samarqand veterinariya meditsina instituti nukus filiali Zooinjeneriya (yilqichilik va tuyachilik) yo’nalishi 1-bosqich 209-guruh talabasi Saparova Jansayaning O’zbek tili fanidan
Mustaqil ishi
Tayyorladi: Sapora. J
Qabul qildi: Qurbanbaeva.N
Shoh va shoir zahiriddin muhammad bobur Reja: - Kirish
- Z.M. Bobur shohning hayoti va ijodi
- Asosiy qism
- Bobur sohibdevon sohib shoir
- Bobur – adabiyot nazariyotchisi
- Bobur “Boburnoma” ijodkori
- Yakuniy qism
- Bobur — fidoyi otamiz
- Foydalanilgan adabiyotlar
Bobur shohning hayoti va ijodi - Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulugʼ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari boʼladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin Muhammad Bobur ham oʼz oʼrniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi. Bobur — buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, sanʼatshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida koʼpqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina «Boburnoma» uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir.
- Shoh Bobur Bobur, birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi. Balki, boburiylar jahon tarixida eng uzoq yillar(332 yil) hukmronlik qilgan sulola boʼlib chiqar... U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos magʼlubiyatlarning achchiq alamlariyu zafarlarning ulugʼvor nashidalarini surishni koʼp marotaba oʼz boshidan kechirdi. Otasi singari ulugʼ himmatli va oliy maqsadli shaxs boʼlganligidan Fargʼona viloyatini kichik joy deb hisoblab, Samarqandga intildi. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Kobulga keldi va keyin Hindistondek bepoyon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi. Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulugʼ bunyodkorlik anʼanalarini davom ettirdi: muhtasham qasrlar tiklash, ariq-kanallar qazish, bogʼ-rogʼlar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi. Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat arbobi Javohirlaʼl Nehru oʼzining «Hindistonning ochilishi» va «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga toʼliq ushbu fikrlarni izhor etgan: «Bobur — dilbar shaxs. Uygʼonish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam boʼlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |