Kassalik nomlari
Davomiyligi
O’lat
2-3 kun
Xolera
6 soatdan 5 kungacha
Sibir kuydirgisi
Bir necha soatdan 8 kungacha
Tif
6 dan 21 kungacha
Tulyaremiya
2 dan 6 kungacha
Ospa
5 dan 22 kungacha
Qorin tifi
7 dan 25 kungacha
Salmonellez
6 saotdan 2 kungacha
Botulizm
6 soatdan 24 soatgacha
Dizenteriya
1 dan 7 kungacha
Brusellez
1 haftadan 50 kungacha
Yuqumli gepatit
15 dan 50 kungacha
Difteriya
2 dan 10 kungacha
Kor
7 dan 17 kungacha
Skarlatina
O’rtacha 3-7 kun
Stolbnyak
5 dan 14 kungacha
Observasiya yoki karantin zonasida qolgan aholi vahimaga
tushmasligi va ularning oldiga qo’yilgan hamma talablarni qat’iyan
bajarishi kerak.
Yuqumli kasalliklarni bartarf etish va epidemiya avj olib ketishni
tugatish choralari kompleksida dezinfeksiya muhim rol uynaydi. U
obyektlardagi va tashqi muhitning turli qatlamlaridagi yuqumli
kasalliklarning qo’zg’atuvchilarni yo’q qilish o’tkaziladi.
Dezinfeksiyaning quyidagi usullari mavjud:
182
- mexanik usul - bu kir yuvish, qo’llarni, badanni yuvish, polni
supurish va yuvish, chang artish. Bunda odamdagi kir bo’lgan birga
kasallik qo’zg’atuvchilari ham olib tashlanadi;
- fizik usul - bu suvda qaynatish, bug’latish va uy sharoitida tez-tez
qo’llaniladigan dazmollashdir. Bu usulda qo’zg’atuvchilar muayyan
ekpozisiyada yuqori temperaturada yo’q qilinadi, chunki
qo’zg’atuvchilarning yuqori haroratga chidamliligi har xil bo’ladi;
- kimyoviy usul – bu turli kimyoviy moddalarning kasallik
qo’zg’atuvchilarini qirib tashlash xususiyatiga asoslangan. Xlorli
preparatlar – xlorli ohak, xloramin, kalsiy gipoxlorid tuzi, lizol-
dezinfeksiya ishlarida eng ko’p qo’llaniladigan kimyoviy moddalardandir.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari majmuida turli kasalliklar
qo’zg’atuvchilarini odamlar yuqtirmaydigan bo’lishlari uchun vaksinasiya
o’tkaziladi. Vaksinasiya yoki emlash kasallik ham yo’q vaqtda rejaga
muvofiq (majburiy vaksinasiya) hamda kasallik avj olgan paytda epidemik
ko’rsatkichlarga binoan o’tkaziladi.
Yuqumli kassalanishlarda dezinfeksiyalash uchun ishlatiladigan
kimyoviy moddalar jadval-3.15 da keltirilgan.
Jadval-3.15
Yuqumli kassallanishlar o’chog’ida dezinfeksiyalash uchun ishlatiladigan
kimyoviy moddalar
Dori nomi
Qo’llash usuli
Zararsizlantiriladigan
joylar
Tindirilgan 0,2-5 %li
xlorli ohak eritmasi
Sepish, artish
Turar joyi va ish xonalari,
mebel
10-20 %li xlorli ohak
eritmasi
Sepish
Bino, xojatxona tashqi
yuzalari
183
0,-1 %li xloramin
eritmasi
Sepish, artish
Turar joy va ish xona,
mebel, oshxona idishlari,
choyshablar
Lizolni 3-5 %li suvli
eritmasi
Chayish, artish
Turar joy va ish xona,
mebel, oshxona idishlari,
choyshablar, poyavzal,
kassallar najasi
Gipoxlorid kalsiyni 1-3
%li asosli tuzining
eritmasi
Artish, sepish
Turar joy xonalari, umum
foydalanish joylari, satil,
tovar vagonlari
Vodorod perekisini 3
%li eritmasi
Artish
Xonalarni devorlari, poli
Etilen oksidi (metall
balonlarda)
500 ml/m3
konsentrasiyagacha
sochish
Yopiq xonalar
Halokat joylarida epidemik sharoitga baho berishda quyidagi
sanitar-epidemiologik razvedka o’tkaziladi:
- epidemiologik ko’rsatkichlarga binoan kasallanish dinamikasini va
strukturasini tahlil qilish:
- ofat joylarida qolgan, ko’chirib olib borilgan joylardagi aholi
o’rtasidagi epidemik sharoitga aniqlik kiritish;
- tashqi muhitni ko’z tashlab shuningdek laboratoriyada tekshirish:
- aholi punktlari, suv ta’minoti manba’lari, kommunal va oziq-ovqat
obyektlari va boshqalarni ko’rib chiqish;
- ishlab chiqarish binolari, suv ta’minoti, kanalizasiya tizimlari
vayron bo’lishi natijasida ofat o’chog’idagi sanitariya-gigiyena va
epidemiologiya sharoitini yomonlashuvini, atrof-muhit ifloslanishini
yomonlashtirayotgan xalq xo’jaligi obxektlarini aniqlash, tekshirib
chiqish;
184
- kasallarni, shikastlangan va sog’lom kishilarning sog’-salomlashni
so’rab-surishtirish va tekshirib ko’rish.
XTXni tashkil etilish uch tarkibiy qismdan iborat bo’lib tibbiy
xizmatni amaldagi kuchlari va vositalaridan samarali foydalanishga
asoslangan.
1 qism - bu boshqaruv tizimi hisoblanadi. U respublika darajasida
sog’liqi saqlash vazirligi boshchiligida turli vazirlik va idoralar
vakillaridan tashkil topgan idoralararo muvofiqlashtiruvchi maxsus
hay’atdan iborat. Bu hay’at FV yuz berganda ish boshlaydi va FV
oqibatlari to’liq tahlil qilingancha davom etadi. FV bo’magan paytlarda
esa, doimiy ishlarni hay’atning shtatlari olib baradi.
2 qism - amaldagi shoshilinch tibbiy yordam tizimidir. Bu
bosqichda ixtisoslashgan tez tibbiy yordam xizmati (1 bosqich),
shuningdek ShTYoDIM (Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy
Markazi), uning mintaqaviy filiallari, va tuman markaziy kasalxonalari
(TMK)(2 bosqich) XTX uchun asosiy bo’g’inlar hisoblanadi. Bunda
ShTYoDIM saralash evakuasiya gospitallari sifatida, TMK esa
ixtisoslashgan kasalxonalar sifatida faoliyat ko’rsatadi.
3 qism - bu XTXni ixtiosolashgan bo’g’ini bo’lib, u doimo shay
turadigan shtatli va shtatsiz, maxsus tuzilmalarni o’z ichiga oladi.
FV o’chog’larida har xil epidemiya turlari sodir bo’lishi (aralash-
quralash o’choq yuzaga kelishi) va ommaviy sanitariya talafotlari ehtimoli
borligi munosabati bilan tibbiy yordam ko’rsatishga juda ko’p tibbiy
tuzilmalar jalb qilinishi, shikastlanganlarni yotqizish va davolash uchun
ko’pgina tibbiyot muassasalari jalb qilinadi. Hozirgi vaqtda FVning
185
tibbiy-sanitariya oqibatlarini muvaffaqiyat bilan tugatish uchun FMTXda
quyidagi yordamchi bo’linmalar mavjud:
1.
Sanitariya drujinalari (SD).
2.
Ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam (IShTYo), Infeksion
brigada (IShTYoIB)lari (7 kishi).
3.
Sanitariya - profilaktika brigadasi (SPB). - (7 kishi).
SPB respublika sog’liqni saqlash vazirligining Davlat shoshilinch
tibbiy yordam ilmiy markaziga itoat etadi va yuqori malakali
mutaxassislardan tuziladi. SPB FV vaqtida:
- yuzaga kelgan vaziyatga, ofat o’chog’idagi epidemiologik
ahvolga, laboratoriya-kasalxona bazalarini, mahalliy epidemiyaga qarshi
kurashish xizmati sohalarining qanchalik shayligiga baho beradi;
- epidemiologik razvedka o’tkazish, ofat o’chog’i chegaralarini
aniqlash, kasallarni izolyasiya qilish va maxsus kasalxonalariga yotqizish
va bu kasalxonalarda kerakli rejim shartlariga rioya qilish;
- infeksiya o’chog’larini va cheklash choralarini rejalashtirish va
o’tkazish;
- yuqumli kasalliklarni indikasiya qilishni va tashxislashni tashkil
etish;
- infeksiyaning ehtimol bo’lgan manbalariga baho berish;
- Davlat shoshilinch tibbiy yordam respublika ilmiy markaziga
axborot berib turish.
4. Epidemiyaga qarshi ixtisoslashgan brigada (EQIB (33 kishi)). Bu
brigada o’latga qarshi kurash stansiyalari asosida tashkil etiladi.
EQIBning vazifalari:
186
- karantinli (o’ta xvafli) infeksiyalar qo’zg’atuvchilariga
laboratoriyada tashxis qo’yishda qatnashish, ular paydo bo’lganda
cheklash va tugatish;
- har xil yuqumli kasalliklarni muhofazasi usullarni amalda
o’zlashtirsh, ular paydo bo’lganda davolash, dezinfeksiya qilish rejali
maxsus tayyogarlik ko’rishni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |