Yevropa mamlakatlarida favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish tizimi faoliyati
Finlandiyada aholini FVdan muhofaza etish va xavfsizligini
ta’minlash qutqaruv xizmatiga yuklatilgan. Qutqaruv xizmati tez yordam
vazifasini ham o’taydi. Qutqaruv xizmati mahalliy byudjet hisobidan
mablag’ bilan ta’minlanadi.
Qutqaruv bo’limi kundalik yong’inga qarshi avariya qutqaruv va
tibbiy sanitar ishlarini olib boradi. Tezkor tayyorgalik bo’limi boshlig’i
FVda zarur jixoz va resurslar tayyorligini ta’minlashda, profilaktik
tadbirlarni rejalashtirishga, navbatchi xonalar va idoralar markaziy
apparatlarini tayyor ushlab turish uchun mas’uldir. Ma’muriy bo’lim
xo’jalik va kadrlar masalasi bilan shug’ullanadi. Texnik bo’limning
208
vazifasi qutqaruv xizmati balansida binolar, inshootlar va texnikani soz
holda ushlab turish va joriy ta’mirlash, texnik rejalashtirishdan iborat.
Nazorat bo’limi qutqaruv organlarining tizimi va faoliyatini tartibga
soluvchi qoidalarga rioya qilish va zarali moddalarni tashish ustidan
kuzatuv olib boradi. Aholini muhofaza qilish bo’limi favqulodda
holatlarda zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va o’tkazadi. Uning tarkibiga
FM byurosi va pana joylar hamda qutqaruv inshootlari bo’yicha byuro ham
kiritilgan.
Finlandiyada aholini muhofaza inshootlari bilan ta’minlash
masalasiga hal qiluvchi o’rin berilgan. Xelsinkini o’zida 4400 dan ortiq
bombadan berkinish joylari mavjud.
Qutqaruv xizmati tizimida mintaqaviy trevoga markazi alohida o’rin
egallaydi. Markaz sutka davomida baxtsiz hodisalar haqidagi xabarlarni
qabul qiladi, o’t o’chirish va qutqaruv komandalarini. Tez yordam
mashinalarini chaqiradi va umuman qutqaruv xizmatining barcha tezkor
faoliyatini boshqarib turadi.
Zarurat tug’ilganda fuqaro mudofaasiga Xelsinkidagi
muhofazalangan boshqaruv markazidan amalga oshiriladi. Bu markazda
rahbariyat, shaharning hokimiyat organlarining yetakchi tashkilot va
muassasa vakillari ish olib boradilar.
Rayonlarda umumiy rahbarlik mahalliy organlar zimmasiga
yuklatilgan. Qutqaruv ishlari qutqaruv tuzilmalari rahbarlari boshchiligida
amalga oshiriladi.
Qutqaruv xizmatida kadrlarni o’qitishga katta e’tibor beriladi. Shu
maqsadda qutqaruv maktabi tashkil etilgan. Qutqaruv xizmatiga yangi
209
qabul qilinganlar o’z faoliyatlarini qutqaruv maktabidan boshlaydilar.
Yuqori zveno rahbarlari har yili uch kundan, ikki yilda bir marta esa 2
haftalik kurslarda ta’lim oladilar.
Finlyandiyadagi Qutqaruv xizmati falsafasi quyidagi prinsiplarga
asosalangan:
- insonparvarlik;
- demokratiya;
- erkin intizom;
- tezlik;
- o’z ishini bilish;
-epchillik.
Finlyandiyada tayyorgarlikning uch bosqichli tizimi qabul qilingan.
1-bosqich – kundalik FVga shay turish: buning uchun 100 kishi
navbatchilik qiladi;
2-bosqich – falokat va ofatlarga nisabatan o’z shayligini bildirish.
Bunday hollarda 2500 odam harakatda bo’ladi;
3-bosqich – umumdavlat miqyosida tinch vaziyatlar sodir bo’lgan
holatda mo’ljalllangan. Bu davrda FM tizimi 8400 kishilik qutqaruv fuqaro
muhofazasi guruhini tashkil etadi.
Shveysariya mamlakat konstitusiyasiga asosan aholini va hududlarni
FV muhofaza qilish vazifasi konfederasiya zimmasiga yuklatilgan.
Shveysariyada xavfsizlik doktrinasining bosh tamoyili birinchi navbatda
mahalliy kuch va vositalarga, hamda boshqaruvning quyi zvenolariga
tayanishdan iborat. Tayyorgarlik va muhofaza tadbirlarini asosiy qismi
kommunallar (500ta xo’jalikni o’z ichiga oluvchi ma’muriy hududiy
210
birlik) darajasida olib boriladi. Kommunalar kantonlarga (ular soni 26 ta)
birlashtirilgan. Xavfsizlik bo’yicha umumiy muvofiqlashtiruvchi rolni
federal organlar uynaydi. FV sodir bo’lganda birinchi bo’lib harakatni
polisiya, o’t uchirish tuzilmasi va tez yordam boshlaydi. Fuqaro mudofaasi
bo’linmalari asosan yirik FVda yordamga keladi. Fuqaro mudofaasi kuch
va vositalari yetarli bo’lmasa qutqaruv ishlariga armiya qism va
bo’linmalari jalb qilinadi.
Shveysariyada doimiy harbiy tuzilmalar yo’q, professional
qutqaruvchilar soni esa ko’p emas. Shu sababli barcha aholi saper - o’t
o’chiruvchi va tibbiy tuzilmalarga, armiya qismlariga biriktirilib qo’yilgan.
Bu tuzilmalarga biriktirilganlar trevoga e’lon qilingandan so’ng mustaqil
ravishda halokat sodir bo’lgan joyga yetib keladilar va professional o’t
o’chiruvchilar, mediklar, harbiylar va polisiyaiga yordam beradilar.
Fuqaro mudofaasi ishlariga sarflanadigan mablag’lar xizmatdan
ozod qilinganlar to’laydigan soliqlar, sug’urta yig’imlari va ko’ngilli
xayriya jamg’armalardir. Davlat esa fuqaro mudofaasi quyi tuzilmalarini
xarajatini bir qismini qoplaydi.
Qutqaruvchilar hayoti va sog’lig’ini sug’urta qilish tizimi keng
rivojlangan.
Qonun xujjatlarida u yoki bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar yoki
oldi-sotdi bilan shug’ullanuvchi firmalar tomonidan zaxiralar to’plash
ko’zda tutilgan.
Shveysariyada FM boshqarish tizimida federal organlar asosiy
hisoblanib ular FM sohasida siyosiy qarorlar ishlab chiqish, tadbirlarni
211
muvofiqlashtirish, boshqaruvning yuqori va o’rta zveno mutaxassislarini
qidirish, yollash va o’qitish bilan shug’ullanadilar.
Kommunallar sektorlar, kvartiralar va hovlilarga bo’linadi, ularning
har birida saylab qo’yilgan ko’ngilli boshliqlar bor.
Shveysariyada ommaviy oldindan o’tkaziladigan evakuasiya
tadbirlaridan voz kechilgan. Mamlakat aholisining barchasi pana joylar
bilan ta’minlangan. Mamlakatda FM mutaxassislarini tayyorlash va aholini
o’qitishning samarali tizimi tashkil etilgan. Mamlakatda qonun hujjatlari
majmui (fuqaro muhofazasi to’g’risida, FM inshshotlari to’g’risida va
boshqalar) qabul qilingan.
Germaniyada aholi va hududlarni tbaiiy, texnogen xususiyatli
FVlardan muhofaza qilish muammolarini hal etish Ichki ishlar vazirligiga
yuklatilgan. IIV qoshida doimiy FM shtabi tashkil etilgan.
IIV qoshida doimiy harakatda bo’lmagan harakatlar oqibatlarini
tugatish bo’yicha shtab va ommaviy qrg’in qurollaridan aholini muhofaza
qilishni tashkil etish komissiyalari tuzilgan. Shtab va komissiyalar faqat
zarurat tug’ilgandagina asosan FV sodir bo’lgan joyning rahbarlari
iltimosiga ko’rilishga kirishadi.
IIV tomonidan halokat va tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning
namunali rejasi ishlab chiqilgan. Bu reja asosida rayon boshqaruvi
organlari, federal yerlar hukumatlari FV sodir bo’lganda muhofazaning
umumiy rejasini ishlab chiqadilar.
Germaniyada tinchlik davridagi halokatlar va tabiiy ofatlardan
muhofaza masalalari federal yerlar mas’uliyatiga kiradi va ular halokat,
212
tabiiy ofatlar ro’y berganda muhofaza to’g’risida o’zining xususiy
qonuniga ega.
Federal qonundan kelib chiqib federal yerlar halokat sodir
bo’lganda yordam ko’rsatish uchun boshqa federal yerlar va federasiyalar,
chegara qo’shinlari va bundesver kuchlarini jalb qilishi mumkin. Tinchlik
va urush davrida FVlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish
masalalarini hal etish uchun mo’ljallangan asosiy xizmat-halokatlardan
muhofaza qilish xizmatidir. Uning tarkibiga o’t uchirish, sanitariya
tuzilmalar va texnik yordam ko’rsatish federal boshqarmasi kiradi.
Ularning faoliyati, jihozlanishi, o’qitish, bino va inshootlarni ekspluatasiya
qilish federal byudjet hisobidan mablag’ bilan ta’minlanadi.
Germaniyadagi FMni asosiy tadbirlari «fuqarolarni muhofaza qilish
maqsadida himoya inshootlari qurish to’g’risida» (1967)gi qonunlar
talablariga mos ravishda amalga oshiriladi. 1980 yili «Germaniya federativ
respublikasi aholisini muhofaza qilish to’g’risida»gi qonun qabul qilingan.
Italiyada maxsus tashkiliy tizim – fuqaro muhofazasi milliy xizmati
(FMMX) tashkil etilgan. FMMX faoliyatiga umumiy rahbarlik va
muvofiqlashtirishni FMni muvofiqlashtirish vaziri FM vazirligi orqali
amalga oshiradi. Vazirlik qoshidagi FM tezkor qo’mitasi FMga yagona
rahbarlikni ta’minlaydi va uning barcha xizmatlari faoliyatini
muvofiqlashtiradi. Uning tarkibiga hukumat organlari yuqori zveno
rahbariyatining vakillari kiradilar. Bundan tashqari Italiya hukumati
tomonidan fuqaro muhofazasi millliy kengashi ta’sis etilgan. Uning
vazifasi FMMXning turli dastur rejalari ko’rsatkichlari va me’yorlarini
aniqlashdan iborat.
213
Viloyat darajasida FMga rahbarlikni komissar, mahalliy darajada
esa viloyat va kommunallarda tegishli prefekt yoki mer amalga oshiradi.
Italiya FMMX kuch va vositalari tarkibiga muhofaza qilish milliy
korpusi, qurolli kuchlar bo’linmalari, polisiya, o’rmonlarni muhofaza
qilish davlat korpusi, alp xizmati milliy korpuslari, gidrografik dengiz
xizmatlari, ilmiy-tadqiqot gruppalari va muassasalari, Italiya qizil xoj
milliy sanitar xizmati tashkilotlari va ko’ngillar kiradi.
Italiyada aholi va hududlarni, obyektlarni muhofaza qilish «Italiya
FM milliy xizmatini ta’sis etish to’g’risda»gi (1990 yil) qonun talablari
asosida amalga oshiradi. Qonunda bu xizmat organlarining vazifalari,
tashkiliy tizimi va vakolatlari to’la bayon etib berilgan, FMMX
kuchlarining tez ishga kirishuvchi tarkibi aniqlangan, bu tizimga
yuklatilgan vazifalar ijrosini tashkil etish va mansabdor shaxslarning FV
sodir bo’lgandagi harakatlari tartibi belgilangan. Bundan tashqari FMMX
oldiga qo’yilgan vazifalarni hal etishda jalb qilinadigan ko’ngillilar,
xizmatlar, tashkilotlar faoliyatini moliyalash tartiblari bayon etilgan.
Fransiyada aholi hududlarni FVlardan muhofaza qilish tizimiga
umumiy rahbarlikni ichki ishlar vazirligi FM departamenti orqali amalga
oshiradilar.
Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun davlat boshqaruvchining
barcha darajalarida FMning boshqaruv organlari tashkil etilgan. Mahalliy
va mintaqaviy darajalarda FMga rahbarlikni tegishli ma’muriyat boshlig’i
(prefekt yoki mer) amalga oshiradi.
FM masalalari bilan FMni milliy kengashi shug’ullanadi. U 30 dan
ortiq hukumat, professional va boshqa tashkilotlarni 200 parlamentariy va
214
bir qator mintaqaviy darajadagi yetkachi lavozimdagi shaxslardan iborat
oliy majlisni o’z ichiga oladi.
Fransiyada
qutqaruv
ishlarini
muvofiqlashtirishning
markazlashmagan shakli qabul qilingan. Har bir departament va yirik aholi
punkti tabiiy ofat, avariya oqibatlarini tugatish uchun kuch va
vositalarning maxsus tizimiga ega.
Halokat haqidagi xabar avval polisiyaga, so’ngra perefekturani
xizmatlarini tashkil etish va yordam berish bo’yicha markaziy kengashiga
kelib tushadi. Halokat sodir bo’lgan joyga halokat o’lchamlarini aniqlash,
qutqarish va evakuasiya tadbirlarini o’tkazish uchun otryad yuboriladi.
So’ngra halokat zonasiga o’t o’chiruvchilar, toksikologik va boshqa
brigadalar, shuningdek tibbiy bo’linmalar yetib, klishadi. Bu tibbiy
bo’linmalar 1956 yilda tashkil etilgan tibbiy xizmat – SAMU tomonidan
shakllantiriladi.
SAMU asosiy funksiyalardan biri departament doirasida turli
qutqaruv xizmatlarining tibbiy yordam barcha turlari bo’yicha faoliyatini
muvofiqlashtirishdan, chaqiriqlarni qabul qilish va shikastlanganlarni
yordam markazlariga taqsimlashdan iborat.
FVda jabrlanganlarga tezkor yordam berish tizimida ko’ngilli
qutqaruvchilar tuzilmalari muhim rol uynaydi.
1964 yili Fransida 6-24 soat ichida safarbarlikka va halokat sodir
bo’lgan joyga avariya-desant yo’li bilan tushiriladigan, avtonom holda
faoliyat ko’rsata oluvchi va barcha anjomlar bilan jihozlangan tez ishga
kirishuvchi harbiy-munisilial otryad (EMMIR) tashkil etilgan. EMMIR
215
modul tizimga ega, bu unga zarurat tug’ilganda o’z mutaxassisligini
o’zgartirish imkoniyatini beradi.
1974 yildan boshlab maxsus fuqaro xavsizligi o’quv bo’linmasi
(WSC) faoliyat ko’rsatib kelmoqda. U 50 kishilik tezkor va texnik
guruhlardan iborat bo’lib, sutka davomida avtonom holda ishlay oladigan
tez ishga kirishuvchi desant otryadlarini tayyorlaydi.
Korxona, muassasalar, jamoat birlashmalarida FVlarning oldini
olish tugatish sohasidagi faoliyat 1957 yilda qabul qilingan fuqaro
mudofaasi tug’risidagi qonun asosida amalga oshiriladi. Fransiyada FM
xarajatlari byudjetning 5%ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |