Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnalogiya fakulteti



Download 171,42 Kb.
bet16/19
Sana05.05.2020
Hajmi171,42 Kb.
#49150
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
XUDOYBERDIYEV OBID KURS ISHI DIVERSIFIKATSIYA(1)

beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan tuzilgan shartnoma emas, balki trattalar

ham olinishi mumkin bu esa mazkur zamonaviy kreditlash shaklining yanada ommalashishiga yo‘l ochadi.

6. Mamlakat va Markaziy bank tijorat banklarini himoya qiluvchi iqtisodiy siyosat olib bormog‘i kerak. Tijorat banklarini davlat dasturlariga jalb etishda ularning moliyaviy holatini hisobga olish lozim, ya’ni arzon resurslar yo‘q sharoitda ularni foiz stavkalari past bo‘lgan kreditlarni berishga majbur etmaslik lozim. Albatta arzon kreditlarga talab kata bo‘ladi va bu kreditlash operatsiyalarini ortishiga olib keladi ammo bankning foydasi kamayishiga va kelgusi faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin.

7. Sifatli kredit portfelini shakllantirish va kredit monitoringini puxta tashkil etish va olib borish lozim.

Kreditlash operatsiyalarining hajmi ko‘lamdorligi bilan birgalikda ularning risklilik darajasi oshib ketmasligi va sifatining yuqori bo‘lishi ham lozim. Chunki agarda bank kreditlarining sezilarli darajada kata qismi bir sohada to‘planadigan

bo‘lsa, bu sohadagi salbiy o‘zgarishlar kreditning qaytmasligiga, bu esa o‘z navbatida bank foydasi tushishiga olib keladi. Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash jarayonini to‘g‘ri va sifatli olib borishi zarur.

Bank aktivlari va kredit portfeli sifatini oshirish, ular faoliyatidagi tavakkalchiliklarni, jumladan kredit tavakkalchiligini boshqarishni takomillashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kreditlar ajratish borasida qarorlar qabul qilishda banklarning kredit qo‘mitalari va mas’ul xodimlarining javobgarligini oshirish, kreditlardan foydalanish va qaytarilishi monitoringining mexanizmlarini bir xillashtirish, ular bo‘yicha tavakkalchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash, sifatli baholash va bartaraf etish, shuningdek, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzdorliklarni paydo bo‘lishini oldini oluvchi choralar qabul qilish orqali tijorat banklarining kreditlash operatsiyalarini samarali tashkil etish va yuqorida berilgan barcha tavsiyalarni imkon qadar amaliyotga joriy etgan holda ularnitakomillashtirish mumkin deb o‘ylayman.

XULOSA

Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar respublika iqtisodiyotida muhim o‘rin tutishi o‘z-o‘zidan aniq. U jismoniy va yuridik shaxslar moddiy texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashib, asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarini tuzish, tiklash va ko‘paytirish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Korxonalar va tashkilotlarga o‘z mablag‘lari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul

mablag‘larini xo‘jalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning o‘sishi va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi. Banklar o‘z navbatida, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shimcha qarz mablag‘lar yuzaga kelishining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini qayta tuzilmalash, faol iqtisodiy siyosat yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishga yordam beradi. Yozish jarayonida olib borgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, respublikamizda foliyat olib borayotgan tijorat banklarining kreditlash salohiyatining birlamchi omili hisoblangan kapitali hamda ular tomonidan jalb qilinayotgan yuridik shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari

yildan-yilga o‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan bank tizimi barqarorligini oshirish, ularning resurs bazasini mustahkamlash va kapitallashuv darajasini doimiy ravishda o‘sishini ta’minlash xar yili ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Bu esa bevosita tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishga va natijada ularning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonidagi ishtirokini faollashuviga olib kelmoqda. Tijorat banklarimiz ning kreditlash amaliyotini o‘rganar ekanmiz bu sohada bir qancha muammolar borligini ko‘rib o‘tdik, bu sohani o‘rganishdan maqsad esa unga to‘g‘ri xulosa tavsiyalar berishdan iborat. Tahlillar natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:

1. Tijorat banklari tomonidan real sektorlarga ajratiladigan kreditlar hajmining o‘sib boorish tendensiyasini ta’minlash lozim.

Shu bilan birga respublikamizdagi barcha banklarning kredit portifelida iqtisodiyotni real sektor korxonalarini kreditlashга alohida e’tibor qaratsih lozim.

Real sektor korxonalarini takomillashtirish orqali ishlab chiqarish salohiyati va ksport qilish hajmi oshishi bilan bir qatorda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. Shu bilan birga kreditlarning milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashdagi roli oshadi.

2. Tijorat banklari kreditlarining barqaror sur’atlarda o‘sishini ta’minlash maqsadida birinchidan, muddati o‘tgan kreditlarning barcha kreditlar hajmidagi

salmog‘ining chegaraviy darajadan (5 %) oshmasligini ta’minlash, ikkinchidan, talab qilib olinadigan depozitlarning, ya’ni nobarqaror resurslarning barcha depozitlar hajmidagi salmog‘ini imkon qadar kamaytirish, chunki ular bank uchun

tekin resurs bo‘lgani bilan istalgan vaqt depozit egasi uni bankdan talab qilishi mumkin.

3. Respublikamiz tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori korxonalarini hamda jismoniy shaxslarnikreditlash amaliyotida zamonaviy kreditlash shakllaridan keng foydalanish rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish tavsiya etildi. Tijorat banklarining zamonaviy kreditlash shakllaridan keng foydalanishi, birinchidan kredit taklifini oshirsa, ikkinchidan kredit xizmatlarining soni va sifati

jihatdan o‘sishiga zamin yaratadi. Buning natijasida xo‘jalik sub’ektlari va jismoniy shaxslarning bank kreditlaridan foydalanish darajasi oshadi.

4. Tijorat banklari mijozlarining aksariyat qismida pul oqimining beqarorligini hisobga olib, banklarda mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini baholashning moliyaviy koeffitsientlar usulidan to‘liq foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim.

5. Respublikamiz tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazani shakllantirish orqali banklar kreditlash salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari asoslandi. O‘zbekiston bank amaliyotida tijorat banklarining nodepozit mablag‘larni jalb qilish amaliyotini kengaytirish maqsadga muvofiq. Chunki, uzoq muddatli ipoteka qimmatli qog‘ozlari, obligatsiya va deposit sertifikatlarini muomalaga chiqarish orqali banklar mustahkam resurs bazasiga ega bo‘ladi.

6. Tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishning birlamchi omillaridan hisoblangan aholining muddatli va jamg‘arma depozitlariga nisbatan xorij amaliyotida qo‘llaniladigan antisipativ foiz stavkalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish. Bu birinchidan, aholi o‘rtasida muddatli va jamg‘arma depozitlardan olinadigan daromadlarga nisbatan qiziqish uyg‘otsa, ikkinchidan tijorat banklarining uzoq muddatli kredit resurslariga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Tijorat banklarining resurs bazasi qanchalik yuqori va barqaror bo‘lsa ularni oqilona joylashtirish va transformatsiya riskini kamaytirish imkoniyati tug‘iladi. Yuqoridagi takliflar tijorat banklarining kredit faoliyatiga joriy etilishi ularning kreditlash salohiyatini barqarorlashtirishga, banklarning kreditlash faoliyati samaradorligi oshishiga va natijada ular tomonidan iqtisodiyotni odernizatsiya qilish sharoitida ustuvor tarmoqlarni moliyaviy qo‘llabquvvatlashdagi faolligini oshirishga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi degan fikrdamiz.


Download 171,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish