O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI
VAZIRLIGI
SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
“QISHLOQ XO‟JALIGI
MAHSULOTLARINI TAYYORLASH,
SAQLASH VA QAYTA ISHLASHNI TASHKIL ETISH”
KAFEDRASI
5410500-Qishloq xo‟jalik mahsulotlarini saqlash va
Dastlabki ishlash texnologiyasi bakalavriat yo‟nalishi
talabasi Siddiqov Anvarning
BITIRUV MALAKAVIY IShI
MAVZU:
“Samarqand viloyati Oqaryo tumanida
paxtani saqlash tizimini loyihalash”
Ilmiy rahbar: A. Yusupov
Bajardi A.Siddiqov.
Samarqand – 2015 yil.
M U N D A R I J A
1.
K i r i sh
2.
Texnik
iqtisodiy asoslash
3.
Texnologik qism
4.
Ekologiya atrof muhitni muxofaza qilish
5.
Standartlashtirish
6.
Iqtisodiy qism
7
Xulosa va takliflar
8.
Internet ma‟lumotlari
9.
Foydalanilgan adabiyotlap
10 Taqdimot
KIRISh
Paxta tolasi o‟zining afzalliklari tufayli XXI asrda ham to‟qimachilik sanoati
uchun muhim xom ashyo sifatida ishlatilayotgan tolalar ichida yetakchi bo‟lib
qoladi. Tahlillar shuni ko‟rsatmoqdaki, agar 2000 yilgacha an‟anaviy
bozorda
o‟zbek tolasining 62 foizi Yevropa davlatlariga, 23 foizi MDXga, 15 foizi Osiyo
mamlakatlariga yetkazib berilgan bo‟lsa, keyingi yillarda dunyo bozoridagi
iqtisodiy globallashuv paxta sanoati faoliyatiga ham o‟z ta‟sirini ko‟rsatdi.
Respublika paxta eksporti salohiyatini oshirishda paxtachilik sohasi bilan bir
qatorda paxtani dastlabki ishlash sanoati muhim o‟rin egallaydi. Keyingi yillarda
paxta sanoati korxonalarida muvofiqlashtirilgan texnologiya
talablariga javob
beradigan yangidan-yangi paxtani dastlabki ishlash qurilma va dastgohlari joriy
etilmoqda, ayniqsa O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining «2007-2011 yillarda
paxta tozalash sanoatini rekonstruksiya va modernizasiya qilish dasturi haqida»
03.04.2007 yildagi 70-sonli qarori tarmoqning xozirgi etapdagi rivojlanishida katta
ahamiyatga ega bo‟lib, tadbiš etilayotgan texnikaviy
va texnologik tadbirlar
yig‟ib–terib olingan paxtani nobudgarchilikka yo‟l qo‟ymay o‟z vaqtida dastlabki
ishlashni va iste‟molchilarga mahsulotni uzluksiz yetkazib berishni
ta‟minlamoqda. Lekin an‟anaviy texnologik tizimlar qancha takomillashtirilmasin,
har bir navdan paxta tolasini to‟liq ajratib olish muammosi hal etilmayapti. Tola
nobudgarchiligiga yo‟l qo‟ymaslik borasida olimlar va mutaxassislar oldiga
qo‟yilgan tola chiqishini oshirish vazifasi noan‟anaviy
yondoshuvlar va ilmiy
izlanishlar orqali bajarilishi mumkin.
Paxtani dastlabki ishlash bo‟yicha nazariy va amaliy izlanishlar asosida
texnologik jarayonlarni takomillashtirish, yangi samarali
uskuna va jihozlarni
yaratish natijasida yuqori sifatli paxta tolasini olish, tola nobudgarchiligining oldini
olib, qo‟shimcha tola chiqishini ta‟minlash, linterlash
jarayonini takomillashtirib,
shtapel massa uzunligi birtekis bo‟lgan yuqori sifatli momiq ishlab chiqarishda
chigitli paxtayb sifatli saqlai bugungi kunning dolzarb ilmiy muammolaridan
hisoblanadi.
Bajardi
Rahbar
Yusupov A
Siddiqov A