Fuqaro muhofazasi kuchlari ixtiyoridagi radiasion razvedka va dozimetrik asboblari Hozirgi vaqtdagi radiasiya nazorat priborlaridan, maxsus nazorat sistemalari va vositalar majmualaridan tuzilganki, ularning samarali foydalanishi berilgan talofatni kamaytiradi va xavfsizlikni ta’minlaydi. Ularning turlanishi rasm-2.4 da keltirilgan. Yadro portlashi, ma’lumki, zarba to’lqini, yorug’lik nurlanishi va singib boruvchi radiasiyadan tashqari ko’p miqdordagi radioaktiv moddalarni paydo bo’lishi bilan kechadi.
Radoaktiv zaharlanish radiaktiv moddalarni yadro portlashi sodir bo’lgandan keyin tushishi natijasida paydo bo’ladi. Radioaktiv moddalarning nurlanishi 3 xil bo’ladi: gamma, betta, alfa. Eng katta kirib borish xususiyatiga gamma-nurlar (ular havoda bir necha yuz metr masofani o’tadi), kichik kirib borish xususiyatiga betta-zarrachalar (bir necha metr) va juda oz kirib borish xususiyatiga alfa-zarrachalar (bir necha santimetr) ega. Shuning uchun hududni radioaktiv zararlanishida inson uchun asosiy xavfni gamma va betta nurlar tashkil etadi. Gamma-nurlar sutka, hafta va ba’zan oylar davomida ta’sir etishi mumkin. Gamma nurlarni inson organizmiga ta’siri organizm hujayralarini ionizasiya qilinishi va uning hayot faoliyatini buzilishiga bog’liq. Alfa va betta nurlarni ionizasiya qilish qobiliyati gamma nurlarni ionizasiya qobiliyatiga nisbatan 100 marta kuchli. Ustki kiyim va shaxsiy himoya vositalari beta nurlarni ancha pasaytirsa alfa nurlarni esa butunlay tutib qoladi. Alfa nurlar yuqori ionizasiya xususiyatiga ega bo’lganligi sababli xavfli hisoblanadi.
Radiasion zararlanish qo’yidagi xususiyatlarga ega:
katta zararlanish maydoni (ming, o’n ming km2);
zararlanish ta’sirini uzoq vaqt davomida saqlanishi (kunlar, haftalar, va ba’zan oylar);
rang, xid va boshqa tashqi belgilarga ega bo’lmagan radioaktiv moddalarni aniqlash juda qiyin.
Ionizasiya qiluvchi nurlarni aniqlashda va o’lchashda fotografiya, ssintilyasiya, ximik va ionizasion uslublar qo’llaniladi.
Rasm-2.4. Radiasii nazorat priborlari, sistema va vositalari turlanishi.
Fotografiya metodi ionizasiya qiluvchi nurlarni fotoplyonkani sezgir qatlami tasiriga asoslangan. Bunda bromli kumush ozod kumush atomlarini paydo qilib parchalanadi va kumushni o’ta mayda kristallari proyavka qilingan plyonkani qorayishiga olib keladi. Fotoplyonkani qorayish zichligi nurlanish dozasiga proporsional. Bu prinsip asosida shaxsiy fotodozimetrlar ishlaydi.
Ssintilyasion metod ba’zi moddalarni (ruh sulfati, yodli Na) ionizasiya qiluvchi nurlar ta’sirida nurlanishiga asoslangan. Vspыshkalar soni ionizasiya qiluvchi nurlar dozasiga proporsional.
Kimyoviy metod ionizasiya qiluvchi nurlarni ba’zi moddalarni ximiyaviy o’zgartirishiga asoslangan. Bu esa ushbu moddalar eritmalarini indikator qo’shilgan holda rang paydo qilishiga yoki rangini o’zgarishiga olib keladi. Bu prinsipda ximik dozimetrlarni ishlashi asoslangan.
Ionizasion metod ionizasiya qiluvchi modda atomlarini ionizasiya qilinishiga ya’ni elektrik neytral atomlarni, molekulalarni parchalab musbat va manfiy ionlar hosil qilinishiga asoslangan. Bu nurlanilayotgan modda hajmiga elektrod kiritilib o’zgarmas kuchlanish berilsa elektrodlar orasida elektr maydon hosil bo’ladi. Ionizasiya qilingan gazda elektr maydon bo’lsa zaryadlangan zarrachalarni yo’nalgan harakati paydo bo’ladi, shuningdek gaz orqali ionizasiya deb nomlaniladigan elektr tok o’tadi. Ionizasion tokni o’lchay turib nurlar intensivligi haqida ma’lumot olish mumkin. Ionizasiya metodi asosiy metod hisoblanib deyarli barcha dozimetrik priborlarda ishlatiladi.
Ionizasiya qiluvchi nurlarni muxitga ta’sirini baholashda ionizasiya qiluvchi nurlarni ekspozision dozasi. (nurlarni miqdoriy tavsiflashda) va ekspozision doza quvvati (ma’lum vaqtdagi ekspozision doza) fizik kattaliklari foydalaniladi.
Ekspozision doza - rentgen (r)da o’lchanadi. Ekspozision doza quvvati - rentgen soatda(r/s)-yoki millirentgen/soat (Mr/s) o’lchanadi va radiasiya darajasi deb ataladi.
Deyarli barcha dozimetrik priborlar qo’yidagilardan iborat (rasm-
2.5):
Qabul qilish qurilmasi (nurlanish detektori).
Elektrik sxema – juda kichik va bevosita o’lchash qiyin bo’lgan ionizasiya tokini kuchaytirish va o’zgartirish uchun mo’ljalangan.
O’lchash pribori – mikroampermetr.
Kuchlanish o’zgartirgichi - detektor va elektrik sxemani yuqori kuchlanish bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan. Bu batareya kuchlanishini priborni normal ishlashi uchun kerakli qiymatlargacha oshiradi.
Rasm-2.5. Dozimetrik asbob tuzilishini prinsipial sxemasi.
Dozimetrik priborlarda detektor sifatida ionizason kamera (rasm2.6) yoki gazorazryad schetchigi ishlatiladi. Ionizasion kamera havo bilan to’ldirilgan yopiq hajm bo’lib unda 2-ta elektrod joylashtirilgan va ularga o’zgarmas tok manbaidan kuchlanish beriladi. Agar ionizasiya qiluvchi nurlar bo’lmasa, kamera zanjirida elektr tok ham bo’lmaydi, chunki havo yaxshi izolyator hisoblanadi. Ionizasion nurlar ta’sirida havo molekulalari ionizasiya qilinadi. Bunda musbat zarrachalar katodga (manfiy elektrodga), manfiy zarrachalar esa anodga (musbat elektrodga) intiladi. Kamera zanjirida ionizasiya toki paydo bo’ladi va u mikroampermetr bilan o’lchanadi. Ionizasiya tokini raqamli qiymati nurlanish quvvatiga proporsional.