Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnalogiya fakulteti



Download 171,42 Kb.
bet15/19
Sana05.05.2020
Hajmi171,42 Kb.
#49150
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
XUDOYBERDIYEV OBID KURS ISHI DIVERSIFIKATSIYA(1)

- banklar mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini baholashda faqatgina korxona faoliyatiga tegishli ma’lumotlarga suyanib qolmasligi zarur.

O‘zbekiston bank amaliyotida kreditga layoqatlilikni mijozlar faoliyatiga tegishli moliyaviy hisobotlar, biznes reja va boshqa ko‘rsatkichlarning tahlilidan tashqari, tashqi ma’lumotlarga asoslangan holda baholashni joriy qilish bugungi sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi. Mijozlar haqidagi tashqi ma’lumotlarning unga tegishli bo‘lgan ichki ma’lumotlar bazasiga nisbatan shaffofligi yuqori sanaladi. Tijorat banklari mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda faqatgina moliyaviy koeffitsentlar asosida emas, balki xalqaro bank amaliyotida keng qo‘llanilayotgan reyting tizimlari, garov ob’ektlari reestrini yuritishi va boshqa ma’lumotlar bazasini shakllantirishi hamda ushbu ma’lumotlarga tayangan holda kredit riski darajasini baholashi maqsadga muvofiq. Muammoli kreditlar mijozning pul mablag‘lari inqirozining natijasi bo‘lib hisoblanadi, lekin kuchsiz moliyaviy intizomga ega bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda kreditni qoplashga imkoniyati bo‘lsa ham uni so‘ndirishni qasddan xohlamaydigan mijozlar sinfi ham mavjuddir. Bunday holat 80-yillarning so‘nggida Bangladeshda kuzatilgan va bu vaziyat tartibga soluvchi organlar aralashmaguncha davom etib kelgan.40 Pul mablag‘lari bilan bog‘liq inqiroz birdan boshlanishi mumkin, biroq asta-sekin rivojlanib keladi. Bank kredit bo‘limi xodimlari ehtimoliy zararlarga qarshi kurashish bo‘yicha birinchi darajali himoya vositasi bo‘lib hisoblanadi va rivojlanib kelayotgan inqirozning dastlabki belgilarini aniqlab, tahlil qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Kredit bo‘limi xodimlari mijozlar bilan qanchalik

o‘zaro yaqin aloqada bo‘lsa, mijoz faoliyatining moliyaviy holati haqida shunchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar doimiy yangilab borilmasa, kreditning muammoliligini bildiruvchi belgilar sezilmay qolishi mumkin. Kredit berilgandan so‘ng u bo‘yicha zararlarni oldini olish uchun kerakli

choralar ko‘rilishi lozim. Kredit bo‘yicha to‘plangan hujjatlar bankni mijoz to‘g‘risidagi barcha moliyaviy ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati bilan ta’minlashi zarur. Muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlash tizimini ishlab chiqish juda qiyin va bu yerda inson omili eng jiddiy to‘siqlardan biridir. Bunday

40 МакНотон Д. Банковскиэ учреждения в развиваюшчихся странах. I том.− Вашингтон., 1994. − C.77. kreditlarga mas’ul xodimlar bankni og‘ir vaziyatga olib kelganligi uchun tanqid ostida qolishdan qo‘rqib, xavfli belgilarni yashirishlari mumkin. Bundan tashqari, amaliyotning dalolat berishicha, muammoli kreditlar aniqlanganganidan keyin vaziyat kredit bo‘limi xodimlari o‘ylagandan ham yomonroq bo‘lib chiqadi. Shu tariqa, qimmatbaho vaqt yo‘qotilmoqda. Biroq, bank boshqaruvi o‘z kredit portfelining muammolari to‘g‘risida bila turib, ularni yashirish bilan bir vaqtning o‘zida kreditlar bo‘yicha zararlar o‘rnini yuqori riskli kreditlar berish hamda boshqa faoliyatlar bilan qoplash orqali vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.41 Banklar bunday holatlarni oldini olish uchun kredit bo‘limi xodimlarining e’tiboridan chetda qolgan yoki yashirilgan muammoli belgilarni aniqlash maqsadida ichki audit bo‘limi orqali muntazam ravishda mustaqil hamda ob’ektiv tekshiruvlarni o‘tkazishi kerak. Shuningdek, nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlar ham muammoli kreditlarni aniqlab beradi. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda tijorat banklari muammoli kreditlarning kelib chiqishini oldini olish hamda mavjud muammoli kreditlarni bartaraf etish jarayonini tizimli ravishda amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Erta paydo bo‘ladigan moliyaviy qiyinchiliklarning belgilariga o‘z vaqtida ahamiyat berish bank uchun vaziyatni yaxshilash hamda bank manfaatlarini himoya qilish uchun muammoli kreditlar kelib chiqishini oldini olish choralarini qo‘llashga imkon beradi. Bu choralarni iloji boricha ertaroq, ushbu holatni nazorat qilib bo‘lmaydigan darajaga etib borishidan hamda yo‘qotishlardan qochib o‘lmasligidan oldin qo‘llash kerak bo‘ladi. Tijorat banklarida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashni takomillashtirish, kreditlash samaradorligini oshirib banklarning barqarorligini ta’minlaydi. Natijada mamlakat bank tizimi barqarorligi oshiriladi va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.

4. Tijorat banklarmizni rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida mavjud bo‘lgan kreditlsh shakllarini tadbiq qilish lozim. Jumladan kontokorrent 41 де Жуан, Аристобуло. От хороших банкиров к плохим банкирам. I том. – Вашингтон: ИЕР МБРР, 1992, C.12. kreditlash shakli, kredit kartalari orqali kreditlash, forfeyting kreditlarining huquqiy asoslarini yaratish va yo‘lga qo‘yish kerak, faktoring va overdraft kreditlarini taqdim etishni kengaytirish lozim va overdraft kreditlarini yuridik shaxslarga ham taqdim etishni yo‘lga qo‘yish lozim Bu orqali kredit operatsiyalarining jozibadorligi ortadi va xilma-xilligi ortadi. 5. Tijorat vaeksellarining muomalasini qayta tiklash lozim. Bundan 21 yil avval 1997-yilda veksellar muomalasi bekor qilingan edi ammo haligacha qayta tiklangani yo‘q. Veksellarning kreditlash operatsiyalari kengayishiga ijobiy ta’sir

etadi, chunki o‘tkazma veksellar, ya’ni trattalar tijorat kreditlarining va biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan forfeyting kreditlarining obyekti bo‘la oladi. Bundan tashqari bilamizki faktoring kreditlarining obyekti sifatida faqatgina mol yetkazib


Download 171,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish