Rasm- 2.6. Ionizasion kamera sxemasi: 1- kamerani ichki yuzasi va o’zagi (musbat elektrod); 2- metall xal qa (manfiy elektrod); 3-kamerani tubi; 4-izolyator; 5-muhofaza xalqasi.
Gazorazryad schetchigi mayda intensivlikdagi radioaktiv
nurlanishlarni o’lchaydi. U siyraklashtirilgan inert gazlar (argon, neon) va spirt bug’lari (schetchik ishini yaxshilash uchun) aralashmasi bilan to’ldirilgan germetik metall yoki shishali silindr shaklida bo’ladi. U silindr ichida uning o’qi bo’ylab o’tkazilgan ingichka metall ipdan (anod), va silindrni ichki yuzasiga yotqizilgan metall qatlamidan (katod) iborat. Metall ip va tok o’tkazuvchi qatlamga elektr tok kuchlanishi beriladi.
Radioaktiv nurlanish bo’lmaganda schetchik hajmida ozod ionlar yo’q, shuning uchun schetchik zanjirida elektr toki ham bo’lmaydi. Radioaktiv nurlanish ta’sirida schetchik hajmida zaryadlangan zarrachalar (musbat ionlar va elektronlar) paydo bo’ladi. Elektronlar elektr maydon ta’sirida anod tomonga harakatlana turib kinetik energiyaga ega bo’lishadi va o’zlari gazli muhit atomlaridan elektronlarni urib chiqaradi. Bu elektronlar esa o’z o’rnida yana ionizasiyani keltirib chiqaradi. Shunday qilib radioaktiv nurlarni bitta zarrachasi, bir necha elektronlarni paydo bo’lishiga olib keladi. Schetchik ipida (anod) ko’p miqdorda elektronlar to’planadi, musbat potensial pasayadi va elektrik impuls paydo bo’ladi. Impuls sonlarini ma’lum vaqt ichida registrasiya qila turib, radioaktiv nurlarni intevsivligini baholash mumkin.
Dozimetrik priborlar qo’yidagi maqsadlarga ishlatiladi:
Nurlanishni nazorat qilish (odamlar va qishloq xo’jalik hayvonlari tomonidan olingan nurlanishni ekspozision dozasi haqida ma’lumot) - shaxsiy dozimetrik komplektlari.
Radioaktiv zararlanishni nazorat qilish (odam,hayvon, texnika, transport, jihozlarni, shaxsiy himoya vositalari, oziq-ovqat, suv va boshqalarda radioaktiv zararlanishni nazorat etish) - radiometrlar.
Hududlarda radiasiya darajasini aniqlash - radiasion razvedka, radioaktivlik indikatorlari, radiometr-rentgenometrlar.
Shaxsiy dozametrlar komplekti DP 22V va DP-24. cho’ntakli ko’rsatuvchi DKP-50A dozimetrlardan iborat bo’lib odamlar tomonidan radioaktiv moddalar bilan zaharlangan hududlarda ishlash jarayonida olinadigan gamma nurlanishlarni ekspozision dozasini aniqlash uchun mo’ljallangan.
DP-22V ZD-5 zaryad qurilmasi va 50 ta shaxsiy cho’ntakli DKP50A dozimetrdan, DP-24 esa DP-22Vdan farq qilib 5 ta DKP-50A dozimetrlaridan iborat.
Zaryadlash qurilmasi DKP-50A dozimetrlarni zaryadlash uchun mo’ljallangan bo’lib unda kuchlanish o’zgartirgichi, yuqori kuchlanish to’g’irlagichi, potensiometr-kuchlanish rostlagichi, zaryad uychasini yoritgichi, mikrokalit va ta’minlash manbai joylashgan. Ta’minlash manbai 2 ta 1,6 MPU-U-8 quruq elementlardan iborat bo’lib priborni 30 soat davomida uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Zaryad qurilmasi chiqishida kuchlanish 180-250V ni tashkil etadi.
Cho’ntakli DKP-50A dozimetrlari (rasm-2.7) gamma nurlarni ekspozision dozalarini o’lchashga mo’ljallangan avtoruchka shaklida ishlangan. Dozimetr dyural korpusdan iborat bo’lib unda ionizasion kamera (kamerada elektroskopli kondensater joylashtirilgan), o’lchash qurilmasi (okulyar, obyektiv va shkaladan iborat) va zaryadlash qismi (diafragma, harakatlanuvchi kontaktli shtir) joylashgan.
Dozimetrni zaryadlash paytida elektroskopni vizir ipi elektrostatik itarish kuchi ta’sirida ichki elektroddan uzoqlashadi va o’lchash qurilmasi shkalasini nuli bilan birlashadi. Gamma nurlanishlar ta’sirida kamera hajmida ionizasion tok paydo bo’ladi. Ionizasion tok kondensatorni va kamerani boshlang’ich zaryadini, demak ichki elektrod patensialini kamaytiradi. Bu esa vizir ipi va elektrokoskop tutqichi orasidagi elektrostatik itarish kuchini kamaytiradi; vizir ip va tutqich bir biriga yaqinlashadi. Vizir ipini shakli o’lchash shkalasida siljiydi.
Rasm-2.7. DKP-50A dozimetrii: a – umumiy ko’rinishi; b – shkalasi.
Radiometr - rentgenenmetrlar DP5A (rasm-2.8) va DP-5V hududlarda radiasiya darajasini va turli predmetrlarni radioaktiv zararlanishini gamma nurlanish bo’yicha o’lchashga mo’ljallangan. Gamma nurlanish quvvati mr/soat yoki r/s o’lchanadi. Asbobda bettanurlarni aniqlash ham mumkin.
Pribor (rasm-2.9) 6 ta o’lchash poddiapazonlariga ega bo’lib 0,05 mr/s to 200 r/s o’lchaydi. Ko’rsatkichlar mikroampermetr shkalasi bo’yicha hisoblanib poddiapazon koeffisiyentiga ko’paytiriladi. Shkalani 0 dan birinchi raqamlarigacha bo’lgan uchastkasi ish uchastkasi hisoblanmaydi. Asbob 1-chi poddiapazondan tashqari barcha poddiapazonlarda tovushli indikasiyaga ega (telefon yordamida eshitiladi). Pribor 3ta KB-1 quruq elementlaridan ishlaydi va 40 soat (DP5A) va 55 soat (DP 5V) uzluksiz ishlashi mumkin. Bu elemntlardan bittasi shkalani yoritish uchun mo’ljallangan.
Rasm-2.9. DP-5A radiometr-rentgenometrini o’lchash pulti:
1-tashqi qismi; 2-old qismi; 3-mikroampermetr ko’rsatkichlarini o’chirish tugmasi; 4-telefonni ulash uychasi; 5-ish rejimini rostlash patensiometrini dastagi; 6-mikroampermetr; 7-shkalani yoritish kaliti; 8-podiopazonlarni qayta ulash dastagi; 9-zond kabelini ulash joyi; 10-nolni mexanik o’rnatish probkasi.
Ta’minlash manbalari bo’lmaganda priborlar tashqi o’zgarmas tok manbalariga (3,6 va 12 v DP-5A; 12 yoki 24 v DP 5V) ta’minlash kolodkalari va kuchlanish bo’luvchilari (uzunligi 10 m kabeli b/n) orqali ulanadi.
Priborni qabul qilish qurilmalari gazorazryad schetchiklari bo’lib
DP 5A priborida: bittasi (SIZBG) o’lchash pultida; ikkita (SIZBG va STS5) zondda, DP 5V priborida 2 ta (SBM-20 va SIZVG-5) detektrlash blokida joylashgan.
Zond va detektrlash bloki po’loddan yasalgan silindrsimon korpus bo’lib etilsellyulozali suv o’tkazmaydigan plenka bilan qoplangan va betta-nurlarni indikasiya qiladigan derazadan iborat. Korpusga metalldan yasalgan va buraladigan ekran o’rnatilgan. Bu ekran zondda 2 holatda («G», «B») va detektrlash blokida esa 3 holatda («G», «B», «K») fiksasiya qilinadi. «G» holatda gamma nurlar, «B» holatda betta nurlar va «K» holatda nazorat betta-nurlanish manbai ulanadi. Bunda DP-5V priborini ishga yaroqliligi tekshiriladi. O’lchov pultini schetchigi «200» poddiapazonida ishga tushiriladi.
Rentgenometr DP-3B bort asbobi hisoblanib, u avtomobil, kater, samolet, vertolet va boshqa harakatlanuvchi razvedka olib boruvchi vositalarga o’rnatiladi. Bu radioaktiv moddalar bilan zararlangan hududlarda radiasiya darajasini o’lchashga mo’ljallangan, Pribor 12 yoki 24v kuchlanish bilan ishlaydi.