SAMARQAND VETERINARIYA MEDISINASI INSTITUTI
«Hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya» kafedrasi
Ibragimov B.H.
RADIOLOGIYA
fanidan
Amaliy mashg‘ulotlar ishlanmalari
SAMARQAND – 2020
1.Amaliy mashg’ulot: IONLASHTIRUVCHI NURLANISHISHLAR VA ULARNI QO’LLANILISHI.
Reja:
Ionlashtiruvchi nurlanishning qo’llanilishi.
Radiostimulyasiya, konservasiya, dezinseksiya va sterilizasiya effekti.
Radioaktiv nurlanishlarning terapevtik qo’llanilishi.
Kerakli jihozlar:Halat, chepchik,radiometr,dozimetr,gamma uskuna «Stebel-3»,sterilizator,shpris,qo’rg’oshin g’ishlar,konserva namunalari,tarqatma materiallar.
Mashg’ulotni borishi:1. ionlanuvchi radiostimulyasiyani ta’siri, ionlanuvchi doza miqdoriga kirib stimullovchi, mutogen, konservasiya, sterillovchi va terapevtik uslublar uchun qo’llaniladi. Radioaktiv nurlanishlarning baland dozalardagi ta’siri, o’suvchi organizmda va tovuqlarda tekshirilib ko’p marotaba tasdiqlangan.Stimulyasiya xodisasi organizmni ionizasion nurlanishga ximoya javobidir.
1.Ma’lumki, kichik dozalarda yadroviy nurlanishlar ta’sirida biologik obyektlarda o’sishi va donlarni ko’karishi tezroq kechadi. Nurlangan o’simliklar oziqalarini o’zlashtirishi, o’sishi, moddalar almashinuvini va hosildorlikni oshiradi. Donlarni ekishdan oldin, dala sharoitlarida nurlantirish uchun maxsus moslama (STEBEL-3) qo’llaniladi. Bu moslama donlarni 0,7 kilorentgen miqdorida nurlantiradi. Mahsuldorligi past tovuqlarni 5 kun mobaynida1 rentgen miqdorida Gamma nurlari bilannurlantirilganda ularning tuxum berishiko’payadi.
2. 1925 yilda G.A.Nadson va G.S.Fillipov Sant-Peterburg olimlari tamonidan tajriba natijasida, rentgen nurlanishni xamirturushga ta’siri o’rganilib tasdiqlandi. Ularninig nurlanish natijasida, nurlanishdan keyingi o’sishi va sifati keskin oshadi. Ionizasion nurlanish natijasida jinsiy xujayralarda nurlanishga eng sezgir, xujayralar yadrolari, DNK- o’ziga meros informasiya saqlovchi tasmalar tizimi buziladi.Ionizasion ta’sirining zichligi qancha ko’p bo’lsa, ajraladigan nurlanishni, xromosomalaridagi o’zgarishlar ham- oberrasiyalar shuncha ko’p bo’ladi.Shu sababli ionizasion nurlanishning ma’lum dozasi mutasiyalarga keltiradi.
Nurlangan hayvonlardan olinadigan avlodlarda xar xil o’zgarishlar, funksional va tizimli, bo’lajak avlodni ota-onalaridan farqlanadi. Ushbu organizmlarmutantlar rivojlanish vaqtida xalok bo’lmasa badbashara, yetishmovchiliklar bilan birgalikda bepushtlikga duchor bo’ladilar.O’simliklarda mutogen effekti 10-20 k/R. nurlanish dazasi bilan chiqarish mumkin.Neytronli nurlanish usuli kuchli mutogen effektiga egadir.Gamma nurlanishning mutogen effektini qo’llab, seleksionerlar o’simliklarni yangi navlarini ishlab chiqarish vaqtini tezlashtiradilar, arpa, bug’doy navlari yuqori xosildor, tez pishar va sovuqga chidamligini v.x.k. xususiyatlarga ega bo’ladilar.
Mutogen nurlanishni vaqtini qisqartirib yoqori haroratni ko’tarish natijasida, seleksion natijalar effektlarini ko’paytirish uchun mutogen shakllarini olinish vaqti chuziladi.
3.Nurlanishning konservasiya, dezinfeksion, dezinseksion va sterillazasion effekti.
Bakteriyalarning sporasiz rivojlanadigan vegetativ shakllarini 300-600 k/R. bir marotabali gamma nurlanishdan xalok bo’ladilar.Lekin shunda ham bakterial xujayralarda morfologik o’zgarishlarni aniqlash, elektron mikroskop yordamida xam imkoniyati yo’q. Lekin to’liq sterilizasiya uchun - mikroblar bilan yuqori darajada ifloslanganligini va nurlanish sharoitlarini hisobga olib, nurlanish dozasi 25m/RAD optimal hisoblanadi.
Sterilizasion miqdorning nafaqat mikroblarning chidamligiga bog’liqdir, balki ularning obyektdagi miqdori va ular nurlanadigan muvozanatga bog’liqdir. Shunda ham gamma nurlanish miqdorini ta’siri bakterial effektida qancha past bo’lsa shuncha samarali bo’ladi. Qisqacha muddatli sterilizasiya vaqti nurlanish dozasi uzoq muddatli nurlanishdan kura bir necha barobar baland bo’lishi kerak. Radiostimulyasiya manbalari uchn asosan So-60 vaSz-137 xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda tez elektronlar va elektron tezlatgichlarni ko’llanilishiga karab chikariliyaptilar.
Radioaktiv nurlanishning ta’siriga asoslanib ovqat –oziqa konservasiyasi turt usul ko’llaniladi: termik, kimiyoviy va bosim (vakum) va sovuq usul deb aytiladi. Nurlani sterilizasiya uslublarini qullanilishini asosiy sababi – oziqa maxsulotlarini buzilishdan saxlash muddatini chuzish va undagi parazitlar, xashoratlar va mikroblarni bartaraf etish. Hozirgi kunda nurlanish-sterilizasiya uslubi keng tarkaliyapti. Mikroorganizmlarning oziqa manbalarini, instrumentlar, bog’lovchi materiallarni, fermentativ preparatlarni, idishlarni va boshka materiallarni nurlash yaxshi samara beradi.
Gamma pasterizasiyasi. Konservasiya va sterilizasiyada oziqalarda patogen mikroflora va toksik chiqindilar bo’lmasligi kerak. Ularning oziqlantirish xususiyatlarini va vitaminlarning buzilish darajasi bu usulda boshqa usullardan balandroq. Nurlovchi sterilizasiya va pasterizasiya uslublari rentabelli bo’lishi kerak. Nurlovchi uslublarga sarflangan mablag’, boshqa sterilizasiya-konservasiya uslublaridan baland bo’lmasligi kerak. Ba’zi olimlar nurlovchi sterilizasiya uslubiga yukori dozalarni qo’llanilishi, asosan vitaminlar A, E, Cni buzadilar deb hisoblaydilar, ba’zilari boshqa uslublardan ko’p emas deb ta’qitlaydilar.Sterilizasiya dozalari fermentlarni kam inaktivasiyaga uchratadilar- pepsin, trepsinga ta’siri kam.
Ko’pincha farmokologik preparatlarda, antibiotiklarning tetrasiklin guruhlarida va boshqalarda. Sterilizasiya yaxshi samara ko’rsatadi. Kuchsizlantirilgan mikroblardan tayyorlangan yoki nurlanish bilan o’ldirilganidan, tayyorlangan vaksinalar boshqa vaksinalarga karaganda imunnobiologik xususiyatlari anchagina baland va bu xususiyatlarni ancha vaqtgacha saqlaydilar, farmalin va boshqa uslublardan ko’ra.
4. A.D.Belov (1968) ko’z aplikatorini kashf etib, uni hayvonlarning ko’z kasalliklarida qo’llanish usullarini ishlab chiqardi. Fosfor-32 va stronsiy-89 aplikatorga qoyilib yazvali va infeksion konyuktivitlarda, buzoq va itlarda qo’llandi. Bir marotabali nurlanish dozasi 50-100 rentgen, to’liq davolash kursi 200-1000 rentgen. A.D.Belov fosfor-32 kichik, dozalarini muvafaqiyatli qo’llagan (0,01mkKU)kg tirik vazniga- suyaklar to’qimasini regenerasiyasini tezlashtirish uchun va hayvonlar mineral moddalarini almashinuvini normallashtirish uchun, radioaktiv moddalarni singan zonalarga yuboriladi. Radioaktiv nurlanishga yosh hujayralar juda sezgirdir.
Shishishli kasalliklarda, qon va qonhosil qiluvchi organlarning kasalliklarida radioterapiya shaklida qo’llaniladi. Gamma - terapevtik uskunalar yordamida shishlarni joylanishiga qarab, tashqi gamma-nurlanish o’tkaziladi. Qisqa yashovchi radioizotoplarniqon tomirlar ichiga yuboradilar. Ularni xususiyatlari sababli xar bir radioaktiv izotop uzi yaxshi ko’radigan joyda joylashib kasallangan organlarda va kiritik organlarda to’planishi bilan ta’siri kuzatiladi.
Nazorat savollari:
1.Ionlashtiruvchi nurlanishning qo’llanilishi ta’sirida biologik obyektlarda qanaqa uzgarishlarga keltiradi.
2.Radiostimulyasiya va konservasiya tamoillari.
3.Dezinseksiya va sterilizasiya effekti nimaga qaratilgan.
4.Radioaktiv nurlanishlarning terapevtik qo’llanilishi.
5.Kuz aplikatorni kim va qachon kashf etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |