O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
«Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi
J.M.Qurbonov, J.S.Fayziyev
FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQARO
MUHOFAZASI
fanidan
O’QUV QO’LLANMA
Samarqand iqtisodiyot va servis
instituti Ilmiy Kengashining
2009 yil 27 fevral №7 - sonli
bayonnomasiga ko’ra o’quv qo’llanma
sifatida tavsiya etilgan
SAMARQAND – 2009
J.M.Qurbonov, J.S.Fayziyev. Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi. O’quv
qo’llanma. SamISI. 2009 y. – 284 bet.
Taqrizchilar:
1. Turdiqulov A.
- Samarqand viloyati favqulodda
vaziyatlar boshqarmasi mutaxassisi
2. B.T.Eshquvvatov
- SamISI professori, t.f.d., O’zFA
akademigi
Institut Ilmiy Kengashi №7 bayoni bilan tasdiqlangan. 27 fevral 2009 yil.
Annotasiya
Ushbu o’quv qo’llanma bakalavriaturaning barcha yo’nalishlari uchun,
tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturi asosida O’zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi institutining va boshqa chet davlatlar
manba’lardan foydalanib tuzilgan bo’lib, unda favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni
muhofazasi haqida ma’lumotlar berilgan.
O’quv qo’llanma ta’lim yo’nalishlaridagi bakalavriatura va mutaxassislar
uchun mo’ljallangan.
© J.M.Qurbonov, J.S. Fayziyev. 2009 y.
2
KIRISH
Ona sayoramizda ilk qadamlarni qo’ygan va tafakkur imkoniyati
darajasiga ko’tarilgan uzoq ajdodlarimiz yashash joylarida o’zlariga xavf
solib turgan yirtqichlardan ham xavfli ofatlar bo’lishini tezda tushinib
yetishgan. Chunki, o’sha davrlarda ham zilzilalar, vulqonlar, to’fonlar, suv
toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlar insonlarning ojiz va siyrak qabilalariga
sezilarli zarar yetkazib turgan.
Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, o’tgan davr mobaynidagi
sovuq urushlar, tinchlik davrlarida qo’llanilgan zamonaviy qurollar, turli
ko’rinishdagi falokatlar va boshqa muammolarni tahlil qiladi va yangi asr
bo’sag’asida bajariladigan tadbirlarni har tomonlama asoslagan holda
belgilab oladi.
XX asr poyonida xafsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb
muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarishni yuqori taraqqiy etgan
texnologiyalar bilan ta’minlashi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush
vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va
iqtisodni barqaror rivojlanishiga xavf solib turibdi. Shuning uchun eng
muhim vazifalar O’zbekiston aholisi va hududini turli xil favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizni ta’minlash hisoblanadi.
Respublikamiz Prezidenti I.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida
«Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy
doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga
aylangan»ligini e’tirof etganlar. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda»
3
asarida Prezidentimiz vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi
to’g’risida batafsil to’xtab o’tganlar.
Oldingi ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol
qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg’in qurollari
va hujumkor vositalardan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo’lsa,
hozirgi vaqtda fuqaro muhofazasi yangi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat
asosida shallanmoqda, mamlakatimizni va aholini turli falokatlar va
halokatlardan saqlash ruhida tarbiyalashga yo’naltirilmoqda.
Shuning uchun bir tomondan fuqarolarni dushman tomonidan
bo’ladigan ta’sirlardan saqlash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan
hisoblansa, ikkinchi tomondan esa, bizning o’lkamiz tabiiy ofatlar (yer
silkinishi, yer surilish, sel, suv toshqini va h.k.) bo’lishiga moyil o’lka
bo’lganligidan hamda texnogen avariyalar va ekologik muvozanatni
buzilishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni xalq xo’jaligi
tarmoqlarini, moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar
ko’rgan hududlarda qutqarish – tiklash ishlarini olib borish ham juda
muhim vazifalardan hisoblanadi.
Yuqoridagi vazifalarni hal qilishda O’zbekiston mintaqasi uchun xos
bo’lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarini va yuzaga keladigan
ekologik vaziyatlarni chuqur tahlil etish natijasidagina har qanday
favqulodda vaziyatlardagi moddiy, ma’naviy yo’qotishlar ko’lamini
qisqartirishga erishish mumkin.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |