Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnalogiya fakulteti


III bob. TIJORAT BANKLARI KREDITLASH AMALIYOTINI



Download 171,42 Kb.
bet12/19
Sana05.05.2020
Hajmi171,42 Kb.
#49150
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
XUDOYBERDIYEV OBID KURS ISHI DIVERSIFIKATSIYA(1)

III bob. TIJORAT BANKLARI KREDITLASH AMALIYOTINI

TAKOMILLASHTIRISH

3.1. Tijorat banklari kreditlash amaliyotidagi mavjud muammolar

Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish barcha davrlarda ham va hozirgi kunda ham dolzarb masalalardan biri sifatida qaraladi. Zero, tijorat banklarining kreditlashdan maqsadi bankning biznes rejasiga muvofiq mavjud resurslarni iqtisodiyotning real sektorini moliyalash va ularga tenglashtirilgan jarayonlarga joylashtirish yo‘li bilan tegishli yil uchun daromadlarni ta'minlash, xatarlarni diversifikatsiyalash va ularni kamaytirish vositalaridan foydalanish, kredit portfeli sifatini oshirish, amaldagi qonunchilik, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki me'yorlariga rioya qilishdan iborat bo‘ladi. Albatta, sohani takomillashtirish zamirida avvalo undagi mavjud muammolarni aniqlash va puhta o‘rganish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun dastlab tijorat banklarimiz kreditlash amaliyotidagi bir qator kamchiliklar va muammolarga nazar tashlasak, demak, hozirda quyidagi muammolar mavjud:

1. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotining takomillashma gani.

Malakaviy amaliyot o‘tash davomida va olib borilgan ishlar asosida jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyoti tahlil etildi. Shuningdek, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kredit xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq quyidagi muammolarni alohida ko‘rsatib o‘tish zarur:

- aholi ayrim toifasining to‘lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar etarli darajada emasligi;

- olingan kreditlarning ko‘pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;

-.tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash bo‘yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi;

- banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi;

-.iste’mol krediti ob’ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining sun’iy ravishda oshirilishi.

Bundan tashqari, mamlakatimizda aholining asosiy qismi bank kreditlarini olib foydalanish uchun etarli daromadga ega emas. Respublikamizda aholi daromadlari yildan-yilga oshirilib borilmoqda, ammo shunga qaramay aholi real

daromadlari darajasi bank kreditlaridan foydalanish darajasiga salbiy ta’sir qiladi.Ushbu muammolar tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotiga salbiy ta’sirini yuzaga keltirmoqda.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iste’mol kreditiga mamlakat iqtisodiyotidagi ham ijtimoiy ham iqtisodiy muhim vosita deb qarash mumkin. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan YaIMning yuqori sur’atda o‘sishi,

mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar realizatsiyasi

hajmining ko‘payishi bilan ta’minlanadi. Iste’mol krediti iqtisodiyotda naqd pul aylanishini qisqartirish hisobiga naqdsiz to‘lovlar salmog‘ini oshiradi. Ushbu natijalar mamlakatda inflyatsiya darajasini jilovlash, ishsizlikni oldini olish va yashirin iqtisodiyotning qisqarishini ta’minlaydi. Bundan tashqari bank kreditlari

tarkibida istemol krediti o‘ziga xos daromadli va risk darajasi bo‘yicha past riskli

aktiv hisoblanadi. Chunki iste’mol kreditida iste’mol omonatining rasmiylashtirilishi kredit riski darajasini pasaytiradi.

2. Respublikamiz tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kreditlash amaliyotida kredit shakllaridan to‘laqonli foydalanilmayotganligi.

Tijorat banklari faoliyatida kreditlash shakllaridan optimal foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki, kreditlash shaklining to‘g‘ri tanlanishi kreditlash samaradorligini oshiradi, mijoz va bankning kreditlardan ma’lum darajada naf ko‘rishini ta’minlaydi. Xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan kreditlash shakllaridan mamlakatimiz bank amaliyotida foydalanish maqsadga muvofiq. Xususan, kreditlashning kontokorrent, overdraft, forfeyting va faktoring kabi shakllaridan keng miqyosda foydalanilmayapti. Bu esa tijorat banklari kreditlaridan foydalanish imkoniyatini pasaytirib, ularning iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirishda muammolarni keltirib chiqaradi.

3. Respublikamiz tijorat banlarik amaliyotida mijozlar faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar bazasining to‘la shakllanmaganligi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari amaliyotida mijozlarni kreditga layoqatligini baholash va ularni kreditlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan omillar bo‘yicha informatsion baza shakllantirilmagan. Bu esa, banklarning kreditlash amaliyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, kreditlash samaradorligini pasaytiradi va bank kreditlarining muammoli aktivlarga aylanishiga olib keladi.


Download 171,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish