chizma. 6A-12M markali shnekli tozalagich sxemasi
chizma. ChX-3M-2 markali kolosnik arrali tozalagich sxemasi
Separator va tosh tutgichlar
Paxta tolasi va chigit sifatini yaxshilash hamda ularga aralashgan iflos
jismlarni kamaytirish tozalash mashinalarini va jinlarni normal ishlatishga bevosita
bog‟liqdir. Jinlarning to‟xtovsiz va samarali ishlashi uchun chigitli paxtadagi og‟ir
jismlarni oldindan ajratib olish lozim. Chigitli paxtaga aralashgan og‟ir jismlar
(tosh, kesak, latta parchalari va h.k) texnologik
mashinalarning ish organlariga,
ayniqsa jin, linterlarning arrali barabanlari tishlariga zarar etkazib, mahsulot
sifatini va mashinalarning ish unumini pasaytiradi.
Yot jismlar texnologik
mashinalarga zarar etkazish bilan birga ish vaqtida yong‟in chiqarish havfini ham
tug‟diradi. Shuning uchun texnologik prosess sxemasiga og‟ir jismlarni tutib
oladigan moslamalarni qo‟shib qo‟yish shartdir. Og‟ir jismlarni tutib oluvchi
moslamalar texnologik prosesslardagi o‟rniga qarab ikki guruxga bo‟linadi:
pnevmotransport trubasiga separatordan oldin liniyaga o‟rnatiladigan
moslamalar
va separatordan keyin liniyadan tashqarida o‟rnatiladigan moslamalar guruhi.
Chigitli
paxtani
iflosliklardan
tozalash
samaradorligi
mashina
ish
Bajardi
Rahbar
Yusupov A
Siddiqov A
001.429.011.BMI. 2015 y.
organlarining chigitli paxtaga ta‟sir etish usuliga: to‟rli sirt yoki kolosnik ustida
chigitli paxtani silkitish, tozalash vaqtida havo oqimining
aralashishi, qoziqchalar
yoki plankalarning chigitli paxtaga dinamik ta‟siri, arrali barabanlarning chigitli
paxta bo‟lakchalarini qanday titkilab, tarashiga bog‟liq.
Tozalash mashinalari ish
organlarining chigitli paxtaga ta‟siri o‟z navbatida bir qator sabablarga: tozalash
mashinasining ish unumiga, ish qismlarining
aylanish tezligiga, ish qismlari
orasidagi texnologik zazorlariga,
ularning konstruksiyasiga, chigitli paxtaning
nechanchi marotaba tozalanishiga va hokazolariga bog‟liq bo‟ladi.
Paxta tozalash zavodlaridagi ikki batareyali tozalash sexi har batareyasida
oltita arrali barabanli tozalagich (ChX-3M-2)dan, ikkita shnekli tozalagich (6A-
12M), bitta separator (SS-15M), bitta elevator (EX-15M) dan ibrat bo‟ladi.
Tozalashga mansub chigitli paxta pnevmotransport
yordamida separatorga
uzatiladi, shunda u UTM-15 tosh tutgichdan o‟tadi va yirik aralashmalardan
tozalanish uchun arrali barabanli tozalagichlarning taqsimlovchi shnekiga
uzatiladi. Undan chiqqan paxta yig‟uvchi shnekda to‟planib
qiya shnek orqali
mayda iflosliklardan tozalanish uchun shnekli tozalagichlarga uzatiladi. Paxtada
yirik aralashmalar bo‟lmasa uni arrali barabanli tozalagichlardan o‟tkazilmasa ham
bo‟ladi.
Ishlab chiqarishda mayda aralashmalardan tozalovchi 6A-12M1, OXB-10M,
SCh va yirik aralashmalardan tozalovchi mashinalar – ChX-3M1, «Mehnat» va
RX-1 rusumli mexanizmlar keng qo‟llaniladi.
Chigitli paxtani tozalovchi mashinalar 1-2–sortli paxtaning iflosligini 0,6-0,7
% gacha, 3 va 4 sortli paxtalarni esa 1,0-1,5 % gacha kamaytirishi kerak bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: