Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji periferiya va ofis qurilmalarini tamirlash


Hozirgi vaqtda diktofon-kompyuterli texnologiyalar



Download 1,52 Mb.
bet46/75
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#217586
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
periferiya qurilmalari

Hozirgi vaqtda diktofon-kompyuterli texnologiyalar tug’risida gapirganda nutqni avtomatik anglash imkoniyatlarini ko’zda tutmaslik kerak. Anglash muammosi hali dunyoning xech bir tili uchun to’lik echilmagan. Faqatgina ba’zi bir umidvor qiladigan ijobiy natijalar bor, demak, muammoni to’lik echishga hali vaqt bor. Xozirgi vaqtda quyidagi anglovchi tijorat dasturlari sotilmoqda:

    • oldindan aniklangan jumlalar to’plamidan tipik jumlalarni;

   • «o’rtacha odam» gapini 80-90 foiz aniqlash, bu jiddiy avtomatik tizimlar uchun ochig’i etarli emas .

    Shunga qaramasdan, nutqli xabarlarni avtomatlashtirilgan hujjatlashtirish diktofon-k ompyuterli tizimlari jadal rivojlanmoqda. Xususan, «Aytib turishning zamonaviy texnologiyalari» seminaridagi (1997 yil, mart) ko’rgazmada bir nechta nutqli xabarlarni tezkor hujjatlashtirish tizimlari namoyish etildi.

     Sankt-Peterburg (Rossiya) nutqli texnologiyalar markazi ishlab chiqqan maxsuloti e’tiborga loyiqdir, unda:

    — «Allegro» nutkli chiqishlarni tezkor xujjatlashtirish avtomatlashtirilgan tizimi;

    — «Nezabudka» telefon so’zlashuvlarni qayd kiluvchi kompyuter sistemasi;

    — tibbiy muassasalar uchun ish yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi «Cezar - MED» namoyish etildi.

    «A l l e g r o STC L132» sistemasi banklar, firmalar, sug’urta va sud organlari, kengashlar, konferenciya, s’ezd va simpoziumlar ishiga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan.

«Allegro» sistemasi verballi xodisalarni stenograflashdan to’liq voz kechgan holda ularni tezkor hujjatlashtirishni bajarish imkonini beradi. Hujjat matni xodisa tugagandan keyin bir necha minut ichida shakllantiriladi. Sistema tarkibiga: diktofonlar yoki mikrofonlar, shaxsiy kompyuter (tovushli server), bosish kurilmasi (printer), muxarrir ovoz operatori va yozuv mashinasi operatorlarining ish joylari kiradi.

Tovushli server analog tovushli signallarni kompyuterga kiritish-chiqarishni, ularni raqamlash, qattiq diskka yozish va saqlashni, tovushli lavxalarni muxarrir-tovush operatori va mashinada yozuvchi operatorlar ish joylari buyicha taqsimlanishini ta’minlaydi.

    Muxarrir - ovoz operatori tovush yozish jarayonida, fonogrammalar qayta ishlanishini nazorat qiladi, natijaviy hujjatlar yaratish tartibini boshqaradi.

Yozuv mashinasi operatorlari tovushli serverlardan fonogramma lavxalarini oladi, ularni eshitib matnlarni teradi.

    Matn terish qulay bo’lishi uchun fonogrammalarni eshitishning ko’p sonli rejimlari ko’zda tutilgan, xususan:

     — raqamli diktofonlar oamma servisli rejimlar, shu jumladan, «to’xtash — orkaga kaytish — laozada kayta o’rash» rejim) bilan ta’minlangan;

    — tovush mayinligini buzmasdan, eshitib ko’rish tezliginb sekinlashtirib (3 martagacha) nutq anikligini oshirish;

    — tushunarsiz lavhalar fonogrammasini ko’p marta takrorlash, shu jumladan «yopiq xalka» rejimida;

    — so’zma-so’z eshitib ko’rish va terilgan matnni boshlang’ich fonofamma bilan solishtirishning noyob rejimi;

    — tez inerсionsiz qidirish, shu jumladan tovush mayinligini buzmasdan tezlashtirilgan eshitib ko’rishda qidirish.

    Mikrofon orkali kompyuterga matnni bevosita kiritish tizimlaridan, birinchi navbatda IVM (AQSH) firmasining Via Voice dasturiy mahsulotini ta’kidlash lozimdir. Bu dastur jonli nutqni anglash imkonini beradi (so’zlarni xamma pauzalar bilan aytishini talab qiluvchi Regsopal Dictation System dasturidan  farqli ravishda). Via Voice klaviaturani to’liq almashtira olmaydi, negaki, dasturni ko’p vaqt «o’rganish» dan keyin ham u 90-95 % so’zni anglaydi. Agar so’zni darhol anglamasa, u holda tizim foydalanuvchiga uni yozishning turli variantlarini taklif etadi.

    Samaradorlikka kelganda Via Voice minutiga 70—80 ta so’zni kabul qiladi, buni qoniqarli hisoblash mumkin. Boshqacha so’z bilan aytganda, bu dastur katta hajmdagi ma’lumotlarni kiritishda klaviaturada matnni uzoq vaqt terishdan xalos etadi va foydalanuvchilar uchun juda qulay. Via Voice tizimi Windows 95 va Windows NT dasturida ishlaydi.

     Via Voice dasturining raqibi Dgagop System firmasining Naturally Speaking  tizimi bo’lishi mumkin, lekin bu tizim 3 marta qimmat turadi.



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish