§1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA
VAZIYATLARDA FUQARO MUHOFAZASINI
TASHKILLANTIRILISHI
Faning mohiyati, maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari
“Bugunimiz va ertamizni Ollohning o’zi yomon ko’zlardan, balo-
qazolardan, ofat va falokatlardan asrasin, ezgu ishlarimizda madadlar
bo’lsin!” - deb Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek hayotimizda
beriladigan turli favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasiga ham
Ollohning o’zi madadkor bo’lsin deymiz.
Inson va tabiat jamiyat o’rtasidagi munosabatda, ham inson
tabiatning qonunlari va undan kelib chiqadigan ko’pgina hodisalarning
oldida jamiyatlarning o’rtasida yoki boshqa sabablardan kelib chiqadigan
vaziyatlarda ancha ojizlik qilishi mumkin.
Tabiat hodisalaridan biri bo’lgan, so’ngi yillardagi yer yuzining
global ishi bilan bog’liq bo’lgan iqlim o’zgarishi natijasida dunyoning
qator mintaqalarida tabiiy ofatlarni ro’y berishda o’sish kuzatilmoqda.
Masalan, Yevropadagi bulturgi yog’ingarchilik ko’p bo’lishi natijasida
mintaqada joylashgan ko’pgina mamlakatlarda, Rossiyaning janubiy
qismlarida, Xitoy Xalq Respublikasida kuchli suv toshqinlari bo’lib o’tdi.
Bu minglab kishilarning uy-joylariga katta moddiy zarar yetkazish bilan
birga, aholi hayot muvozanatining buzilishiga olib keldi. Eng ayanchlisi
ofatlar oqibatida yuzlab kishilar qurbon bo’ldi.
Ilk shaharlar yuzaga kelganidan so’ng seysmik faol hududlarida
yashovchi aholi vaqti-vaqti bilan zilzilalardan katta talofat ko’ra boshladi.
O’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng ayanchi fojea 2001 yilning yoz
5
oylarida yuz bergan. Yaqin Sharq va O’rta yer dengizi sharqiy hududlarida
ketma-ket sodir bo’lgan zilzilalar oqibatida milliondan ortiq insonlar
qurbon bo’lgan.
Tarixiy va yaqin o’tmishdagi kuchli zilzilalar davrida bu ofatlarning
ko’pi ro’y bergan va kuzatilgan. Masalan, 1556 yilda Xitoydagi Shansi
zilzilasidan 830 ming, 1737 yil Hindistondagi Kalkuttada 300 ming, 1923
yil Yaponiyadagi Kantoda 142 ming 807, 1970 yil Peruda 70 ming, 1976
yilda Xitoydagi Tanshanda 240 ming kishi hayotdan ko’z yumgan. Zilzila
dahshatlarini tasavvur qilish uchun yaqinginada Yaponiyada, Xitoyda,
Hindistonda, Eronda, Turkiyada bo’lib o’tgan zilzilalarni yoki 1948 yilgi
Ashxobod va 1949 yildagi Xayit zilzilalarini esalb o’tish kifoya. Ularda
yuz minglab odamlarning halok bo’lganliklari sir emas. 150 yil
mobaynida zilzila tufayli dunyo bo’yicha umumiy qurbonlar soni 2 mln
300 mingdan ortiqroqdir.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda 838-839 yillarda Farg’onada, 942
yilda Buxoroda, 1208-1209 yillarda Urganchda, 1490 yilda Samarqandda,
1494 yilda Namanganda, 1620 yilda Axsikentda, 1821-1822 yillarda
Buxoro va Samarqand yaqinida talofatli zilzilalar bo’lib o’tgan. Ularning
ayrimlari haqida to’xtab o’tamiz.
Axsikent zilzilasi – 1620 yilda Namanganda 5-15 km janubi-g’arbda
sodir bo’lgan kuchli zilzila. U qadimiy shahar Axsikentni to’la vayronaga
aylantirgan. Shahar keyin tiklanmagan. Hozirda ayrim arxeologik qoldiqlar
saqlangan, xolos.
Andijon zilzilasi. Andijonda 1902 yili sodir bo’lgan 9-10 ballik
zilzila xalqimiz boshiga tushgan eng qora kunlar va ayanchli voqyealarga
6
sabab bo’ldi. Zilzila tufayli o’sha paytdagi shahardan nishona qolmadi.
Ming-minglab odamlarning yostig’ini quritdi. Xalqning bu voqyeaga
atalgan yuzlab mungli marsiyalari ma’lum.
Masalan: Tandirda noni qoldi. Qozonda oshi qoldi.
Beshikda bola qoldi. Bechora andijonlik.
Toshkent zilzilasi. Ko’pchilik yurtdoshlarimizning yodida qolgan
yer qimirlashi – 1966 yilning 26 aprelida ro’y bergan Toshkent zilzilasidir.
Bu zilzila Respublikamiz uchun, millatimiz uchun nihoyatda ayanchli
tarixiy voqyea hisoblanadi. Zilziladan qurbon bo’lganlar soni bor-yo’g’i 4-
5 kishini tashkil etgani holda, shaharning juda ko’p uylariga jiddiy zarar
yetdi. Ming-minglab odamlar boshpanasiz qoldi.
Birinchi Xitoy Xalq Respublikasining shimoliy qismida joylashgan
Shansi viloyatida 18 iyunda bo’lib o’tgan kuchli suv toshqini oqibatida
1milliondan ortiq aholi jabrlandi, 600 kishi qurbon bo’ldi. Oradan 4 kun
o’tib, ya’ni 22 iyun kuni Rossiyaning Janubiy qismlari Stavropol o’lkasi,
Karachayeva-Chernesiy va Chechenistonda kuzatilgan suv toshqinlarida
300 dan ortiq kishi jabrlandi, 91 kishi qurbon bo’ldi. Xuddi shuningdek,
bu yilgi, ya’ni 2003 yil yozining Yevropa mamlkatlarida jazirama issiq
kelishi ham, ko’p noqulay vaziyatlarni keltirib chiqardi. Minglab gektar
o’rmonlarni kuydirib, millionlab odamlarga noqulayliklarni paydo qildi.
Birgina Fransiyada 3 ming keksa xasta odamlar qurbon bo’lishdi, minglab
odamlar kasalxonalarga yotqizildi.
Favqulloda vaziyatlar hodisalaridan yana biri, bu yuqori
texnologiyalar bilan jihozlangan texnik vositalarning avariya holatlariga
tushishi va unda kishilarni bevaqt hayotdan ko’z yumishlari odamzodni
7
tashvishga solmasdan qo’ymaydi. Masalan, bultur Nigeriya, Rossiya, Eron,
Germaniya, Ukraina, Keniya va boshqa mamlakatlarda sodir bo’lgan
aviahalokatlar minglab insonlar hayotiga zomin bo’ldi. Shulardan, 25
mayda Tayvan poytaxti aeroportidan Gonkonga uchgan bortida 225 kishi
bo’lgan «Boing-747» samolyotining halokatga uchrashi, yoki 27 iyul kuni
Ukrainaning Lvov shahri chekkasida o’tkazilgan aviashou vaqtida «Su-
27» qiruvchi harbiy samolyotning va unda 69 kishining jarohat olishi
hamda 76 kishini qurbon berilishi inson qalbini larzaga solmasdan
kuymaydi.
Albatta bunday misollarni dunyo buyicha yuzlab, minglab
misollarda keltirishimiz mumkin. Ayniqsa jamiyatlar, davlatlar
o’rtasidagi tasodiflarda ham, minglab kishilarning hayoti so’nib kelmoqda.
Bu ikkinchi jahon urushi, Afg’oniston, Iroq Sobiq Yugoslaviya va boshqa
davlatlardagi vaziyatlar, terrorizm o’choqlari ayniqsa Amerikadagi, Isroil
va Falastin davlatlaridagi, Rossiyadagi Checheniston va Gruziyada bo’lgan
hodisalar misol bo’la oladi.
Jahon hamjamiyati 2005 yilning yanvar oyida Yaponiyaning Kobi
shahrida bo’lib o’tgan va tabiiy ofatlar tahlikasini kamaytirishga qaratilgan
anjumanda maxsus deklarasiyani qabul qildi. Xuyugo deklarasiyasi deb
nom olgan mazkur hujjatga binoan davlatlar 2005-2015 yillar oralig’ida
aholi uchun tabiiy ofatlar oqibatini kamaytirish yo’nalishida ma’lum
faoliyatni amalga oshirishlari lozim. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va
xalqaro bolalar fondi YuNISEF tomonidan Yevropa Ittifoqining
insonparvarlik yordami boshqarmasi DIPEKOning moliyaviy yordamida
amalga oshirilayotgan loyiha O’zbekistonning mazkur muhim xalqaro
8
hujjatda aks topgan fikrlarni ro’yobga chiqarish yo’lidagi sezilarli qadami
bo’ldi.
Dunyo vaqyealariga ham-ohang O’zbekiston Respublikasida ham
sodir bo’layotgan tabiat ofatlari aholi va hukumatimizning diqqat e’tiborini
tortibgina qolmasdan, balki tashvishga ham solmoqda.
Masalan, 2004 yilda mamlakatimizda 166 ta favqulodda vaziyat yuz
bergan bo’lib, ulardan 127 tasi texnogen va 39 tasi tabiat favqulodda
vaziyatlardir. Bu 2001 yilga 156 ta edi, shunga nisbatan jami 15% ga
kamaygan bo’lib, shundan texnogen xususiyatlisi 19% ga kamaygan, tabiat
xususiyatlisi 2001 yilgi ko’rsatkichida qolgan.
Respublikamizda qayd qilingan favqulodda vaziyatlarning 149 tasi
lokal (2001 yilda – 170 ta) 16 tasi mahalliy (2001 yil - 22) va 1 tasi
respublika (2001 yil - 2) ko’lamida sodir bo’lgan.
Respublika xududida qayd etilgan faqulodda vaziyatlarning
ko’pchilik ulushi Toshkent (50 marotaba), Qashqadaryo (20) va Farg’ona
(17) viloyatlariga to’g’ri keladi. Masalan: o’tgan yilning 25 martida
Qashqadaryo viloyatida Toshkent – Termiz avtomobil yo’lining 1298
kilometrda «Neksiya» rusumli avtomobilning «Kamaz–5320» yuk
tashuvchi avtomobili bilan to’qnashishi natijasida 4 kishi qurbon bo’lib, 1
kishi kasalxonaga yotqizildi. 23 mayda Urgut tumanida ikki avtoulov
to’qnashib 6 kishi hayotdan ko’z yumgan va 5 kishi jarohatlangan. O’tgan
davr mobaynida respublikamizda 39 marotaba tabiiy jarayonlar bilan
bog’liq vaziyat yuz berib, uning oqibatida 60 kishi nobud, 138 kishi
jarohatlandi.
9
2004 yili 3-martdagi zilzila bo’lganda Qashqadaryo viloyatining
G’uzor, Dehqonobod, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog’
tumanlarida sodir bo’lib, oqibatda bir qancha ma’muriy va shaxsiy binolar
zarar ko’rdi.
Shu bilan birga, yil boshlarida Qashqadaryo viloyatining G’uzor
tumanida, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanlarida sel oqimlari
kuzatilgan bo’lsa, 12 fevral va 26 aprel kunlari Toshkent viloyatining
Chimyon zonasida, Ohangaron tumanining Ertosh-soy qishlog’i yuqori
qismlarida 3-6 ming kub.m. hajmdagi yer ko’chkilari, 20 mart kuni
Bo’stonlik tumanida qor ko’chishlari bo’lib o’tdi. Xuddi shunday, jiddiy
biologik vaziyat birinchi Farg’ona viloyatining Kuva tumanida to’y
tantanalarida mehmonlarga tortilgan taomdan sifatsiz go’shtdan 49 kishi
zaharlanib kasalxonaga yotqizildi. Juda ko’p suv havzalarida ham
vaziyatlar sodir bo’liyapti. Jumladan: Qaroqalpog’iston Respublikasi
Ellikqal’a tumanida 14 iyun kuni 20 kishidan iborat fuqarolar «Vixr»
qayig’iga o’tirib, Amudaryo orqali Xorazm viloyatining Yangiariq
tumaniga o’tish vaqtida qayiqda mo’ljallangan ortiqcha og’irlik vujudga
kelishi oqibatida, qayiq ag’darilgan va natijada 9 kishi suvga cho’kib
ketgan. 2 iyul kuni Navoiy viloyatining Navbahor hududidan oqib o’tuvchi
kanalda cho’milayotgan uch opa-singil xavfsizlik choralari ko’rilmaganligi
oqibatida cho’kib ketishgan. Joriy yilda ham shu kabi vaziyatlar ko’plab
sodir bo’lib turibdi.
Ushbu, qisqa keltirilgan tahliliy materiallardan ko’rinib turibdiki,
barcha bo’layotgan favqulodda vaziyatlarda, ularning oldini olish va
harakat qilish davlat tizimining funksional va hududiy quyi tizimlari,
10
korxona va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi bo’yicha mutaxasisliklari
uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini
olish, bartaraf etishda tezkor harakat qilish, profilaktik chora-tadbirlarni
ishlab chiqish, aholini favqulloda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilishga
o’rgatishda favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi fani muhim ahamiyat
kasb etadi.
Ushbuning muhimligining nazarga olgan holda 1996 yil 4 martda
PF-1378 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi va barcha favqulodda
vaziyatda fuqaro muhofazasi vazifalari shu vazirlikka yuklatildi.
Duyoning taraqqiy etgan mamlkatlari kabi Respublikamiz hukumati
XXI asr bo’sag’asida aholining xavfsizligini ta’minlash borasida shu
kunning dolzarb qonun va qarorlarini qabul qilib ularni ijro etish bo’yicha
qator tadbirlar o’tkazmoqda.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi (1997 yil 27
avgust), «Aholini va xududlarni tabiiy, hamda texnogen xususiyatni
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi (1999 yil 20
avgust) va «Fuqarolar muhofazasi to’g’risida»gi (2000 yil 26 may)
qonunlarini, hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 9 dekabrdagi
«O’zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilishga tayyorlash to’g’risida»gi 427-sonli qarorini, O’zbekiston
Respublikasi «Kadrlar tayyorash milliy dasturi»ni (1997 yil 27 avgust)
amalga oshirishni ta’minlashda umumiy o’rta maktablarida «Hayot
xavfsizligi asoslari», o’rta maxsus kasb hunar ta’limi tizimida «Fuqaro
muhofazasi asoslari va hayot xavfsizligi», oliy o’quv yurtlarida «Fuqaro
11
muhofazasi va favqulodda vaziyatlar» yoki (2003 yildan) «Favqulodda
vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanlarini o’qitishni tashkil qilish ta’limning
uzluksizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
«Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi qonunning 16 va 18-moddalarida
umumta’lim maktablari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy
o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulodda
vaziyatlarda harakat qilishga o’rgatish va fuqaro muhofazasi sohasi
bo’yicha o’qitish umumiy va majburiydir, deb ta’kidlangan.
«Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanini oliy o’quv
yurtlarida o’qitishdan maqsad talabalarga aholini, hududlarni, xalq
xo’jaligi obyektlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat bo’lib:
1.
Talabalarni turli xil favqulodda vaziyatlarni umumiy
tavsilotlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish,
talafotlarni kamaytirish va ularni oqibatlarini bartaraf etish
bo’yicha fuqaro muhofazasini tadbirlari bilan tanishtirish;
2.
Oliy o’quv yurtlarining xalq xo’jaligi inshooti sifatida
ularni komanda-boshqaruv tarkibi va harbiylashmagan
tuzilmalari faoliyatining mohiyatini moslangan o’quv-
moddiy bazasini, oliy o’quv yurtida beriladigan
mutaxassisligiga mos fuqaro muhofazasi tuzilmalarini
xizmatini qo’llab hal etadigan fuqaro muhofazasi
masalalarini o’z ichiga oluvchi tadbirlarning yagona
tizimini o’rgatish;
12
3.
Talabalarda O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligini
ta’minlashda fuqaro muhofazasi masalalarini, tadbirlarini
muhimligini hamda favqulodda vaziyatlarda
jarohatlanganlarga va o’ziga-o’zi yordam ko’rsatish
bo’yicha mas’uliyat va burch hissiyotini tarbiyalash;
4.
Talabalarga favqulodda vaziyatlar xavfi bo’lganda va ro’y
berganda ularning harakatlarida axloqiy-ruhiy barqarorlik
sifatlarini singdirish;
5.
Talabalarga favqulodda vaziyatlarda harakat qilish, aholini
muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf
etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmas
ishlarni tashkil qilish va o’tkazish asoslarini, xalq xo’jalik
inshootlarini (korxonalarini) barqaror ishlashini
kuchaytirish uskunalarini o’rgatish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |