suvning oksidlanishi 10 - 12 mg/l dan oshmaydi. Suv havzalarini suv bossa, suvlarga o‘g‘it solinganda va oqava suvlar qo‘shilsa oksidlanish miqdori ortib ketadi. Suvning oksidlanishini oshib borishi natijasida kislorod kamayadi va baliqlar karaxt bo‘lib, nobud bo‘ladi. Suv havzalarida karp baliqlari uchun oksidlanish 15 - 20 mg/l dan oshmasligi kerak.
Suvning aktiv reaksiyasi (pH) - suvning pH ham havza baliqlarini hayot faoliyatiga ta’sir etadi. Karp baliqlarida pH ni pasayishidan oyqulog‘i barglari kasallanadi va yaralangan joylarda esa mikroorganizmlar rivojlanib baliqlarni nobud bo‘lishga olib keladi. Vodorod ionlarining 6,4 dan pasayishi yosh karp baliqlarida gelmintlarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Baliqchilik havza suvlarida pH 7 - 8 atrofida ya’ni neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda bo‘lishi eng qulay hisoblanadi.
Azot va fosfor - baliqlarni hayot faoliyati va mahsuldorligida azot va fosfor zaruriy elementlardan hisoblanadi. Suv tarkibida azotning miqdori karp baliqlari yashaydigan havzalarda yoz vaqtlarida albunoidli azot 1,0 mg/l, ammiak 1 mg/l, azot nitrati 0,1 mg/l, qish vaqtlarida esa albunoidli azot 0,5 mg/l, ammiak 1,0 mg/l, azat nitrati 1 - 2 mg/l, azot nitriti izlari bo‘lishi kerak. Fosforning miqdori qishlovchi havza suvlarida 0,5 mg/l dan oshmasligi kerak. Suvning tarkibida erkin ammiakni miqdori 0,2 - 1,0 mg/l bo‘lsa baliqlar zaharlanadi.
Sulfatlar - havza suvlarida kelib chiqishi jihatidan sulfatlar mineral va organik natriy bisulfat yoki magniy bisulfat shakllarida uchraydi. Organik shaklda kelib chiqqan sulfatlar gigienik tomondan ahamiyatga ega, ya’ni Shunga qarab suvning ifloslik darajasini bilish mumkin. Baliqchilik havza suvlarida uning miqdori 20 - 30 mg/l dan oshmasligi kerak.
Temir - suv hayvonlari va o‘simliklar o‘z hayot faoliyati uchun temir moddalari juda zarurdir. Ammo uning miqdori ko‘payib ketsa ya’ni 1,5 mg/l va undan oshib ketsa suv havzasini mahsuldorligi pasayadi, ular baliqlarning oyquloq barglariga o‘tirib nafas olishini qiyinlashtiradi, bo‘g‘iladi va halok bo‘ladi. Temirning miqdori havza suvlarida 1,0 mg/l dan oshmasliga kerak.
Havza baliqchiligida Chorvachilik fermalari oqava suvlari va suvda suzuvchi parrandalarning ajratgan tezaklari juda xavfli hisoblanadi. Ularning tarkibida organik moddalar juda ko‘p bo‘ladi. Ko‘p miqdorda havzalarga tushishi tufayli ular chiriydi va ammiak, vodorod sulfid va boshqa zararli moddalarni ajratadi. Bular esa baliqlarga zararli ta’sir etadi. Ayniqsa baliqchilik havzalariga sanoat korxonalari, kommunal va boshqa ishlab chiqarishlarning oqava chiqindi suvlari tushishi mutlaqo mumkin emas.
Nazorat savollari.
1. Baliqlarni saqlash usullarini ayting.
2. Hovuz turlarini ayting.
3. Baliqlarni oziqlantirishni tushintiring.
4. Baliqlarga suv tarkibining ta’sirini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |