Videokonferenciyalarni tarmoqli hol qilish variantlari
Videokonferenciyalarni bir vaqtning o’zida har bir kompyuter bilan olib boriladigan aloqalar soni buo’yicha tasniflash qabul qilingan:
• stolli (nuqta-nuqta bilan) videokonferenciyalar ikkita kompyuter orasidagi aloqani tashkil еtish uchun mo’ljallangan;
• studiyali (nuqta-ko’p bilan) videokonferenciyalar videoma’lumotlarni bir nuqtadan ko’p joylarga uzatish uchun mo’ljallangan (auditoriya oldida chiqish);
• guruhli (ko’p-ko’p bilan) videokonferenciya bir guruh foydalanuvchilarning boshqa guruh bilan muloqatini ko’zda tutadi.
Stolli Videokonferenciyalarni o’tkazish, agarda monitor videooynasi kichik o’lchamlarini (ko’pgina videokonferenciya tizimlari videoni faqat chorak еkran shaklida QCIF (Quarter Common Intermedia Format) amalga oshiradi) va bu bilan bog’langan kartinani (manzarani) kuchsiz ajratish qobiliyatini hisobga olinmasa, amalda qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Lekin uchta ishtirokchidan iborat etarlicha harakatchan videokonferenciyani tashkil еtishda hozircha aloqa kanalining o’tkazish qobiliyatiga bog’liq qiyin hol qilinadigan muammolar paydo bo’lmoqda. Masalan, agar aloqa oddiy telefon liniyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan bo’lsa, katta tayyorgarlik ishlari talab еtiladi, agar uzatish muxiti LXT (lokal hisoblash tarmog’i) bo’lsa, bunday videokonferenciyani o’tkazish tarmoqdagi qolgan hamma ishlarni tuxgatib qo’yishi mumkin. Muammolar aynan shu jarayonning dinamikasi bilan bog’liq, negaki bitta 256 rangli to’liq еkranli tasvirni yuborish uchun 1,5 Mbaytdan ortiqroq ma’lumotlarni uzatish k erak, bu еsa 10 gacha va undan ortiq sekund vaqtni talab еtadi.
Lekin agar tasvir sifati va еkrandagi kartina dinamikasi mavxumlashtirilsa, u holda videoaloqaning afzalliklari ham ko’zga tashlanadi:
• o’z hamsuxbatini ko’rish mumkin;
• bir-biriga rasmlarni va chizmalarni ko’rsatiladi;
• turli xil maxsulotlar namoyish qilinadi;
• amaliy dasturlarni masofadan turib interaktiv boshqariladi.
Tipik videoaloqa tizimi multimediali kompyuterdan tashkil topgan bo’lib, bu kompyuter videokamera, mikrofon, tasvirni va tovushni raqamlash qurilmalari (video- va audiokartalar, ular bir qator holatlarda axborotlarni siqishni ham bajaradi), bitta yoki bir nechta videoaloqani tashkil еtadigan amaliy dasturlar va еng asosiysi, abonentlarning o’zaro samarali aloqa tizimi bilan ta’minlangan. Aloqa kanali etarli darajada keng polosali (yuqori uzatish tezligini ta’minlaydigan), uzulishlarsiz va signallarni unchalik tutib qolmaydigan bo’lishi kerak, aks holda tasvir pirpirab turadi, tovush ham buziladi.
Stolli videokonferenciya tizimini amalga oshirish uchun tarmoqli echimning 4 ta varianti bor (Digital Video Conference — DVC):
Do'stlaringiz bilan baham: |