Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnalogiya fakulteti


Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish



Download 171,42 Kb.
bet14/19
Sana05.05.2020
Hajmi171,42 Kb.
#49150
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
XUDOYBERDIYEV OBID KURS ISHI DIVERSIFIKATSIYA(1)

3.2. Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish

yo‘nalishlari

Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirilishi va zamonaviy usullarining oqilona qo‘llanilishi kichik korxonalar va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyotni taraqqiy ettirishning, eng avvalo amiyatni ijtimoiy va siyosiy yangilash, shuningdek aholi farovonligini va bandligini oshirish, ichki iste'mol bozorini milliy mahsulotlar bilan to‘ldirish, ishlab chiqarishni sifat darajasiga ko‘tarish va eksport salohiyatini oshirishning bosh dastagi hisoblanadi, tahlil va kuzatishlar asosida tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirish borasida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

1. Tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish orqali kreditlash salohiyatini oshirish.

Tijorat banklari uzoq muddatli resurslarni jalb qilishda asosiy e’tiborni nodepozit manbalarga qaratishi maqsadga muvofiq. Jumladan, tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hajmini oshirish yo‘li bilan barqaror resurs bazani shakllantirish lozim. Banklarning qimmatli qog‘ozlaridan quyidagilarni emissiya qilish lozim:

- banklar uzoq muddatli obligatsiyalarni muomalaga chiqarish yo‘li bilan subordinar qarzlarni jalb qilish amaliyotini kengaytirish;

- banklar tomonidan uzoq muddatli ipoteka kreditlari uchun ipotekali qimmatli og‘ozlarni muomalaga chiqarish va uni aholi o‘rtasida joylashtirish;

- tijorat banklari tomonidan muomalaga foiz to‘lovli va yutuqli deposit sertifikatlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslarni jalb qilish, shuningdek, tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishning birlamchi omillaridan hisoblangan aholining muddatli va jamg‘arma depozitlariga nisbatan xorij amaliyotida qo‘llaniladigan antisipativ foiz stavkalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim. Bu, birinchidan, aholi o‘rtasida muddatli va jamg‘arma depozitlardan olinadigan daromadlarga nisbatan qiziqish uyg‘otsa, ikkinchidan tijorat banklarining uzoq muddatli kredit resurslariga ega bo‘lishini ta’minlaydi.

2. Respublikamiz tijorat banklari kreditlash amaliyotida zamonaviy kreditlash shakllaridan keng foydalanish lozim. Tijorat banklarining kreditlash amaliyotida kreditlashning zamonaviy usullarini qo‘llash banklar va mijozlar uchun quyidagi ijobiy jihatlarni ta’minlaydi:

* banklar jalb qilingan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanadi;

* tijorat banklari mijozlari mablag‘larini bank talabiga ko‘ra kreditni qaytarishga yo‘naltirish mumkin;

* tijorat banklari tomonidan kreditlar qayta-qayta berilishi hisobiga kredit taklifini oshirishga xizmat qiladi;

* kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tezkor va kredit olish imkoniyatlari yuqori;

* ushbu kreditlash shakllarining ko‘p maqsadliligi ishlab chiqarish korxonalarining aylanma mablag‘larini aylanishini tezlashtiradi va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydi;

* mijozlar foydalangan kredit miqdori va muddatiga muvofiq foiz to‘lovlarni to‘laydi;

* kreditlash jarayonida resurslardan samarali foydalanish bilan birga, bank likvidliligini ta’minlaydi va boshqaradi;

* tijorat banklari kreditlash faoliyatida kredit resurslari ma’lum davomiylik asosida berilishi hisobiga kredit riskini pasayishini ta’minlaydi.

Tijorat banklari tomonidan kreditlashning zamonaviy shakllari va usullaridan foydalanish orqali respublikamiz banklarining kreditlash samaradorligi oshiriladi. Xususan, banklarning kredit operatsiyalari hajmi oshadi va kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning barqaror o‘sishi ta’minlanadi.

3. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlarini baholash tizimini takomillashtirish.

Respublikamiz tijorat banklari amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda muammolarni mavjudligi kredit portfeli sifatiga va uning barqaror o‘sishiga salbiy ta’sir qilmoqda. Mijozning kredit to‘loviga layoqatligining to‘g‘ri baholanishi kreditlarning o‘z vaqtida to‘la qaytishini ta’minlaydi. Fikrimizcha, tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:

- bank mijozlarining to‘lovga layoqatligi bilan birgalikda, banklarda kredit riski darajasini baholash tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda beriladigan kredit bo‘yicha riskni boshqarish usullarini belgilash;

- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni toifalarga ajratgan holda korxonalarning xususiyatlarini hisobga oluvchi, ya’ni qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo, aloqa va boshqa tarmoqlarni xususiyatiga qarab kredit to‘loviga layoqatlilikni baholashni joriy etish;


Download 171,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish