DIKTOFON TEXNIKASI
Diktofon va magnitofonlar nutqlarni, tadbirkor xatlarini, telefondagi so’zlashuvlarni, og’zaki ko’rsatma va farmoyishlarni keyinchalik yozuv mashinkasida kayta bosish maqsadida yoeib olishga xizmat kiladi. Bu texnika mashinalarida yoziladigan xujjatli ma’lumotlarni kayd kiluvchi oraliq zveno sifatida ishlatiladi. Statistika shuni ko’rsatmoqdaki, hujjat matnini diktofonga yozib keyinchalik diktofondan bosish bilan tayyorlash uni qo’lda yozib tayyorlab va keyinchalik koralama qog’ozdan bosishga ketgan mehnat sarfiga karaganda 2—3 marta kamdir. Doimiy mashinada yoziladigan ishlarning xajmi katta bo’lgan tashkilotlarda diktofonli-mashinada yozish byurolarini tuzish maksadga muvofikdir.
Shunaqa an’anaviy ishlatish bilan bir katorda diktofonlar zamonaviy telekommunikaсiya tizimlarida ovozli pochta kutichasi sifatida va ekzotik soxalarda, masalan: sanoat, siyosiy va maishiy josusliklarda, xodimlar xulqini nazorat kilish tizimlarida shaxsiy telefon so’zlashuvlar mazmunini arxivlashtirish va falokatli holatlarni qayd qilishda (aviaсiyada keng ma’lum bo’lgan «qora kuticha» va boshqalar) ko’llanilmokda.
Diktofon — bu kichik magnitofon bo’lib, tovushli ma’lumotni yozish va uni naushnik yoki baland tovush chikaruvchi tashqi kuchaytirgich orkali oddiy eshitishga, ma’lumotni yozuv mashinkasida bosish yoki qo’lda qayta yozish uchun aytib turishga ishlatiladi. Diktofonlarning asosiy texnik tavsiflari kuyidagilar:
• yozishda ishlatilayotgan magnit tashuvchisining tipi;
• yozish paytida va tovushni eshitishda magnit tashuvchisining xarakat tezligi va uni bir tekis rostlash imkoniyati;
• yozuv sifati va tovushli axborotni ko’p jixatdan aniklovchi eshitiladigan chastotalar diapazoni;
• magnitli tashuvchi sig’imi va bitta yozuvning eshitilish vakti;
• o’z mikrofonidan va tashki mikrofondan yozish imkoniyati;
• tashki akustik tizim orkali eshitish imkoniyati;
• masofadan, shu jumladan ovozni boshqarish mumkinligi (tovush paydo bo’lganda avtomatik ulanib, tovush uzok vaqt bo’lmaganda uzilishi);
• shovqinsiz ishlashi;
• energiya manbai tipi (akkumulyator, batareyka yoki tarmoqdan) va ichki akkumulyatorning uzluksiz ishlash davomiyligi;
• ta’minot kuvvati va chiqish kuvvati;
• o’lchamlari va og’irligi.
Istiqbolli diktofonlarga ikki klassdagi diktofonlarni kiritish mumkin:
mikrokasseta bilan ishlaydigan diktofonlar ( Reaysogbeg);
standart minikassetalar bilan ishlaydigan diktofonlar (KesoMeg).
Mikrokassetali diktofon 120x60x20 mm o’lchamli bo’lib, bir tarafiga bir soatgacha yozish imkoniyatiga ega kassetasi bor.
Yozish tezligining pastligi va lenta o’lchamlari kichikligidan yozish sifati yuqori emas. Bunday diktofonlarda yozilgan ma’lumotlar xar xil shovqinlar va ishlab turgan motor shig’illashi bilan aralashib ketgan bo’ladi. Tashki mikrofonlarni ishlatish motor shig’illashidan qutulish imkonini beradi, lekin bu tipdagi hamma diktofonlarda ham mikrofonlarni ulash imkoniyatlari yo’k. Lekin bu turdagi diktofonlarning ko’zga ko’ringan modellari ham bor. Masalan, Olimpic L400 diktofoni sensorli boshkarishga, suyuq kristalli displeyga va tashqi mikrofondan ham, ichki mikrofondan ham sifatli yozish imkoniyatlariga ega. O’lchami bor yo’g’i 80x50x15 mm li bu diktofondan odatda maxsus maqsadlar uchun foydalaniladi va u qimmat turadi.
Tipik minikassetali diktofon 110x80x35 mm o’lchamyaarga ega bo’lib yozuv sifati nisbatan yaxshilangan. Ularda yozuv tezligi 4,76 sm/c bo’lib, kassetaning bir tarafiga bir soat yozish imkonini beradi (avtoreversli (avtomatik orkasiga yozish qurilma
si) diktafonlarda uzluksiz yozuv ikki soatgacha ). Ko’pincha kasseta sig’imini oshirish uchun yozuv tezligini pasaytiradi, lekin bu bilan yozuv sifati buzilishini o’ylab ko’rish kerak.
Ko’plab yuqori sifatli diktofonlar ma’lumotni tez eshitish, oldinga va orqaga qidirish, lentani hisoblash va belgi buyicha qidirish rejimlariga egadir. Diktofonlarning eng yangi modellari tezkor eshitib ko’rishda ovozning tabiiy tembrini saqlash (juda bo’lmaganda bilsa buladigan) imkonini beradi, bunga raqamli processorda signalni kayta ishlash bilan erishiladi.
Masalan, Minitex firmasining TP6 diktofoni «Belgi» va «Oldinga va orqaga tez qidirish», lenta hisoblagich va ichki to’g’rilanadigan mikrofon rejimlariga ega; shu firmaning TMC77 diktofoni sensorli boshqaruv, yozuvni nazorat qilish va eshitish tezligini uzgartirish tulik funkciyalar to'plami, tashqi mikrofon uchun kirishlar va masofadan boshkarish pulti bilan ta’minlangan.
Philips firmasining kompyuterli interfeysga ega bo’lgan Pocket Memo Executiv seriyadagi diktafonlari ham e’tiborga loyiqdir.
Axborotni ko’chirib bosishda, aytib turish rejimi diktofonlarni ishlatishga qulay bo’lib, eshittirishni va orqaga qaytishni sekinlashtirish mumkin, ular mashinistkaning yozuvni eshittirish sur’atidan orqada qolganda oldindan berilgan yozuv oralig’iga vaqti-vaqti bilan orqaga kaytish imkonini beradi; diktofonni boshqarish uchun oyoq pedalining (tepkining) borligi juda foydalidir (qo’llar matnni terishdan chalg’imaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |