Familiarization trip yoki famtrip, ya’ni tanishtiruvchi, reklama safari. Marshrutni qaytadan batafsil ishlash va uning shartlari bilan tanishish uchun reklamali sayohatlarga asosan turli dilerlar va turoperatorlar yoki turistlik agentliklar ishchilari borishadilar. Ular butun marshrutni to‘laligicha bosib o‘tishadi va yashash sharoitlarini, ekskursiya dasturlarini, ovqatlanish asosini, transferni, madaniy va ko‘ngil ochar dasturlarni aniqlashadilar. Ularni mahalliy sharoitlar, udumlar, meditsina va sug‘urta xizmatlari, jinoiy holatlar va boshqa kritik holatlarda davlat organlari bilan birgalikda olib boriladigan ishlar haqida to‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlaydilar. Qoida bo‘yicha tanishtiruvchi turizmga ma’lum chegirmalar beriladi yoki bunday turizm to‘laligicha qatnashuvchi kompaniya tomonidan to‘lanadi. Ba’zi mamlakatlar, masalan, Isroil qabul qilish bo‘yicha turistlik faoliyatni faol qo‘llab-quvvatlab, tanishtirish bilan bog‘liq safarlarni davlat byudjetidan dotatsiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |